• Tayanch iboralar
  • Nerv tizimining fiziologiyasi




    Download 91 Kb.
    bet1/6
    Sana23.04.2024
    Hajmi91 Kb.
    #205659
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    “Nerv tizimining evolyutsiyasi”
    Истории государства и права зарубежных стран ОТВЕТ, 3, D5Bva0UOe7dAJxQyrEU8j1fakoDaD2NDO4th3QyV, Reja-WPS Office, QUVIR TRANSPORTI, 4-амалий машғулот, Индустрия 4 рус, kitob, 169-8-113-Q 21, Amalyot, Biologiya, Mavzu Turkiston arslonquyrug’i – Leonurus Turkestanicus o’simli, pdf 20221207 094347 0000, Avesto, 1-ma\'ruza

    “Nerv tizimining evolyutsiyasi”


    Reja:
    1. Nerv tizimining ahamiyati va funktsiyasi
    2. Qo`zg`alish va qitiqlanish
    3. Bioelektrik hodisalar
    4. Markaziy nerv tizimi
    5. Vegetativ nerv tizimi
    6.Xulosa
    7.Foydalanilgan adabiyotlar
    Tayanch iboralar: Nerv tizimi, qo`zg`alish, qitiqlanish, bioelektrik harakatlar, markaziy nerv tizimi, vegetativ nerv tizimi.


    1. Nerv tizimining ahamiyati va funktsiyasi.
    Fiziolog olim Pavlov nerv tizimining ikki muhim funktsiyasi oliy va tuban funktsiyalari mavjudligini uqdirib o`tadi. Oliy funktsiya organizmni tashqi dunyo bilan aloqasini bog`lab turadi. Oliy funktsiya oliy nerv faoliyati tomonidan amalga oshirilib, unda katta miya yarim sharlari va po`stloq osti yadrolari ishtirok etadi.
    Tuban funktsiya esa organizmdagi barcha to`qimalar, organ va sistemalar ishini boshqarib boradi. Tuban funktsiya oliy nerv faoliyati va nerv-gumoral yo`li bilan boshqariladi.
    Nerv hujayrasi o`zining barcha o`simtalari bilan birga neyron deyiladi. Ha bir neyronda yadro va tsitoplazma mavjud. Neyron tashqi tomondan yarim o`tkazgich membrana pardasi bilan o`rab olingan bo`lib, u tufayli neyron ichida va tashqarisida ionlar kontsentratsiyasi belgilangan normada saqlanadi. Qo`zg`alish tufayli membrananing ionlar o`tkazish qobiliyati o`zgaradi, natijada u yerda potentsiallar ayirmasi vujudga keladi. Barcha nerv hujayralari qon tomirlari bilan yaxshi ta`minlangan bo`lib, u yerda qon harakati juda intensiv bo`ladi. Nerv hujayrasining eng uzun o`simtasi akson deyiladi. U yumshoq po`st nevrolemma bilan o`ralgan. Uning tagida Shvannov po`stlog`ining yadrosi joylashgan. Bu qismlar nerv tolasi uchun ajratuvchi mielin po`stini hosil qiladi va trofik funktsiyani bajaradi. Mielin po`sti oqsillar va lipidlardan iborat bo`lib, nerv tolalarini bir biridan izolyatsiya qilish funktsiyasini bajaradi. Nerv tolasining ichki tomonida neyrofibril tolalari bo`lib, ular nerv tolasini ancha baquvvat saqlaydi. Shvannov hujayralari birikib nerv tolasi atrofida maxsus po`st hosil qiladi, ular o`rtasida esa maxsus bo`shliqlar bo`lib, ma`lum suyuqlik bilan to`lgan. Shu oraliq orqali membrana tashqi muhit bilan bog`lanadi. Renve xalqasida potentsiallar generatsiyasi bo`lib, qo`zg`alishning navbatdagi tolaga o`tishini ta`minlaydi.
    Nerv tolasini nerv hujayrasidan ajratsak, degeneratsiyalanadi. Lekin ma`lum vaqt o`tishi bilan degeneratsiyalangan nerv tolasi harakatlanuvchan muskullargacha qayta tiklanishi mumkin. Nerv tolasining sutkalik regeneratsiyasi 2-4 mm. Nerv tolasining yo`g`onligi 4-16 mikron bo`lishi mumkin. Odatda, yo`g`on tolalardan ta`sirning o`tishi ingichka tolalarga qaraganda ancha tez bo`ladi. Nerv tolasi muskul bilan birlashgandan keyin mielin po`stini yo`qotadi va harakat blyashkalarini hosil qiladi.
    Nerv tizimi umuman olganda butun bir organizmda moddalar almashinuvi protsessini boshqarib, barcha organ va sistemalarning tuzilish, o`sishi va rivojlanishini ta`minlab turadi.

    Download 91 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 91 Kb.