|
Optik kabellarning yengilligi, hajmi va o‘Ichamlarining kichikligi
|
bet | 5/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)Optik kabellarning yengilligi, hajmi va o‘Ichamlarining kichikligi. Optik kabellar mis kabellar bilan solishtirilganda ancha yengil va hajmi kichik. Masalan, 900 juftli 7,5 sm diametrli mis telefon kabeli 0,1 sm diametrli bitta optik tola bilan almashtirilishi mumkin. Agar optik tola bir necha himoya qobiqlaridan iborat va bron po‘lat tasma bilan qoplangan bo'lsa, bunday tola diametri 1,5 sm ga teng bo‘ladi, bu esa ko‘rilayotgan mis kabel diametridan bir necha marta kichik.
Optik tolaning bu afzalligi optik kabelli liniya traktlarini qurishda ancha yengilliklar yaratadi. Yengilligi va o‘lchamining kichikligi tufayli optik tolaning samolyot, vertolyot va boshqa transport
16
www.ziyouz.com kutubxonasi
vositalarida ishlatilishi optik aloqaning juda muhim yutug‘idir. Masalan, axborotlarni yig‘ish va boshqarish vazifalarini bajarish uchun maxsus jihozlangan samolyotlarda bog'lovchi kabellar og‘ irligini 1 tonnadan ortiqqa kamaytiradi. /
Aloqaning maxfiyligi. Tolali optik kabellar radioto‘lcfin dia- pazonida umuman nur uzatmasligi sababli, undan uzatilayotgan axborotni uzatib-qabul qilishni buzmasdan ruxsatsiz tashqi ula- nishlarda eshitish juda qiyin. Optik aloqa liniyasining monitoring tizimi (uzluksiz nazorat) tolaning yuqori sezgirlik xususiyatini qo'llab, darhol ruxsatsiz tashqaridan eshitilayotgan aloqa kanalini o‘chirishi va xavf (trevoga) signalini uzatishi mumkin.
'1 Tarqaluvchi optik signallaming interferensiya effektini qo‘llovchi tizimlar tebranishlar va bosimning ozgina og'ishlariga sezuvchanligi juda yuqori. Hukumat, bank va ma’lumotlar himoyasiga yuqori talablar qo'yiladigan boshqa maxsus xizmatlarning aloqa liniyalarini tashkil etishda bunday tizimlar ayniqsa zarurdir.
Yong‘indan himoyalanganligi. Optik tolada uchqun hosil bo‘l- masligi kimyoviy, neftni qayta ishlovchi korxonalar, portlash va yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan binolarda xavfsizlikni oshiradi.
|
| |