3. Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi




Download 18.94 Kb.
bet2/3
Sana07.03.2024
Hajmi18.94 Kb.
#168502
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu
Задание 2 html, Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev), Botirov, adhambek11011107, Moxidil S4B-1, KARIMOV (1), 11-sinf-informatika-test-2, Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev, telekommunikatsiya uzatish tizimlari, АТ(КТП1-янги), ELEKTRONIKA, DIP MAVZULAR 2023 (Автосохраненный), 5С-2 amaliyot oxirgisi — копия, amali ish
3.2. Elektr havsizligi
Sanoatda elektr energiyasidan keng ko‘lamda foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi sababli elektr toki ta’sirida ruy berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz xodisalar va ulardan saqlanish muxim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yo‘q.
Shuning uchun xam elektr toki xavfiga qarshi tashqiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muxofaza tizimlarini o‘rnatish nixoyatda muxim.
Umuman elektr toki ta’siri faqat birgina biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr ta’sirlariga bo‘linadiki, bo‘larni bilish xar bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma’lumotlar jumlasiga kiradi. Elektr tokidan inson organizmida termik (ya’ni issiklik), elektrolitik va biologik ta’sir kuzatiladi.
Elektr tokining termik ta’siri inson tanasining bazi joyida quyish, kon tomirlari, nerv va xujayralarning kizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik ta’sir esa, qon tarkibidagi yoki xujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida konning fizik va kimyoviy xususiyatlarining uzgarishiga olib keladigan xolat tushiniladi. Bunda elektr toki markaziy asab tizimi va yurak – qon tizimini kesib o‘tmasdan, tananing ba’zi bir qismlarigagina ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Elektr tokining biologik ta’siri bu tirik organizm uchun xos bo‘lgan xususiyat xisoblanadi. Bu ta’sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson organizmidagi tirik xujayralar to‘lqinlanadi, bunda asosan organizmdagi bioelektrik
toklar yordamida jarayonlar boshqariladi. Tashqi muxitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokini ta’siri natijasida biotoklar rejimi buziladi va oqibatda inson organizmida tok urish xolati vujudga keladi. Ya’ni boshqarilmay qolgan organizmda xayot faoliyatining ba’zi bir funksiyalari bajarilmay qoladi: nafas olishning yomonlashuvi, qon aylanish tizimining ishlamay kolishi va xokazo.
Elektr tokining inson organizmiga ta’sirining xilma-xilligidan kelib chiqib, uni ikki guruxga bo‘lib qarash mumkin: Maxalliy elektr ta’siri va tok urishi.
Maxalliy elektr ta’siri natijasida kuyib qolish, elektr belgilari xosil bo‘lishi, terining metallashib qolishi, xollarini ko‘rsatish mumkin. Elektr ta’siridan kuyish, asosan organizm bilan elektr o‘tkazgichi o‘rtasida volta yoyi xosil bo‘lganda sodir bo‘ladi. Elektr o‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyish turlicha bo‘lishi mumkin.
Elektr urishi (yoki tok urishi xam deb yuritiladi) 4 darajaga bo‘lib qaraladi.
1. Muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va xushini yo‘qotmaydi.
2. Muskullar keskin qisqarishi natijasida odam xushini yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi.
3. Xushini yo‘qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi.
4. Klinik o‘lim xolati, unda insonda xech qanday xayot alomatlari ko‘rinmay qoladi.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi:

  1. Tok ta’siridan qutqarish.

  2. Birinchi yordam ko‘rsatish.

Tok ta’siridan qutqarish o‘z navbatida bir necha xil bo‘lishi mumkin. Eng oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni uchirishdir.
Agar buning iloji bo‘lmasa, unda tok kuchlanishining voltdan ko‘p bo‘lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yogochli bo‘lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi ko‘ruk bo‘lsa uning kiyimidan tortib tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin. Agar eletr tokining kuchlanishi 1000 voltdan ortiq bo‘lsa, unda dielektrik qulqop va eletr izolyatsiyasi mustaxkam bo‘lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish uning xolatiga qarab belgilanadi. Agar ta’sirlangan kishi xushini yo‘qotmagan bo‘lsa uning tinchligini ta’minlab vrach kelishini ko‘tish yoki tezda davolash muassasiga olib borish zarur.
Agar tok ta’sirida xushini yo‘qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan
bo‘lsa, uni ko‘ruk va qulay joyga yotkizish, kamari va yoqasini bo‘shatish va sof xavo kelishini ta’minlash zarur. Nashatir spirti xidlatish, yuziga suv purkash, ta’nasini va qo‘llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
Agar jaroxatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash xolati bo‘lsa ammo yurak urishi ritmi nisbatan yaxshi bo‘lsa unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish zarur.
Klinik o‘lim xolati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomonidan massaj qilish kerak.

Download 18.94 Kb.
1   2   3




Download 18.94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3. Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi

Download 18.94 Kb.