|
Optik aloqa asoslari
|
bet | 2/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)UO‘K: 621.3(075)
KBK 37.811
© N. Yunusov va boshq., 2014 ISBN 978-9943-05-684-8 © Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014
www.ziyouz.com kutubxonasi
SO‘ZBOSHI
«Axborot asri» deb nom olgan davrimizning o‘ziga xos xususiyati shundaki, jamiyat hayotining turli jabhalariga, jumladan, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarga, fan, ta’lim, texnika va texno- logiyalaming eng yangi yutuqlariga oid axborotlar oqimining tobora jadal sur’atlar bilan ortib borishi kuzatilmoqda. Chunonchi, tahlil- laming ko‘rsatishicha, jahon bo‘yicha Internet resurslaridan foyda- lanishga bo‘lgan ehtiyoj — har bir foydalanuvchiga to‘g‘ri kela- digan axborotlar oqimining o'rtacha hajmi yiliga 8 marta ortmoqda. Bunday sharoitda u yoki bu mamlakatning rivoji undagi axborotlar zaxirasining salmog‘i va bu zaxiradan foydalanilish samaradorligi bilan belgilanadi. Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunda axborot almashinuvi jarayoni nafaqat muloqot vositasiga, balki, jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlaridan biriga aylandi.
Shu munosabat bilan axborotlar oqimini uzatish hajmi, tezligi va sifatini oshirish, aloqa xizmatlari turlarini kengaytirish imkonini beruvchi, nisbatan kam mehnat va moddiy ashyolar talab qiluvchi aloqa vositalarini yaratish va ulardan samarali foydalanish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan va tobora keng qo‘llanish topayotgan optik aloqa tizimlari ana shunday aloqa vositalari sirasiga kiradi.
O‘tgan asming so‘nggi o‘n yillari davomida yorug‘likning to‘lqin va korpuskulyar tabiati bilan bog‘liq fundamental xossalaridan foydalanish, optoelektronika, integral optika, golografiya bo‘yicha erishilgan yutuqlar, jumladan, yuqori samarali yarimo‘tkazgichli yorug‘lik manbalari — yorug‘lik va lazer diodlarining, katta sezgir- likka ega bo‘lgan, tezkor foto-qabulqilgichlar — fotodiodlar, ko'chkili fotodiodlar, yuqori darajadagi shaffof, kam yo‘qotishli yorug‘lik uzatkichlar — optik tolalarning yaratilishi aloqa tizimlarining yangi va istiqbolli yo‘nalishi optik aloqaning paydo bo‘lishi, jadal sur’atlar bilan rivojlanishi va keng qo‘llanishiga olib keldi.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi
Optik aloqaning bir qator xususiyatlari lining telefon tarmoq- lari, kabel televideniyesi, kosmik apparatlar, samolyot, suv usti va suv osti kemalarining bort aloqasi, elektron hisoblash mashinalar orasidagi ichki va tashqi aloqani tashkil ctish, shuningdek, texnologik jarayonlarni boshqarish maqsadlarida keng qo‘llanish topishiga olib keldi va u raqobatbardosh aloqa turlaridan biriga aylandi. Har qanday aloqa tizimi axborotni bir manzildan boshqa manzilga uzatish uchun xizmat qiladi. Aloqa tizimlarining barcha turlari ikki muhim omili axborot eltuvchi va axborot uzatuvchi muhitning mavjudligini nazarda tutadi.
An’anaviy elektr aloqa tizimlarida axborot eltuvchi vazifasini elektromagnit to‘lqinlar axborotni uzatuvchi muhit xizmatini esa elektr o'tkazgich simlar o'taydi. Bu hoi ushbu turdagi aloqa tizimi- ning halaqitlar (tashqi elektr va magnit maydonlarining ta’siri)ga bardoshliligini ta’minlash choralarini ko‘rishni talab etadi va natijada aloqa liniyalarining o‘lchamlari va vaznining ortishiga olib keladi.
