|
Iqtisodiy jihatdan samaradorligi
|
bet | 6/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)Iqtisodiy jihatdan samaradorligi. Optik tola kvarsdan ishlab chiqariladi. Uning asosini tabiatda keng tarqalgan kremniy ikki oksidi SiO? tashkil etadi. Demak, tolali optik kabellarni ishlab chiqarish uchun noyob rangli metall sarflanmaydi. Mis va qo‘rg‘o- shinning dunyoviy zaxiralari chegaralangan hozirgi vaqtda noyob bo‘lmagan mahsulotga o‘tish kabelli aloqa texnikasining kelgusi rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Natijada optik kabellarning narxi mis kabellarga nisbatan arzonlashadi.
Tolali optik kabellar signallarni uzoq masofalarga retranslya- tsiyasiz uzatish imkonini beradi. Uzoq masofali liniya traktlarida optik kabellarning qo‘llanilishi retranslyatorlar sonining qisqarishiga olib keladi. Buning natijasida ham sarf-xarajatlar kamayadi.
Foydalanish muddatining uzoqligi. Tola vaqt о 4g an sari eskiradi, ya’ni yotqizilgan kabellarda so‘nish asta-sekin oshib boradi. Biroq, optik tola ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarining mu- kammallashuvi bu jarayonni sekinlashtirdi va foydalanish muddatini uzaytirdi. Tolali optik kabellardan foydalapish.muddatijaxminan 25 yilni tashkil etadi.
17
www.ziyouz.com kutubxonasi
Hozirgi kunda turli vazifali va tuzilishli optik tola hamda kabellar ishlab chiqarilmoqda. Keng polosali uzoq aloqa tizimlari, jumladan, magistral aloqa uchun toladan faqatgina asosiy to'lqin tarqaladigan bir modali kabellarning yangi turlari ishlab chiqarilmoqda. Magistral aloqa liniya traktlarida signal uzatishda tolaning so'nish va dispersiya parametrlariga ham yuqori talablar qo'yiladi. Bundan tashqari, optik nurlanish qutblanishining saqlanishini ta’minlovchi tolalar ham ishlab chiqarilmoqda.
Yangi turdagi optik tolalarning (siljigan dispersiyasi nolga teng bo'lmagan), keng polosali kvant optik kuchaytirgichlarning yara- tilishi to‘liq optik tizim va optik traktlarning qurish imkoniyatini yaratmoqda. OAT ko‘plab bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishiga qaramay kamchiliklarga ham ega. Bu OAT qurilmalarining qimmat- liligi va ba’zi optik texnologiyalarning mukammal darajaga yetma- ganligi bilan tushuntiriladi. Bunga bog'liq holda quyidagi kamchi- liklami aytish mumkin:
element bazasining qimmatligi. Optik uzatkich va qabul qil- gichlarning narxi qimmat. Ayniqsa lazer nurlanish manbalarining narxi qimmat va xizmat qilish muddati chegaralangan. Shuningdek, passiv optik qurilmalar (multipleksor, kommutator, attenyuator va boshqalar)ni ishlab chiqarish ham katta sarf-xarajatlarga olib keladi;
optik tolani montaj qilish va xizmat ko‘rsatishning murak- kabligi. Elektr kabelli tizimlarga nisbatan optik kabelli tizimlarni qurish, undan texnik foydalanish, o‘lchov va montaj ishlari mu- rakkab bo‘lib, juda yuqori malakani talab etadi;
tolani maxsus himoyalash zaruriyati. Mikroyoriqlarda signal- larning yo'qolmasligi uchun optik tolani ortiqcha yuklash va bu- kilishlardan himoyalash kerak. Maxsus himoyalashni tashkil etish, ishonchlilikni oshirish maqsadida optik tolani ishlab chiqarish ja- rayonida tola epoksiakrilad asosidagi maxsus lok bilan qoplanadi. Bundan tashqari, kabel maxsus po'lat tross va shisha plastik sterjen- lar hisobiga yanada mustahkamlanishi mumkin. Bularning barchasi tolali optik kabel narxini oshiradi [3].
Bundan tashqari, optik diapazon to‘lqin uzunligining kichikligi optik elementlarni tayyorlash texnologiyasini murakkablashtiradi va narxini oshiradi. Bu muammolyar ishlab chiqarish texnolo-
18
www.ziyouz.com kutubxonasi
giyasining rivojlanishi va optik elementlaming mukammalashuvi bilan yechimini topmoqda.
Optik aloqa tizimlarining tasnifi
Optik signallar tarqaladigan uzatish muhitiga bog‘liq holda OAT ochiq optik aloqa tizimi va tolali optik aloqa tizimlariga bo‘linadi. Axborotlar ochiq optik uzatish muhiti orqali uzatilsa, ochiq optik aloqa tizimi (OOAT), tolali optik uzatish muhiti orqali uzatilsa, tolali optik aloqa tizimi (TOAT) deyiladi.
OOATda nurlanish manbalari elektromagnit to‘lqinlarni ochiq fazoga nurlantiradi. OOATining uzatuvchi muhiti o‘z navbatida uch turga bo‘linadi: atmosfera, kosmik va suvosti aloqa muhitlari.
OATning asosiy yo‘nalishi TOAT hisoblanadi. TOATda elektromagnit nurlanishlarning tarqalish yo‘lini tashkil etish uchun max- sus optik yorug‘lik uzatkich — optik tolalar qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda uzatish xarakteristikalari yuqori darajada bo‘lgan yorug‘lik uzatkichlar, optik tolalar ishlab chiqilgan. Ammo axborotlarni ochiq fazo va atmosferada uzatishga asoslangan OOAT ham, radioaloqa uchun ajratilgan chastotalarni to‘ldiruvchi vosita sifatida qiziqishlarni namoyon etadi.
|
| |