|
TEXNIKA XAVFSIZLIGI VA MEHNAT MUHOFAZASI
|
bet | 9/9 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,61 Mb. | | #249640 |
Bog'liq G\'aniyev M og\'irdan kurs ishiTEXNIKA XAVFSIZLIGI VA MEHNAT MUHOFAZASI
Sexlarning territoriyasida harakatlanayotganda quyidagilarga rioya qilish kerak:
-belgilangan joylardan o’tish, piyoda yurish yo’laklaridan yurish;
-kran boshqaruvchilar va transport xaydovchilarning signallariga e’tiborli bo’lish.
-ko’tarilgan yuklarni tagida yurmaslik;
-to’sik eshiklarni ochmaslik;
-elektr qurilmalarni ushlamaslik;
- xavfsizlik belgilarning talablarini bajarish;
-Avtomobil, elektrokaralar va boshqa harakatlanayotgan transportlarning signallarni diqqat bilan qabul qilish.
Jarohatlanganda muvaffaqiyatli birinchi yordam ko’rsatishning asosiy sharti bu yordam ko’rsatuvchining harakatlarning chaqqonligi va bilimlarni amalda qo’llashidir. Ushbu hususiyatlar amaliy mashqlardan va malakani oshirishdan keyin takomillashtiriladi. Faqat qoidalarni bilish etarli emas.
Ko‘pchilik hodisalarda elektr tokdan jarohat olganni zudlik bilan elektr tokdan ozod qilish va unga tez tibbiy yordam ko’rsatish. O’z vaqtida yordam ko’rsatilmasa jabrlangan inson vafot etishi mumkin.
Agar jabrlanganning yuragi urishi eshitilmasa yoki, puls va nafas olishi sezilmasa unga tezda tibbiy yordam ko’rsatish kerak. Elektr toki urgan odam o’lgan deb tuyulishi mumkin. Odamni elektr tokdan vafot etgan degan xulosani faqat shifokor chiqarishi mumkin.
Elektruskunalarga xizmat ko’rsatayotgan ishchilar elektr tok urishni xavfi haqida yo’riqnoma hamda tibbiy yordam ko’rsatish usullari, sun’iy havo berish, yurakni(tashqi to’g’ri emas) uqalash, tokdan ozod qilish amaliy usullarini ishlata bilish haqida bilim olishi kerak. Mashqlarni tibbiy xodimlar ham texnik personal o’tkazishi kerak. O‘rgatish jarayoniga sex, elektrostansiya, tarmoq uchastkaning va podstansiya, korxona boshlig’i javobgar bo’ladi.
Doimiy navbatchilik joyda har doim bo’lishi kerak:
- kerakli dori vositalar va tibbiy yordam ko’rsatish vositalar;
- birinchi yordam ko’rsatish haqida plakatlar, sun’iy havo berish va yurakni tashqi uqalash usullari ko’rinarli joylarda ilingan bo’lish kerak.
Birinchi yordam ko’rsatishni to’g‘ri tashkillashtirish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
- har bir korxonada, sex, tarmoq uchastkasida aptechkani to‘ldirish bo’yicha javobgar shaxs bo‘lish kerak;
- har bir smenada tibbiy yordam ko’rsatishni o’rgangan va aptechkalarni dori vositalari bilan to’ldirish bo’yicha javobgar shaxslar bo’lish kerak;
- quyidagi korxonani tibbiy nazorat qiladigan tibbiy xodimlar tibbiy yordam ko’rsatish to’g’riligini nazorat qilish kerak, jabrlanuvchini tibbiy punktga o’z vaqtida olib kelishini va aptechkalarni holatini tekshiradi;
- tibbiy mutahassis bo‘lmagan shaxs tomonidan ko’rsatilgan tibbiy yordam tibbiy xodimning o’rnini ololmaydi va shifokor kelishidan oldin ko’rsatiladi va bu yordam chegaralangan bo’lish kerak (vaqtincha qon to’xtatish, jarohat yoki kuygan joyni perevyazka qilish, singan joyni qimirlamas povyazka, jabrlanuvchini transportirovka qilish)
D) Birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish uchun aptechka brigadirda bo’lish kerak va o’z ichiga quyidagi vositalarni olish kerak:
Individual boylash antiseptik vositalar
Bog‘lash 5 ta
Bint 5 ta
Paxta 5 ta
Paxta-dokali bin (singan joylarni bog’lash) 3 ta
Jgut 1 ta
Shinalar (Kramerlar)(singan joylarni kotirish) 3-4 ta
Muz uchun rezinali puzir (muzlatish uchun) 1 ta
Kichkina choynak (suv ichirish) 1 ta
Yod eritmasi 1 ta
Nashatil spirti 1 ta
Bor kislotasi 2-4 % eritmasi (primochka qilish) (250 ml)
Valeriana tomchilari (asab tinchlantirish u-n) 1 flakon
2-4 % ichish soda eritmasi 1 but 0,5l
(ko’zlarni yuvish, primochka qilish)
3 % uksus eritmasi (sheloch bilan kuyganda yuvish u-n) 1 but 0,5
Margansevo- kilsiy kaliy 1 korobka
Validol (yurak ogriganda) 1 tyubik
Sovun 1 kusok
Sochiq 1 dona
Eslatma ichish soda eritmasi va uksus kislotasi faqat kislota va sheloch bilan ishlar olib borilgan joylarda qo’llaniladi.