Radioaloqa tizimlarida axborot eltuvchi o'rnida radiodiapazon (104—108 Hz) va o‘ta yuksak chastota diapazonlarida (109—1012 Hz)gi elektromagnit to'lqinlar, axborotni uzatuvchi muhit sifatida yer atmosferasi yoki kosmik muhitdan foydalaniladi.
Optik aloqa tizimlarining o'ziga xos xususiyati shundaki, ularda axborot eltuvchisi vazifasini yorug‘lik diapazonidagi (1014—1015 Hz) elektromagnit to'lqinlar — elektr jihatdan neytral foton zarrachalari, axborotni uzatuvchi muhit xizmatini esa yer atmosferasi yoki tashqi elektr va magnit maydonlari ta’siriga berilmaydigan dielektrik to‘lqin uzatkich — optik tola o'taydi. Yorug'lik zarrachalari — fotonlar va dielektrik to‘lqin uzatkichlaming yuqorida qayd etilgan fundamental xossalari optik aloqa tizimlari (ayniqsa, tolali optik aloqa tizim- lari)ning bir qator afzalliklari - o‘tkazish oraligh (polosasi) ning kengligi, axborotlami uzatish tezligining kattaligi, halaqitlarga yuqori darajada bardoshliligi, o‘lchamlari va vaznining kichikligi, iqtisodiy jihatdan samaradorligi va h.k.larda namoyon bo'ladi.
Hozirgi vaqtda dunyoning barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida optik aloqa tizimlari, xususan, tolali optik aloqa tizimlarini tako- millashtirish, ulardan axborotlar oqimini uzatish va ularga ishlov berish tarmoqlarida foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Bizning mamlakatimizda ham
4
www.ziyouz.com kutubxonasi
va
0‘zbektston Respubhkasi Prezidenti I.A. Karimov va respubliv
liukumatining doimiy e tiborlari tufayli axborot-kommunikatq
(izimlarini modermzatsiyalash - ularni to4iq raqamlashtiri S1Va
(olali optik tarmoqlarm yaratish Sohasida salmoqU yutuqlar Qo‘u
kiiitildi. Jumladan, 1997 yilda Osiyo va Yevropa mamlakatlarhv
bog lovchi qit alararo tolah optik tarmoqning uzunligi 993 k /
milliy segmentini о tkazish va ishga tushirishga muvaffaq bo‘lind**
Bngunga kelib mamlakattmizmng tUrli hududlarini bog‘lovchi tohr
oplik tarmoqlarimng umumiy uzunligi 6000 km dan ko'nrnn
taslikil ctadi. Toshkent shahrini viloyat markazlari bilan vilnv ?
inaikazlarini tuman markazlari bilan halqa topologiyasi bo‘v,7h
optik larmoqlar yordamida bog‘iashga erishildi. То1аЦ
ti/iinlaiin shahai va qishloq tarmOqiarjdaj lokal va abonentiL
i.iiino<|laiiea?
' 'J,k ,v:’ sobabnda qo‘UaSh bo‘yicha amaliy ishlar bS
bonhnoqda. Shu miuiosabal bilan mamlakatimizda optik alonaT
asboiolga rshlov- bcnsliniiig optik ti2itnlari^‘yichayuqorimahb?
