• Ochiq optik aloqa tizimining tuzilish prinsipi
  • Optik aloqa asoslari




    Download 1 Mb.
    bet8/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    21


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    qayta ishlanadi, ya’ni optik kvant kuchaytirgichlar yordamida kuchaytiriladi;



    1. optik qabul qilgich (OQq), optik nurlanishni qabul qilish va elektr signalga aylantirishni ta’minlaydi, optik qabul qilgich moslashtiruvchi qurilma (MQ) va optik nurlanish qabul qilgichi (ONQQ) dan iborat; moslashtiruvchi qurilma optik nurlanishni uzatuvchi muhitdan minimal yo'qotishlar bilan qabul qilish uchun kerak; moslashtiruvchi qurilma va optik nurlanish qabul qilgichi qabul qiluvchi optik modul (QqOM) ni tashkil etadi;

    2. qabul qilish traktining muvofiqlashtiruvchi qurilmasi (MvQ), u QqOM chiqishidan berilayotgan signalni mos keluvchi KHQUning ko'pkanalli signalga o'zgartiradi;

    3. qabul qilish traktining kanal hosil qiluvchi uskunasi (KHQU), uzatishga teskari jarayon, ko‘p kanalli signalni alohida tipli kanallar va traktlar signallariga ajratishni amalga oshiradi.

    OAT da optik tashuvchini ko‘p kanalli elektr signal bilan modulyatsiyalash uchun chastotali modulyatsiya (ChM), fazali modulyatsiya (FM), amplitudali modulyatsiya (AM), qutblanishli modulyatsiya (QM), intensivlik bo'yicha modulyatsiyalash va modulyatsiyaning boshqa turlarini qo'llash mumkin. Optik nurla­nishning intensivlik bo'yicha modulyatsiyalash turi ko'proq qo'llaniladi.
    Bunga sabab, modulyatsiyaning bu turi keng chastota diapazonida oddiy texnik qurilmalar yarimo'tkazgich nurlanish manbalari (yorug'lik diodi, lazer diodlar) uchun bajariladi. Yarim- o'tkazgich manbaning nurlanish intensivligini boshqarish uchun modulyatsiyalaydigan elektr signal bilan mos holda injeksiya tokini o'zgartirish yetarlidir.
    Bu tok kuchaytirgich ko‘rinishidagi elektron sxema yordamida oson amalga oshiriladi. Optik nurlanishning intensivlik bo'yicha modulyatsiyasi teskari jarayon optik signalni elektr signaliga o'zgartirish masalasini yengillashtiradi. Darhaqiqat, fotoqabul qilgich tarkibiga kiruvchi fotodetektor kvadratik asbob hisoblanib, uning chiqishidagi tok optik maydon amplitudasining kvadratiga proporsional.
    Intensivlik bo'yicha modulyatsiyalangan optik signalni bevosita fotodetektorga berib, osongina uni boshlang'ich signal ko'rinishini


    22


    www.ziyouz.com kutubxonasi




    saqlagan elektr signaliga o'zgartirish mumkin. Optik signallarni qabul qilishning bu usuli bevosita fotodetektorlash usuli deyiladi.


      1. Ochiq optik aloqa tizimining tuzilish prinsipi


      1. rasmda OOATning tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan.

    OOATning tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagi bloklar kiradi:
    KHQU - kanal hosil qiluvchi uskuna;
    MvQ — muvofiqlashtiruvchi qurilma;
    OUz — optik uzatkich;
    ONM — optik nurlanish manbayi;
    MQ - moslashtiruvchi qurilma;
    UzOM - uzatuvchi optik modul;
    OOATUM — ochiq optik aloqa tizimining uzatish muhiti;
    OR — optik retranslyator; OQq — optik qabul qilgich;
    QqOM — qabul qiluvchi optik modul;
    ONQq - optik nurlanish qabul qilgichi.
    Sxema OATlariga xos standart texnik qurilmalardan iborat. Tolali optik liniya traktiga OUz, OOATUM, OR, OQq kiradi.

      1. rasmda ko'rsatilganidek, uzatuvchi stansiyadan N kanalning birlamchi elektrik signallari KHQUga tushadi. KHQU chiqishidan ko‘p kanalli elektr signali muvofiqlashtiruvchi qurilmasiga beriladi.



    Download 1 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   160




    Download 1 Mb.