|
Optik aloqa asoslari
|
bet | 1/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)
(TZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
N. Yunusov, R. Isayev, G.X. Mirazimova
OPTIK ALOQA ASOSLARI
О ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘ria ntaxsus ta ’lint vazirligi tomonidan
5311300 — «Telekomniunikatsiyalar» bakalavriatyo'nalishi bo’yicha
ta ’lint oluvchi talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
Cho’lpnn nontidagi nashriyot-mathaa iiodiv uvi
Tashkent — 2014
www.ziyouz.com kutubxonasi
UO‘K: 621.3(075)
КВК 32.811 0-62 1-78
Taqrizchilar:
Z.I. Azamatov — fizika-matematika fanlari doktori, professor;
I.R. Berganov — texnika fanlari nomzodi, dotsent.
1-78 Optik aloqa asoslari / N. Yunusov [va boshq.]. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi — T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014, 368 bet.
ISBN 978-9943-05-684-8
Mazkur darslikda optik aloqaning qisqacha tarixi, uning so'nggi o‘n yilliklar davomida jadal rivojlanishi va keng qo'llanishi sabablari, ochiq va tolali optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari, tolal.i optik aloqa tizimlarida ikki tomonlama aloqani tashkil etish, mazkur tizimlarning liniyaviy traktida axborot oqimini zichlashtirish va sinxronlash masala- lariga oid asosiy ma’lumotlar bayon etildi. Optik aloqa tizimlarining asosiy funksional qurilmalari, ularda qo'llaniladigan aktiv va passiv elementlar — yorug'lik manbalari fotoqabulqilgichlar, optik kuchay- tirgichlar, yorug'lik modulyatorlari, optik ulagichlar va tarmoqlagichlar, optik attenyuator, optik filtr, izolyator va sirkulyatorlar, optik multipleksor va demultipleksorlar, optik kommutator va h.k.laming ish mexanizmlari, xarakteristika va parametrlari, qo'llanish xususiyatlari tizimli tarzda va batafsil ko'rib chiqiladi, bu elementlarni yaratish bo'yicha erishilgan yutuqlar bayon etiladi.
Ushbu darslik «Telekommunikatsiyalar» bakalavriatura yo'nalishi bo'yicha ta’lim oluvchi talabalar va muxanidis-texnik xodimlar uchun mo'ljallangan.
|
| |