|
Mustaqil ish mavzu: mantiqiy torlar. Mantiqiy torlarni minimallashtirish usullari. Karno kartalari
|
bet | 1/4 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 121,16 Kb. | | #251495 |
Bog'liq Танибердиев Қ А Дискрет математика
O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini Rivojlantirish vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari
Universiteti Nukus filiali
MUSTAQIL ISH
MAVZU: MANTIQIY TORLAR. MANTIQIY TORLARNI MINIMALLASHTIRISH USULLARI. KARNO KARTALARI
Tayyorladi: 2-kurs KI yo’nalishi
(sirtqi) talabasi Q.Taniberdiev
Qabul qildi: __________________
Nukus – 2022 yil
MUNDARIJA
Kirish
Mantiqiy torlar
Mantiqiy torlarni minimallashtirish
Karno kartalari yordamida MAF ning DNSH ni aniqlashtirish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mantiq algebrasining funksiyalari ikki qiymatga asoslanadi. Bular rost va yolg`on, yana bularni mos ravishda 1 va 0 deb ham belgilash mumkin. Raqamli qurilmalar ishlash jarayonlarining asosida ham aynan mantiq algebrasi yotadi. Masalan biz raqamli qurilmalarda zaryad bor degan holni 1 deb qabul qilamiz, zaryad yo`q degan holni esa aksincha 0. Har bir raqamli qurilma ma`lum bir mantiqiy funksiyaning vazifasini bajaradi. Har qanday mantiqiy funksiya mantiqiy amallarga asoslanadi. Asosiy mantiqiy amallar quyidagilar: va(AND), yoki(OR), emas(NOT). Boshqa mantiqiy amallar esa yuqorida keltirilgan mantiqiy amallardan kelib chiqadi. Har qanday mantiqiy amallarga yoki funksiyaga haqiqiylik jadvalini tuzsa bo`ladi, agarda mantiqiy o`zgaruvchilar soni ma`lum bo`lsa. Raqamli qurilmalar axborotni ikkilik sanoq sistemasi ko`rinishida ishlov beradi, yani 0 va1. Har qanday sanoq sistemasidan, jumladan o`nlik sanoq sistemasidan ikkilik sanoq sistemasiga o`tish mumkin (buni ishmizning asosiy qismida ko`rib chiqamiz).
Raqamli qurilmaga kiritilayotgan o`zgaruvchilar soniga qarab ikkilik razyadlarini tanlaymiz. Bu haqiqiylik jadvalini tuzishning asoslaridan biridir. Bunda Karno kartalarining ahamiyati kattadir. 1953 yil Moris Karno Bul ifodalarini soddalashtirish va grafik tasvirlash tizimini ishlab chiqqanligi haqida maqola elon qildi. Hozirda bu usul Karno kartalari usuli deb yuritiladi.
Bul algebrasi Djorj Bul tomonidan (1815-1864) rivojlantirilib, 20-asrning 30-yillarida raqamli mantiqiy sxemalarda qo‘llanilgan edi. Raqamli electron qurilmalarni konstruksiyalash bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar Bul algebrasini chuqurroq o‘rganishi lozim.
Karno kartalari – Bul ifodalarini soddalashtirishning eng amaliy usuli hisoblanadi. Undan tashqari Veych, Venn diagrammalari, jadval usullari mavjud. 1953 yil Moris Karno Bul ifodalarini soddalashtirish va grafik tasvirlash tizimini ishlab chiqqani haqida maqola e’lon qildi.
|
| |