Chastota bo‘yicha zichlashtirish. Chastota bo‘yicha zichlash- tiriladigan TOAT liniyalarida turli axborot manbalarining boshlan- g‘ich signallariga aniq chastota oraliqlari ajratiladi. Bu holda guruhli liniya signallarini hosil qilish uchun yaqin joylashgan stabil optik tashuvchilar talab qilinadi. Biroq, ayniqsa yuqori tezlikli modulya- tsiyalashda yarimo‘tkazgich lazerlarning nurlanish liniyalarining
30
www.ziyouz.com kutubxonasi
nostabilligi qo'shni kanallaming ishchi to'lqin uzunliklari orasida spektr bo'yicha oraliqlarini informatsion signal oraliqlaridan bir necha marta oshib ketishiga olib keladi. Shuning uchun TOATda spektral yaqin joylashgan kanallarni hosil qilish uchun turli manba- larning turli tashuvchilaridan emas, balki optik tashuvchilarni surish yordamida bitta manbaning turli tashuvchilaridan foydalaniladi.
rasmda guruhli signallarning shakllanish sxemasi tasvir- langan. Qator f p f2, ...fn tashuvchilardan iborat optik nurlanishlar lazer nurlanish manbayi (NM) chiqishidan analizator Af ga tushadi. So‘ng chorak to'lqinli X/4 prizmadan o‘tib, birinchi kanalning F\ filtriga uzatiladi. Bu filtr birinchi kanalning ft optik tashuvchisini (ОМ{) optik modulyatoriga o‘tkazadi va bunda u axborot manbayidan berilgan signal bilan modulyatsiyalanadi.
l.ll-rasm. Chastota bo'yicha (geterodinli) zichlashtirishda guruhli optik
signallarning shakllanish sxemasi
.31 к t h ■
www.ziyouz.com kutubxonasi
fpf2>->fn (fp dan tashqari) chastotali optik nurlanish filtrdan aks etib, u ham A{ analizatorga qaytadi. Yo‘li bo‘ylab u ikkinchi marta chorak to‘lqinli Л/4 prizmadan o‘tib, A2 analizatorga tushadi. OM{ optik modulyatorda informatsion signal bilan modulya- tsiyalangan birinchi kanalning optik tashuvchisi ko‘zgudan aks etib, A{ analizatorga qaytadi.
Ikki martalab chorak to'lqinli Л/4 prizmadan o‘tgan optik signalning qutblanish yuzasi boshlang'ich tebranishning qutblanish yuzasiga nisbatan л/2 ga buriladi.
Natijada yorug‘lik to‘plami prizmada bir tomonga yo‘naladi va undan chiqadi. So‘ng umumiy signal A2 analizatorga tushadi va jarayon qaytariladi, faqatgina farqi bunda f2 chastotali optik nurlanish modulyatsiyalanadi. Shu tarzda optik liniya traktida uzatiladigan optik guruhli signal shakllanadi. Qator modulyatsiya- langan optik tashuvchilardan iborat qabul qilinadigan optik guruhli signal, Ai analizatorga kelib tushadi, so‘ng esa chorak to‘lqinli Л/4 prizma va birinchi kanalning F{ filtri orqali o'tgach, optik siljitkichga (OS) beriladi (1.12-rasm), F{ filtri F2 chastotali optik signallarni o'tkazadi, boshqa chastotali signallar aks etib, A2 ga kelib tushadi. At chastotali modulyatsiyalangan optik tashuvchi (OS) da ko‘payadi, so‘ng for oraliq chastota O/’oraliq filtri yordamida ajratib olinadi va FD fotodetektorga beriladi. FD chiqishida elektr axborot signali shakllanadi. Shu tarzda boshqa signallarni qabul qilish amalga oshiriladi.
1.12-rasm. Chastota bo‘yicha (geterodinli) zichlashtirishda guruhli optik
signallarni qabul qilish sxemasi
32
www.ziyouz.com kutubxonasi
Chastota bo‘yicha zichlashtirish usulining afzalligi shundaki, signallarni bunday qabul qilish hisobiga regene ratsiyalash uchastkasi uzunligi 200 km gacha uzayadi va optik tolaning o‘tkazish qobiliya- tidan samarali foydalanish koeffitsiyenti ortadi.
Bu usulning kamchiligi shundaki, bunda qutblanishi saqlana- digan optik uzatish va qabul qilish traktlari, shuningdek, bir qator qo‘shimcha qurilmalar, chastota surgichlar, optik ventillar, qutb- lanish nazoratgichlari, optik kuchaytirgichlar va boshqa qurilmalar talab etiladi. Bu TOATni murakkablashtiradi va narxini oshiradi.
|