kadilai bakalavilai va niagistr|ar tayyorlash alohida ahamivnt
kasb ctadi. Shu inaqsadda jadal sur’atlar bilan tegishli darslikb 1
o'qiiv va o'quv nslnbiy qo Uanmalarni tayyorlash va nashr e,J’
lalab cliladi. мед
.. hlckoinmninkalsiyalar» bakakivriatura yo‘nalishi bo‘vieh Ui'hi.i olnvilu talahalar va • ">«У-lcXnik xodim|ar uchunmo^hn gan «Ophk aloqa asoslan, darsligj ha|n shunday o‘quv adab? MKisiga kiradi. Dai,slik yoz.isli V;i Ilashrga tayyorlashda hoz^b хоицу (ilia., jnniladaii, ins Hilda h;ik;i|.lvri;iLura la|abalari uslibu Ian bo'yicha daisiikiиnr, lll;ivjud e|nas|igi hisob manilakaliinizda anialda bo Igai. ikki |)osqich|i oliy ,
talablaiiBa asoslamkli, slU1Ilillgdek( optik aloqa b0‘vieh~ ensliilgan so'nggi yulnqlarni imkon qadar c’liborga olishga haral^
O'quv inaLcriallaiini bayou qilis|lda <iilarning lurlari inazkin nilarn jng ish xususiyatlari - Onti? aloqa Iizimlarining Innksional qUrilmalari _ optik aloqa tiz^ lai ining aktiv va passtv clcmcntlari _ tik aloqa t h z— aloqa L.znnlaridan foydalamsh masalalari>> ketnia-ketligiea i qilindi. Darslikda optik aloqaning qjSqacha tarixi, uning so'nggi
5
www.ziyouz.com kutubxonasi
o‘n yilliklar davomida jadal rivojlanishi va keng qo‘llanishi sabablari, ochiq va tolali optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari, tolali optik aloqa tizimlarida ikki tomonlama aloqani tashkil etish, mazkur tizimlarning liniyaviy traktida axborot oqimini zichlashtirish va sinxronlash masalalariga oid asosiy ma’lumotlarbayon etiladi. Unda optik aloqa tizimlarida qo‘llaniladigan aktiv va passiv elementlar — yorug‘lik manbalari (yorug'lik va lazer diodlari), fotoqabulqilgichlar (fotodiod, p-i-n fotodiodi, ko‘chkili fotodiod, fototranzistorlar), optik kuchaytirgichlar (tolali va yarimo‘tkazgichli kuchaytirgichlar), yorug‘lik modulyatorlari (elektrooptik, akustooptik, magnitooptik va yarimo‘tkazgichli modulyatorlar), optik ulagichlar va tar- moqlagichlar, optik attenyuatorlar, filtrlar, izolyator va sirkulya- torlar, multipleksor va demultipleksorlar, optik kommutator va h.k.larning ish mexanizmlari, xarakteristika va parametriari, qo'lla- nish xususiyatlari batafsil ko‘rib chiqiladi.
Darslikda shuningdek, tolali optik aloqa tizimlarining liniyaviy traktini tashkil qilish, axborotlar oqimini kodlash va dekodlash, magistral, mintaqaviy, mahalliy, lokal va abonentlik optik tarmoq- larini tuzish hamda optik aloqa tizimlarini ekspluatatsiya qilish usullariga, mazkur tizimlarning rivojlanish istiqbollariga oid asosiy masalalar ham muhokama etiladi. Darslik Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Telekommunikatsiya injiniringi» kafedrasi o‘qituvchilari — kafedra professori, texnika fanlari nomzodi R.I. Isayev (so'zboshi, 1, 10, 11, 12, 13-boblar), dotsent, fizika- matematika fanlari nomzodi N. Yunusov (so‘zboshi, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 14-boblar), katta o‘qituvchi G.X. Mirazimova (1, 2, 7, 11, 12, 13-boblar) tomonidan yozildi. O‘z-o‘zidan ayonki, univers- tetimizda «Telekommunikatsiyalar» bakalavrlatura ta’lim yo‘nali- shida ta’lim oluvchi talabalar uchun keyingi o‘quv yillarida o'qitilayotgan yangi «Optik aloqa asoslari» fani bo'yicha birinchi marta yozilgan va nashrga tayyorlangan ushbu darslikning tarkibiy tuzilishi, mavzularning yoritilish darajasi, ularni bayon etish usuli bo‘yicha muayyan kamchiliklarga ega bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan mualliflar bu haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan o‘quvchilarga minnatdorchilik bildiradilar.
|
| |