|
Optik aloqa asoslari
|
bet | 7/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)Optik aloqa tarmog‘i bu tugunlar orasi optik uzatish muhiti orqali bog‘langan aloqa tarmog‘idir. Tugunlar orasi tolali optik uzatish muhiti orqali bog‘lansa, tolali optik aloqa tarmog‘i, ochiq optik uzatish muhiti orqali bog‘lansa, ochiq optik aloqa tarmog‘i deb ataladi. Qo‘llaniladigan modulyatsiya turiga ko‘ra analog ча raqamli OAT ga bo‘linadi. Analog OAT da modulyatsiyaning analog usullari: amplituda, chastota va faza modulyatsiyasi turlari qo‘lla- niladi. Optik nurlanish manbalarining yuqori nochiziqliligi va analog uzatish uchun talab etiladigan shovqin bardoshlilikni ta’minlash texnik murakkabligi sababli analog OAT dan foydalanish chegara- langan. Shunga qaramay bir qator sohalar (optik kabelli televide- niye, telemetriya, operativ va xizmat aloqa tizimlari)da qo‘llaniladi.
Raqamli OATda modulyatsiyalashning diskret usullaridan foydalaniladi. Bunda signal tashuvchining biron-bir parametri diskret o‘zgaradi, ya’ni boshlang‘ich parametrning qiymatlar sohasi kvantlash sathlariga bo‘linadi, har bir kvantlash sathiga mos
19
www.ziyouz.com kutubxonasi
ravishda aniq diskret signal qo'yiladi. Hozirgi kunda raqamli OATdan keng foydalanilmoqda. Chunki raqamli OAT analog OATga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: shovqin bardoshliligi yuqori, signalni uzatish sifati liniya trakti uzunligiga kam bog'liq, texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori va boshqalar.
Vazifasi va signallarning uzatish masofasiga ko‘ra, OAT magistral, mintaqaviy, mahalliy-shahar va qishloq aloqa tizimlariga bo'linadi. Magistral OAT signallarni 1000 km ga, mintaqaviy OAT signallarni 600 km ga uzatish, shahar OAT shahar telefon tarmog'ining bog‘lovchi liniyalarini zichlashtirish uchun xizmat qiladi.
Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari
OAT da axborotlami yorug‘lik, ya’ni optik signallar ko'rinishida uzatish va qayta ishlash amalga oshiriladi. OAT uchun yorug‘lik nurlanishi va to'lqin uzunligi turini tanlash uzatilayotgan axborot xarakteri, shuningdek, nurlanish hosil qilish imkoniyatlari, undan signal shakllanishi, yorug'lik to‘lqinini uzatish va qayta ishlash va nihoyat, axborotga ega signalni qabul qilishga bog'liq.
1.3-rasmda OATning umumlashgan tuzilish sxemasi kelti- rilgan.
Sxema OAT ning turlari TOAT va OOAT ga xos standart qurilma (element)lardan tashkil topgan.
Uzatishdagi KHQU, MvQ, OUz va qabul qilishdagi KHQU, MvQ, OQq mos ravishda uzatish va qabul qilish traktlarini tashkil etadi. Oraliq stansiyalarda OR o‘matiladi. Tolali optik liniya traktiga OUz, OUM, OR, OQq kiradi. OATning umumlashgan tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagi texnik vositalar kiradi:
uzatish traktining kanal hosil qiluvchi uskunasi (KHQU), u standart o'tkazish polosali yoki uzatish tezlikli aniq tipli kanallar yoki tipli guruhli traktlar sonining shakllanishini ta’minlaydi;
traktning muvofiqlashtiruvchi qurilmasi (MvQ), u KHQU chiqishidagi ko‘p kanalli signal parametrlarini optik uzatkich para- metrlari bilan muvofiqlashtirish uchun zarur;
optik uzatkich (OUz), elektr signalini optik signalga o'zgar- tirishni ta’minlaydi; OUz tarkibiga quyidagilar kiradi:
20
www.ziyouz.com kutubxonasi
OUz
a) a — OAT uzatish traktining tuzilish sxemasi
OQq
b — OAT qabul qilish traktining tuzilish sxemasi
1.3-rasm. OATning umumlashgan tuzilish sxemasi
optik nurlanish manbayi (ONM), u optik tashuvchiga ega bo‘lib, optik tashuvchining bir yoki bir necha parametrlari MvQ dan tushgan ko‘p kanalli elektr signal! bilan modulyatsiyalanadi;
moslashtiruvchi quriima (MQ), u optik nurlanishni optik uzatish muhitiga minimal mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar bilan kiritish vazifasini bajaradi;
optik nurlanish manbayi va moslashtiruvchi quriima uza- tuvchi optik modul (UzOM) deb ataladigan bitta blokka kiradi;
optik uzatish muhiti (OUM), optik nurlanishni uzatish vazifasini bajaradi; OOATda bu atmosfera, kosmik va suvosti aloqa muhitlari bo‘lishi mumkin, TOAT esa optik toladir;
optik retranslyator (OR), signalning optik uzatish muhiti bo‘ylab tarqalgandagi so‘nishini kompensatsiya qiladi va turli buzilishlarni korreksiyalaydi; optik retranslyatorlar xizmat ko‘rsa- tadigan va xizmat ko'rsatmaydigan bo‘lishi mumkin, ular retrans- lyatsiya uchastkalari deb ataladigan ma’lum masofalar oralighda o‘matiladi; optik retranslyatorlarda optik signalni elektr signalga aylantirish yo‘li bilan elektr signalni qayta ishlash (kuchaytirish, korreksiyalash, regeneratsiyalash va b.) amalga oshiriladi, so‘ng bu regeneratsiyalangan elektr signal qaytadan optik signalga o‘z- gartiriladi; optik retranslyatorlarda, shuningdek, optik signallar ham
|
| |