|
Optik aloqa asoslari
|
bet | 10/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)OUz
a) a — TOAT uzatish traktining tuzilish sxemasi
b — TOAT qabul qilish traktining tuzilish sxemasi
1.5-rasm. TOATning tuzilish sxemasi
Ikki tomonlama tolali optik aloqa tizimini
tashkil etish usullari
Ikki tomonlama tolali optik aloqa tizimini tashkil etishning quyidagi usullari mavjud:
ikki tolali, bir polosali, bir kabelli (to'rt o'tkazgichli, bir polosali, bir kabelli);
bir tolali, bir polosali, bir kabelli (ikki o‘tkazgichli, bir polosali, bir kabelli);
bir tolali ko‘p polosali bir kabelli yoki to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tizimlar.
rasmda keltirilgan TOAT ning tuzilish sxemasida faqat uzatishning bir yo‘nalishi ko'rsatilgan.
Bunday tuzilishda optik signallarni uzatish va qabul qilish ikki tola bo‘ylab (1.6-rasm), bitta to‘lqin uzunligida amalga oshiriladi.
Har bir optik tola ikki simli fizik zanjirga o'xshaydi, chunki kabelning optik tolalari orasida o‘zaro o‘tishlar bo‘lmaydi. Shuning uchun, TOAT ning uzatish va qabul qilish traktlari bir kabelning ikki tolasi bo'ylab tashkil etiladi, ya’ni TOAT bir kabelli hisoblanadi.
26
www.ziyouz.com kutubxonasi
1.6-rasm. Ikki tolali bir polosali bir kabelli
TOAT sxemasi
Shu tarzda, keltirilgan tolali optik aloqa tizimini tashkil etish sxemasi ikki tolali, bir polosali, bir kabelli hisoblanadi. Ushbu aloqani tashkil etish sxemasining afzalligi — bu oxirgi va oraliq stansiyalarning uzatish va qabul qilish qurilmalarining bir turdaligidir.
Kamchiligi esa optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish koeffitsiyenti juda kichik.
Kabel qurilmalariga ketadigan xarajatlar optik aloqa tizimlari narxining katta qismini tashkil etishini, optik kabel narxi yetarli darajada qimmatliligini hisobga olsak, optik toladan bir vaqtda katta hajmdagi informatsiyalarni uzatish hisobiga uning o'tkazish qobiliyatidan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi yuzaga keladi. Bunga masalan, bitta optik tola bo'ylab qarama-qarshi yo‘nalishdagi signallarni uzatish hisobiga erishish mumkin.
rasmda bir tolali, bir polosali, bir kabelli tolali optik aloqa tizimining tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan. ОТ ni bir to‘lqin uzun- ligida ikkala yo‘nalish signallari uchun qo'llanilishi, bu sxemaning xususiyati hisoblanadi.
OAQ - optik ajratuvchi quriima, yorug'lik to'lqinlarining qutblanishini yoki optik nurlanishning yo'naltirilgan to'lqinlari turini ajratishni amalga oshiradi.
Qarama-qarshi ikki tomonlama signallarni uzatganda oqimlar orasida o'zaro o‘tish shovqinlari hosil bo'ladi. O‘tish shovqinlari ОТ va tarmoqlagichlardagi teskari sochilish, yorug'likni ulangan joylar va liniya oxiridagi ajraladigan ulagichlardan qaytishi natijasida vujudga keladi. Shovqin sathi va uning spektr tarkibi uzatilayotgan signalning uzatish tezligi, impuls formasi va liniya trakti parametrlari (optik tolaning so'nishi, to‘lqin uzunligi, sonli apertura, sindirish ko‘rsatkichlari)ga bog‘liq.
27
www.ziyouz.com kutubxonasi
I
1.7-rasm. Bir tolali, bir polosali, bir kabelli TOAT sxemasi
To‘lqin uzunligi 1,55 mkm va uzatish tezligi 35 Mbit/s dan yuqori bo‘lsa, bir OTdan qarama-qarshi yo‘nalishli signallarni uzatuvchi TOATda o‘tish shovqinlari kam bo‘lib, optimal ish rejimiga ega bo'ladi.
To'lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan (bir toiali, ko‘p polasali, bir kabelli) TOATda bir optik tola bo‘ylab bir vaqtda to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan bir necha optik tashuvchilar uzatiladi. Bunday tizimlarni tuzish, qo‘llaniladigan spektr oralig‘ida optik kabelning so‘nish koeffitsiyentini optik tashuvchi chastotasi (yoki to‘lqin uzunligi)ga nisbatan kam bog'liqligiga asoslanadi. Shuning uchun bir optik tola bo‘ylab, axborotlarni uzatishning natijaviy tezligini oshirib, bir necha keng oraliqli optik kanallarni tashkil etish mumkin.
rasmda optik kanallari to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOATning tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan.
n KHQUdan signallar n optik uzatkich OUz ga uzatiladi. OUz chiqishidagi to'lqin uzunlikli turli optik tashuvchilar
multipleksor (MP) yordamida bir optik tolaga kiritiladi. Qabul qiluvchi stansiyada demultipleksor (DM) yordamida Х(Х„....,Хя
1.8-rasm. To‘lqin uzunligi bo'yicha zichlashtirilgan TOATning
tuzilish sxemasi
28
www.ziyouz.com kutubxonasi
to‘lqin uzunlikli turli optik tashuvchilar ajratiladi va optik qabul qilgich (OQq) ga beriladi. Shu tarzda, bir optik tola orqali n to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan optik kanallar tashkil qilinadi, ya’ni o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish koeffitsiyenti boshqa an’anaviy tuzilgan optik tizimlarning liniya traktiga nisbatan n marta oshadi. Optik tashuvchilami birlashtirish va ajratish uchun turli optik spektral qurilmalar optik multipleksor va demultipleksorlar qo‘llanilishi mumkin. Ularning ishi fizik optikaning dispersiya, difraktsiya va interferensiya hodisalariga asoslangan. Optik multipleksor va demultipleksorlar optik prizma, ko‘p qatlamli dielektrik, difraksion panjara asosida tuzilishi mumkin.
1.8. Tolali optik aloqa tizimi liniyasini
zichlashtirish usullari
TOAT liniyalarining quyidagi zichlashtirish usullari mavjud: vaqt bo‘yicha, chastota va to‘lqin uzunligi bo‘yicha.
|
| |