|
Optik aloqa asoslari
|
bet | 9/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)OUz
a - О OAT uzatish traktining tuzilish sxemasi
OQq
b — О OAT qabul qilish traktining tuzilish sxemasi
1.4-rasm. OOATning tuzilish sxemasi
23
www.ziyouz.com kutubxonasi
MvQ da bu signal optik uzatkich parametri bilan moslashtiriladi. OUz da elektr signali optik tashuvchini modulyatsiyalash yo‘li bilan optik signalga o‘zgaradi. So‘ng bu optik signal OOATUM bo‘ylab uzatiladi.
Optik signal uzatish muhiti bo‘ylab tarqalganda so‘nadi va buziladi. Optik signallarni uzoq masofalarga uzatish maqsadida ma’lum oraliqlarda signallarning buzilish darajasiga qarab, ret- ranslyatorlar: regenerator yoki kvant optik kuchaytirgichlari o‘rnatiladi. Regenerator kirishida optik signallar elektr signallariga, chiqishida esa elektr signallardan optik signallarga o‘zgartiriladi, ya’ni regeneratorlarda elektr signallar kuchaytiriladi, sozlanadi va boshlang'ich shakli tiklanadi. Kvant optik kuchaytirgichlari qo‘llanilganda esa so‘ngan optik signallar elektr signaliga o‘zgar- tirilmasdan optik signallar ko‘rinishida kuchaytiriladi.
Qabul qilishda teskari jarayon amalga oshiriladi, ya’ni qabul qilingan optik signal ko'pkanalli elektr signalga o‘zgartiriladi va KHQU chiqishida N kanal signallariga ajratiladi.
OOAT uzatish muhiti atmosfera, kosmik va suvosti aloqa muhitlari bo‘lishi mumkin.
Atmosferali OOATda to‘lqinlarning tarqalish xarakteristikasi yetarli darajada ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Atmosfera va suvosti uzatish muhitlarining fizik nuqtayi nazaridan nobirjinshgi va ular tarkibidagi begona zarrachalarning uzatilayotgan nurlanish to‘lqini bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishidan elektromagnit to'lqinlar buziladi. Zarracha o‘lchamlarining to‘lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan darajada yoki katta bo'lishi buzilishlarni oshiradi. Shu sababli atmosfera buzilishlari optik diapazonda turli xarakterga ega. Shu tarzda uzatish muhitlarini tahlil qilish, aloqa tizimlarini loyihalashtirishda yuzaga keladigan eng muhim masala hisoblanadi. To'lqinlarning tarqalish yo‘nalishiga tushib qoladigan zarrachalar, asosan, optik nurlanishni yutadi va sochadi. Bu omillarning ta’sir darajasi muhit turiga (suvosti, toza havo, turbulent atmosfera va boshqalar) bog‘liq. Bu tizimlarda buzilishlarni kamaytirish va talab etiladigan ishonchlilikni ta’minlash uchun retranslyatsiya uchastkasi uzunligini kamaytirish kerak bo'ladi.
Kosmik OOATning uzatish muhiti bu atmosferadan holi bo'lgan ochiq fazodir. Kosmik muhitda atmosfera muhitlariga xos bo‘lgan
24
www.ziyouz.com kutubxonasi
buzilishlar hosil bo‘lmaydi, ular barqaror bo‘lib, aloqaning yuqori ishonchliligini ta’minlaydi.
Lekin nurlanishning tarqalish yo‘nalishi faqatgina antennaning yo‘nalish diagrammasi bilan aniqlanadi. Shuning uchun kosmik muhitlarda asosiy yo‘qotishlar bu tarqalishda hosil bo‘ladigan yo‘qotishlar hisoblanadi.
OOATlarining uzatish va qabul qilish antennalarining aniq yo‘naltirilishiga qaratilgan yuqori talablar, optik nurlanish manba- larining foydali ish koeffitsiyentining kichikligi, qabul qilishda shovqin sathining yuqoriligi, atmosfera xarakteristikalarining aloqa sifatiga ta’siri kabi bir qator muammo va kamchiliklari sababli OOAT telekommunikatsiya tarmoqlari va umumiy foydalanish tizimlarida keng qo‘llanish topmagan.
Tolali optik aloqa tizimining
tuzilish prinsipi
TOATning tuzilish sxemasi (1.5-rasm) ham OATga xos standart qurilmalardan iborat.
Faqatgina optik signallarning tarqalishini ta’minlash uchun uzatish muhiti sifatida optik kabel tolasi ishlatiladi.
TOATning tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagilar kiradi [4]:
KHQU — kanal hosil qiluvchi uskuna;
MvQ — muvofiqlashtiravchi quriima;
OUz — optik uzatkich;
ONM — optik nurlanish manbayi;
MQ — moslashtiruvchi quriima;
UzOM — uzatuvchi optik modul;
ОТ — optik tola; OR — optik retranslyator;
OQq — optik qabul qilgich;
QqOM — qabul qiluvchi optik modul;
ONQq — optik nurlanish qabul qilgichi.
TOATda signallar optik tola orqali yo‘naltirilganligi uchun ularda OOATga xos kamchiliklar mavjud emas.
Shuning uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, asosan, TOATdan foydalaniladi. Keyingi bo‘limlarda TOAT haqida bayon etiladi.
25
www.ziyouz.com kutubxonasi
|
| |