Aniqlik parametrlari va etalon manbalarning asosiy xatoliklari




Download 1 Mb.
bet17/160
Sana13.01.2024
Hajmi1 Mb.
#136728
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   160
Bog'liq
Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

Aniqlik parametrlari va etalon manbalarning
asosiy xatoliklari


Etalon manbalar etalon sinxrosignallarning quyidagi majmuasini ta’minlaydi:

  • 2048 kHz — XEIning G.703/13 [10] tavsiyalariga mos hol- da interfeysli va maskali sinxron chastota, ATS, PRI (PDH) va SRI (SDH) TOATlarining sinxronizatsiyasi uchun qo'llaniladi;

  • 2048 kbit/s — XEIning G.703/9 [10] tavsiyalariga mos holda interfeysli va maskali sinxron oqimlarning signali yoki PRI (PDH), SRI (SDH) TOATlarini va multipleksorlash qurilmalarini sinxronizatsiyalash uchun qo‘llaniladigan, retayming funksiyasini ishlatish bilan El kirish signalidan olinadigan signal;

  • 8; 64 kHz (yoki to‘plamli 8/64 kHz) sinxron chastotalar, ular PRI (PDH) asosiy raqamli kanallari (ARK)ning sinxro­nizatsiyasi uchun qo'llanilishi mumkin;

  • qo'shimcha sinxron chastotalar: 1; 5 va 10 MHz, turli raqamli qurilmalarning sinxronizatsiyasi uchun qo‘llaniladi.

Etalon manbalar quyidagi aniqlik parametrlari va xatoliklar bilan xarakterlanadi, ular manbalarning sertifikatsiyasi natijasida, TTS tarmoghni ekspluatatsiyaga tushirishda va kelgusi nazoratlarda tekshirilishi kerak:

  • sinxrosignal chastotasini saqlash aniqligi yoki chastotaning maksimal nisbiy nostabilligi — bu parametr BEG va BEM uchun me’yorlashtiriladi (bir haftadan kam kuzatish vaqtida 10'“ dan oshmasligi kerak);

  • chastotaning maksimal sutkalik og'ishi — bu parametr IEG, MChBG va TEG uchun me’yorlashtiriladi (IEG uchun kuniga 2-10-10 dan, MCHBG uchun kuniga 10'9 dan [11] va TEG uchun kuniga 10’8 dan [12] oshmasligi kerak);

  • tashqi sinxrosignal yo‘qolgandan keyin chastotaning eslash aniqligi — bu parametr IEG, MCHBG va TEG uchun me’yor­lashtiriladi (IEG uchun kuniga 5 • 1010 dan, MCHBG uchun kuniga 10-9 dan [11] va TEG uchun kuniga 5-10 8 dan [12] oshmasligi kerak);

  • egallash polosasi (tashqi sinxrosignal chastotalari) — bu parametr IEG, MCHBG va TEG uchun me’yorlashtiriladi (IEG


40


www.ziyouz.com kutubxonasi


uchun IO'8 dan, MCHBG uchun 4,6-10’6 dan [11] va TEG uchun 4,6 10’6 dan [12] kam bo‘lmasligi kerak);



  • fazaning titrashi (jitter-jitter) — bu parametr BEG, BEM, IEG, MCHBG va TEG uchun me’yorlashtiriladi (manbalaming hamma turi uchun 2048 kbit/s va 2048 kHz chiqish signalida 0,05 EI oshmasligi kerak);

  • chiqish signali fazasining uzluksizligi — bu parametr BEG, BEM, IEG, MCHBG va TEG uchun me’yorlashtiriladi (man- balarning hamma turi uchun 2048 kbit/s va 2048 kHz chiqish signalida 0,125 EI oshmasligi kerak);

  • chiqish signali fazasining xususiy dreyfi — bu nisbiy parametr, quyidagi parametrlarni hisoblash/o‘lchash orqali aniqlanadi, hisob- lash formulalari XEI G.810 tavsiyasida [6] aniqlangan:

  • vaqt interval! xatoligi;

  • vaqt interval ini ng maksimal xatoligi;

  • vaqt interval! dcviatsiyasi;

  • chastotaning nisbiy og'ishi А// fH.

Quyida standart lardan olingan, sinxronizatsiya manbalari bilan bog'liq, keng qo‘llaniladigan ba’zi tushunchalar keltirilgan:

  • fazaning titrashi — taktli sinxronizatsiya signalining vaqt bo‘yicha ideal holatiga nisbatan 10 Hz dan yuqori chastota bilan qisqa muddatli o‘zgarishi;

  • faza dreyfi (vander — wander) — taktli sinxronizatsiya signa­lining vaqt bo‘yicha ideal holatiga nisbatan 10 Hz dan yuqori bo'lmagan chastota bilan uzoq muddatli o'zgarishi;

  • egallash polosasi (hold — in range) — boshqariluvchi etalon generator chastotasi va boshqaruvchi manbaning nominal chas- totasi orasidagi maksimal farqlanish, uning doirasida boshqa­riluvchi generator chastotani avtomatik sozlashni ta’minlashi mumkin;

  • vaqt interval! xatoligi (VIX) — testlanuvchi generator shakl- lantirgan vaqt intervali va etalon generator shakllantirgan vaqt intervalining o‘lchangan qiymatlari o'rtasidagi farq, yoki

VIX(t; T)=[T(t+x)-Tref(t)]-[Tref(t+T)-Tref(t)] = х(7+т)-х(7),
bunda: т — kuzatish intervali;


41


www.ziyouz.com kutubxonasi


  • vaqt intervalining maksimal xatoligi VIX qiymatlari orasidagi (butun kuzatish interval! davomida т — пт o) maksimal qiymat, u VIX diskretizatsiyasining n ketma-ket intervallarida — t0 o‘lcha- nadi, hamma uchun т < T, bunda T — o‘lchash davri;

  • vaqt interval! deviatsiyasi — vaqt intervalining joriy qiymatini, uning o‘rtacha qiymatidan og‘ishining o'lchangan maksimal qiymati;

  • chastotaning nisbiy og‘ishi &f/fn — signalning haqiqiy chastotasi fh va signalning berilgan nominal chastotasi/ o‘rtasidagi farqni/nominal chastotaga/ nisbati yoki kf /fn = (fh

Butun raqamli aloqa tarmog‘i doirasida umimiy taktli tarmoq sinxronizatsiyasi (TTS)ni yaratish sinxronizatsiya masalasining yechimli bo'lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi optik aloqa tarmoqlarida ham butun tarmoq bitta yagona BEGdan sinxro­nizatsiya bilan ta’minlangan. BEG zaxirasi sifatida IEG dan foyda- laniladi. BEG rad etsa, IEG avtomatik tarzda ishga tushadi.
TTSning hamma tizimlari ish rejimi bo‘yicha to‘rt sinfga bo'linadi:

  • sinxron, bunda sliplar umuman yuzaga kelmaydi;

  • psevdosinxron, bunda 70 kunda 1 ta slip ruxsat etiladi;

  • psevdosinxron, bunda 17 soatda 1 ta slip ruxsat etiladi;

  • asinxron, bunda 7 soniyada 1 ta slip ruxsat etiladi.



Download 1 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   160




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aniqlik parametrlari va etalon manbalarning asosiy xatoliklari

Download 1 Mb.