1-ma’ruza. Sinxron generatorlar va sinxron kompensatorlar Reja




Download 248.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.10.2023
Hajmi248.16 Kb.
#87382
  1   2   3
Bog'liq
1. Sinxron generatorlar va sinxron kompensatorlar (2 soat)
1-amaliy, 1-amaliy mashg\'ulot, geokniga gornaya elektrotehnika capenko efred mirskiy mi suharev, 27-Ma\'ruza, Tyutor M. Saitovning hisoboti, Гурунтлар.тест, amaliyot dasturi (EEE), 5f6c41bc6a0f77.76404169Exsel жадвал хисоблагичларида иктисодий ва молиявий масалалрни ечиш (1), Намуна штат жадвали учун, Ma\'ruza-3, 3-amaliy mashg\'ulot, 5A, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 31 январдаги 59, Илмий ишлар рўйхати, Илмий ишлар 3.5 шакл


1-MA’RUZA. 
Sinxron generatorlar va sinxron kompensatorlar 
Reja: 
1.Sinxrongeneratorlar va ularning tuzilishi. 
2.Sinxrongeneratorlarning nominal parametrlari. 
3.Sinxrongeneratorlarning quvvat koeffitsienti. 
4.Sinxron kompensatorlarning nominal parametrlari. 
5. Sinxron kompensatorlarning soviitish tizimlari. 
6. Sinxron kompensatorlarning tavsiflari. 
Kalit so‘zlar: Turbina, sinxron, asinxron, qozon, chastota, rotor, stator, demfer 
chulg‘am, sinxron kompensator, aktiv, reaktiv, kuchlanish,crotor, stator. 
Hozirgi elektr stansiyalarida elektr energiyasi hosil qilish uchun uch fazali 
o‘zgaruvchan tok sinxron generatorlari ishlatiladi. Sinxrongeneratorlar (birlamchi 
dvigateli – bug‘ yoki gaz turbinasi) va gidrogeneratorlar (birlamchi dvigateli - 
gidroturbina) bo‘ladi. Sinxron elektr mashinalari uchun turg‘un ish rejimida 
agregatning aylanish soni chastotasi (ayl/daq) bilan tarmoq chastotasi f (Gs) orasida 
aniq muvofiqlik bor: pfn=60(1) bunda r - generator statori chulg‘amlarining juft 
qutblari soni. Bug‘ va gaz turbinalari aylanish chastotasi katta (3000 va 1500 ayl/dak) 
qilib chiqariladi, chunki shunda turbogeneratorlar eng yuqori texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Odatdagi, yoqilg‘ida ishlaydigan issiqlik elektr 
stansiyalarida (IEM larda) agregatlarning aylanish chastotasi, odatda, 3000 ayl/dak ni 
tashkil etadi, sinxron turbogeneratorlarda esa ikkita qutb bo‘ladi. AES da 
aylanish chastotasi 1500 va 3000 ayl/dak bo‘lgan agregatlar ishlatiladi. 
Turbogenetorning 
qirqmi 
Turbogeneratorlar 
tezyurarligi 
sababli 
uning 
konstruksiyasining o‘ziga xos tomonlari bo‘ladi. Bu generatorlar vali gorizontal 


joylashadigan qilib tayyorlanadi. Turbogeneratorning katta mexanik va issiqlik 
yuklamalarida ishlovchi rotori magnit hamda mexanik xossalari yuqori bo‘lgan 
maxsus (xrom-nikelli yoki xrom–nikel-molibdenli) po‘latdan tayyorlangan yaxlit 
pokovkadan yasaladi. Rotorning qutbi aniq bo‘lmaydi. Aylanish chastotasi katta 
bo‘lganligi uchun, mexanik mustahkamlikni ta’minlash nuqtai nazaridan, rotorning 
diametri 3000 ayl/dak uchun 1,1-1,2 m dan ortmaydi. Rotor qobiqining uzunligi ham 
ma’lum chegaraga ega bo‘lib, 6-6,5 m ga teng bo‘ladi. U val statik egilishining ruxsat 
etiladigan kattaligi va ma’qul titrash xarakteristikasini hosil qilish shartiga ko‘ra 
aniqlanadi.
Rotorning 
asosiy 
magnit 
oqimi 
o‘tadigan 
aktiv 
qismida 
qo’zg’atishchulg‘amining g‘altaklari joylanadigan pazlar frezalanadi. Rotorning har 
ikki tomonidan uning valiga mashinadagi sovituvchi gazning aylanib yurishini 
ta’minlaydigan ventilyator o‘rnatiladi. Turbogenerator statori korpus va o‘zakdan 
iborat. Korpus payvandlab tayyorlanadi, tashki (torets) tomonlari shchitlar bilan 
berkitilib, boshqa qismi bilan tutashgan joylari zichlanadi. Stator o‘zagi qalinligi 0,5 
mm li po‘latdan tayyorlangan, izolyasiyalangan listlardan yig‘iladi. Listlar paket 
ko‘rinishida yig‘ilib ular orasida ventilyasiya kanallari qoldiriladi. O‘zak ichidagi 
pazlarga uch fazali, odatda, ikki katlamli chulg‘am joylanadi. 
Turbogeneratorlarda tinchlantaruvchi chulg‘am vazifasini rotorning massiv qobiqi 
va pazlarda qo’zg’atish chulg‘amini berkitib turuvchi metall ponalar o‘taydi.
Gidrogeneratorning statori turbogenerator statori konstruksiyasidan prinsipial farq 
qilmaydi, faqat turbogeneratornikidan farqli o‘laroq, ajraladigan qilib tayyorlanadi. U 
aylana bo‘ylab teng ikki - olti qismga bo‘linadi, bu esa uni tashishni va montaj 
qilishni engillashtiradi. Gidravlik turbinalarning aylanish chastotasi, odatda, nisbatan 
kichik (60 -600 ayl/dak) bo‘ladi. Suv bosimi qanchalik past, turbina quvvati 
qanchalik 
kata 
bo‘lsa, aylanish chastotasi shunchalik kichik bo‘ladi. 
Gidrogeneratorlar shu sababdan sekin yurar va o‘lchamlari, massasi katta, 
shuningdek, qutblari soni ko‘p bo‘ladi. 
Gidrogeneratorlar ayon kutbli rotorli qilib va vali asosan vertical joylashadigan 
qilib tayyorlanadi. Qudratli gidrogeneratorlar rotorlarining diametri 14—16 m, 


statorlarining diametri esa 20—22 m ga etadi. Qutblarda qo’zg’atish chulg‘amlaridan 
tashqari dempferlovchi chulg‘am ham joylanadi, u qutblar uchidagi pazlarga 
joylashtiiladigan va rotor chetiga tutashtiriladigan mis halqa yordamida sterjenlardan 
hosil qilinadi. Bu chulg‘am agregat rotorining generator yuklamasining keskin 
o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday uyg‘otilishida hosil bo‘ladigan 
tebranishlari tinchlantirish uchun xizmat qiladi. 

Download 248.16 Kb.
  1   2   3




Download 248.16 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-ma’ruza. Sinxron generatorlar va sinxron kompensatorlar Reja

Download 248.16 Kb.
Pdf ko'rish