3. Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi




Download 18.94 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2024
Hajmi18.94 Kb.
#168502
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu
Задание 2 html, Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev), Botirov, adhambek11011107, Moxidil S4B-1, KARIMOV (1), 11-sinf-informatika-test-2, Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev, telekommunikatsiya uzatish tizimlari, АТ(КТП1-янги), ELEKTRONIKA, DIP MAVZULAR 2023 (Автосохраненный), 5С-2 amaliyot oxirgisi — копия, amali ish

3. Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi
3.1. Mehnat muhofazasi

Mehnat muhofazasi - mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog'lig'ini, ish qobiliyatini saqlanishini ta'minlashga doir huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi.


Mehnat muhofazasi bo'yicha normativ ta'minotni, O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan birga mehnat muhofazasi bo'yicha ihniy tasdiqlangan standartlar, qoidalar va me'yorlami tuzish va qo'llash orqali ishlab chiqarishda mehnatni ta'minlash bo'yicha zarur bo'lgan talab darajasini belgilovchi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Korxona ma'muriyati, ish bemvchi korxonada mehnat muhofazasi bo'yicha standartlar, qoidalar va me'yorlar talablarini bajarilishini ta'minlaydi.
Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo'lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta'minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo'yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo'lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo'lgan tashkilotda yo'l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo'l harakati xavfsizligi bo'yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo'lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to'g'risidagi qaror ish bemvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o'ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo'l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo'linmalari bo'lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo'ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalariga barcha xodimlar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, tarkibiy bo'linmalaming rahbarlariga aniqlangan qoidabuzarliklami bartaraf etish to'g'risida ijro etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzayotgan shaxslami javobgarlikka tortish to'g'risida tashkilot rahbariga
taqdimnomalar kiritish huquqiga ega. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalari mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. Mehnat muhofazasi bo'yicha yo'riqnoma mehnatning xavfsiz va ratsional usullarini, ish joyini saqlash talablarini, asboblar va uskunalami ishlatishni, xavfsizlik uskunalarini, xavfsizlik vositalarini aniq ishlab chiqarish holatida to'g'ri ishlatishni belgilovchi normativ xujjat hisoblanadi. Yo'riqnomalar alohida kasblar (elektrpayvandchilar, stanokchilar, chilangarlar, elektromontyorlar, farroshlar, laboratoriya ishchilari va boshqalar) uchun va alohida ishlar uchun (balandlikdagi ishlar, montaj ishlari, o'matish, ta'mirlash ishlari, sinovlami o'tkazish va boshqalar) tuziladi. Yo'riqnomalarda faqat xavfsiz mehnatga taalluqli va ishchilaming o'zi tomonidan amalga oshiriluvchi talablar bo'lishi shart. Yo'riqnomalar talablari ishchilar uchun majburiy hisoblanadi. Ushbu talablami bajarmarmaslik ishlab chiqarish intizomini buzganlik sifatida ko'rib chiqiladi.
Temir yo‘l o‘ta xavfli xudud bo‘lib, unda ishlayotgan xamda uning atrofida xarakatlanayotgan va undan foydalanayotgan insonlarning o‘ta xushyorligini talab etadi. Temir yo‘l qoidalari temir yo‘lni ekspluatatsiya qilish , temir yo‘llardan umumiy foydalanish qoidalari temir yo‘l xodimlari uchun ishlab chiqarilgan. Ushbu qoidalarga kat’iy rioya qilish temir yo‘l xarakat xavfsizligi qoidalari temir yo‘lda foydalanayotgan xodimlar uchun ishlab chiqarilgan bo‘lib, ushbu qoidalarga qat’iy rioya qilish xar bir xodimlardan talab qilinadi.
Temir yo‘l tasarrufidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari xodimlariga quyidagilar taqiqlanadi:
- xarakatlanayotgan tarkib oldidan kesib o‘tish;
- xarakatsiz tarkibning tagidan ( yoxud usti) asbob – uskunalarni olib o‘tish ;
- relslar ustidan o‘tish yoki yurish.
Ish xonalarida temir yo‘l stansiyasining tashqi qurilmalariga xizmat ko‘rsatish uchun xarakatlanayotgan, xarakatlanuvchi tarkibning yuqligiga ishonch xosil qilinadi.
Texnika xavfsizligi bo‘yicha eslatma quyidagilardan iborat:
- temir yo‘l bekatlarida, temir yo‘l tizimlarida temir yo‘lni maxsus belgilangan joylardan kesib o‘tish;
- vagonlarni tagidan, ustidan va vagonlar orasidan o‘tish qat’iyan man qilinadi.
- kontakt tarmoqlariga uch metrdan kam bo‘lgan masofaga yaqinlashmaslik;
- yerda yotgan simlarga uch metrdan kam bo‘lgan masofaga yaqinlashmaslik;
- nosoz bo‘lgan asbob-uskunalardan foydalanmaslik;
- faqat korxona tomonidan belgilangan raxbar ko‘rsatmasi va nazorati ostida ish bajarish;
- korxonada maxsus belgilangan joylardan xarakatlanish;
- ish joyida atrofdagi ishchilar xayotiga xavf tug‘ilsa, zudlik bilan ishni to‘xtatish va raxbarga xabar qilish;
- xarakatdagi mashina va mexanizimlarga, dastgoxlarga yaqinlashmaslik;
- ish joyini, ish kiyimlarini ozoda saqlash.



Download 18.94 Kb.
  1   2   3




Download 18.94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3. Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi

Download 18.94 Kb.