Kimyoviy sex va laboratoriyalarda zaharlanish xavfi bo’ladi shuning uchun aptechkani tarkibi shunga hos to’ldiriladi.
Tibbiy vositalar tarkibiga choynak, bor kislotasi hamda ichish sodaning eritmasi kirmaydi.
Hamda korxonalarda sun’iy havo berish apparati, og’iz ochish, tilni chiqarib, ushlash uskunalari bilan birgalikda bo’lishi lozim.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, odatda mis-kadmiy keki filtrlashdan keyin darhol tanlab eritish uchun yuboriladi. Ba'zi xorijiy zavodlarda kek tanlab eritishdan oldin havoda kuydiriladi, shunda u oksidlanadi. Oldindan oksidlanish, bir tomondan, kekning erishini yaxshilaydi va kadmiyning ajralib chiqishini oshiradi, boshqa tomondan, misning eritmaga ko'proq o'tishiga hissa qo'shadi va shu bilan eritmaning keyingi tozalanishini qiyinlashtiradi. Ko'rinishidan, kekni dastlabki oksidlanishiga bo'lgan ehtiyoj uning tarkibiga bog'liq. Kek tarkibidagi oz miqdordagi mishyak va kobalt uning eritish tezligini oshiradi. Nisbatan oz miqdordagi aralashmalarni o'z ichiga olgan kek sekinroq eriydi.
Mis-kadmiy keki shar tegirmonida Q:S = 4: 1 nisbatida qaytariladi va namlanadi, 50-60 ° C haroratda mexanik yoki havo aralashtirilgan rezervuarlarda ishlatilgan rux qayta ishlangan elektroliti bilan tanlab eritiladi. Tanlab eritish kislotaligi 10-12 g / l va mis miqdori 2-2,5 g / l bo'lgunga qadar amalga oshiriladi. Eritishni tezlashtirish uchun elektrolitli vannalar yoki marganets rudalari (MnO2) dan marganetsli shlamlar kiritiladi. Tanlab eritish operatsiyasining oxirida, kislota tarkibini neytral reaksiyaga tushirish va mis konsentratsiyasini 0,2-1,0 g / l gacha kamaytirish uchun pulpa ichiga oz miqdordagi yangi mis-kadmiy keki qo'shiladi. Tanlab eritishdandan keyin pulpa quyuqlashtirgichga yuboriladi, u yerda u joylashadi. Pastki quyuqlashgan pulpa suv bilan to'ldiriladi va disk yoki baraban vakuum filtrlariga filtrlanadi. Olingan mis keki 0.3-1.0% Cd, 10-15% Zn, 30-50% Cu eritish zavodlariga yuboriladi yoki rux sulfatining eritmasini xlordan tozalash uchun rux sanoatida ishlatiladi.
Список использованных источников
1 Металлургия свинца и цинка. Шиврин Г.Н. - М.: Металлургия - 1982.- 183-297 с.
2 Расчеты технологических процессов в металлургии свинца и цинка: Учебное пособие. Колмаков А.А., Садилова Л.Г., Спектор О.В. ГАЦМиЗ.-Красноярск, 1998. – 120 с.
3 Интернет – ресурс http://www.expert.ru
4 Интернет – ресурс http://www.sibirservis.ru
5 Металлургия цинка и кадмия. М.М. Лакерник, Г. Н. Пахомова – 317 – 385с.
|
| |