1. Armatura va uning xossalari va qo’llanishi Armatura klassifikatsiyasi




Download 1,84 Mb.
bet1/3
Sana21.02.2024
Hajmi1,84 Mb.
#160421
  1   2   3
Bog'liq
Armatura turlari


1.Armatura va uning xossalari
va qo’llanishi
2. Armatura klassifikatsiyasi.
3. Armatura buyumlari. Payvandlangan armatura mahsulotlari.
Reja:
1
Armatura va uning xossalari va qo’llanishi
Armatura turlari. Temirbeton qurilmalarida armatura cho’zilishga zo’riqishlarni qabul qilish va betonning siqilish zonasining kuchaytirish uchun qo’llaniladi. Armaturaning kerakli miqdori elementlarga ta’sir qilayotgan yuklama va kuchlarni hisoblash natijasida aniqlanadi. Hisob bo’yicha qo’yiladigan armatura ishchi armatura, konstruktiv va texnologik talablarga ko’ra qo’yiladigan armatura esa montaj armatura deyiladi. Montaj armatura konstruktsiyada ishchi armaturaning loyihaviy holatini ta’minlaydi va ishchi armaturaning alohida sterjenlari orasida zo’riqishni tekis taqsimlaydi. Bundan tashqari montaj armatura hisoblashda e’tiborga olinmaydigan uskunadan va temperatura o’zgarganda paydo bo’ladigan zo’riqishlarni qabul kiladi. Ishchi va montaj armaturalarning o’zaro payvandlab va sim yordamida biriktirib to’r va karkaslar tayyorlanadi. Armaturani to’rtta belgisiga qarab klassifikatsiya qilinadi.
1.Tayyorlanish texnologiyasiga ko’ra sterjenli va sim armaturaga bo’linadi. Sterjen armaturalarning diametri d=6...40 mm bo’lib qurilishga bog’lam ko’rinishda (d>12 mm va uzunligi 13 m gacha) yoki kalava ko’rinishida (d≤10 mm, og’irligi 1300 kg gacha) keltiriladi. Sim armaturalarni diametri 3...8 mm bo’ladi.
2.So’ngi mustahkamlash usuliga ko’ra armatura termik ishlov berilgan va sovuq holatda tortilgan armaturalarga bo’linadi.
3.Formasining sirtiga ko’ra davriy profilli va silliq armaturalarga bo’linadi. Sterjen armaturadagi qoburg’a ko’rinishidagi chiqiqlar va sim armaturadagi chuqurlar (riflar) armaturaning beton bilan tishlashini sezilarli oshiradi.
4.Temir beton elementlarini armaturalash usuliga qarab oldindan zo’riqtirilgan va zo’riqtirilmagan armaturalarga bo’linadi.
Temirbeton konstruktsiyalarida davriy profilli sterjenli armaturalar keng qo’llaniladi. Davriy profilli armaturani 1889 yilda F.Ransen (AQSH) ixtiro qildi.
Armatura sirtining davriy profili shakli (ya’ni uning g’adir-budurligi) uning beton bilan yopishuvini yanada oshiradi, bu esa o’z navbatida, beton cho’zilishga ishlaganida yoriqlarning kengayishini kamaytiradi, armaturani betondagi mustahkamlashi bo’yicha maxsus choralar ko’rishdan xalos etadi.
Sterjenli va simli armaturalar egiluvchan armatura deyiladi. Ayrim hollarda egiluvchi armaturadan tashqari egilmaydigan bikir yuk ko’taruvchi armaturalardan ham foydalaniladi (shveller, qo’shtavr va b).

Download 1,84 Mb.
  1   2   3




Download 1,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Armatura va uning xossalari va qo’llanishi Armatura klassifikatsiyasi

Download 1,84 Mb.