|
«Metallurgiya» kafedrasi «Og’ir rangli metallar metallurgiyasi»
|
bet | 1/9 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,61 Mb. | | #249640 |
Bog'liq G\'aniyev M og\'irdan kurs ishi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI
« Metallurgiya » kafedrasi
« Og’ir rangli metallar metallurgiyasi » fanidan
Kurs loyihasi
Mavzu: Mis-kadmiy keklarini qayta ishlash sexi loyihasi.
Bajardi: 31-16 « МЕТ »
G’aniyev M.
Qabul qildi: Matkarimov A
Olmaliq 2020.
MUNDARIJA
1. Kirish……………………………..
2. Nazariy qism……………………………………
3. Texnologik hisobotlar ……………………………..
4. Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi…………..
6. Xulosa……………………………………………....
7. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………
Kirish
O’zbekiston rangli metallar – mis, qo’rg’oshin, rux, volfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning aniqlangan zaxiralariga ega. Mis rudalari bilan birga rangli metallarning o’n beshdan ortiq turi, chunonchi, oltin, kumush, molibden, kadmiy, indiy, tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy va boshqalar ham qazib olinadi.
Rangli metallar rudalarining zahiralari asosan Olmaliq ruda maydonida jamlangan. Xamdo’stlik mamlakatlari orasida respublikamiz mis, rux, qo’rg’oshin, oltin va kumush zahiralari bo’yicha yetakchi o’rinlardan birini egallab turibdi. Rangli metallarni ishlab chiqarish, qayta ishlash uchun, eng avvalo xomashyolarni kimyoviy va ratsional tarkibini o’rganish, ularning ashyo hamda issiqlik tengligini keltirib chiqarishni bilish talab etiladi. Chunki eritish pechlari va dastgohlarini tanlash, ularda xomashyolarni qayta ishlash ko’proq ma’danlar tarkibidagi rangli metallarga bog’liq bo’ladi.
Hozirgi vaqtda Ural zavodida shteynlarni qayta ishlash uchun 20 – 30 t li gorizontal konverterlardan foydalaniladi. Zapoyare zavodlarida mis - nikel shteynlarini qayta ishlash uchun 40, 80, 100 t li konverterlardan foydalaniladi. Xomashyo sifatida sovitilgan shteyn, elektro pech shlaki, konverter ishlovidan qaytgan mahsulot ularda nikel miqdori 5 – 10 % gacha. Alohida olingan hollarda metal ishlov beruvchi korxona chiqindilardan foydalaniladi. Nikel miqdori 10 – 40 % mis – nikkel shteynlarini konverterlashda flyus tarkibidagi SiO2 miqdori 70 – 75 % bo’lishi kerak. Mis – nikkel shteynlarida temirdan ko’ra ko’proq oltingugurt oksidlanadi. Mis – nikkel shteynlari – mis, nikkel, temir sulfidlari qotishmalari, kobalt sulfid va platina guruhi metallaridan iborat. Shteynda magnetit bo’lib Fe3O4 jarayonda shlakga o’tadi.
|
| |