|
1. Armatura va uning xossalari va qo’llanishi Armatura klassifikatsiyasi
|
bet | 2/3 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 1,84 Mb. | | #160421 |
Bog'liq Armatura turlariArmatura klassifikatsiyasi
2
Sterjen armatura o’zining mexanik xossalariga bog’liq holda oltita klassga bo’linadi: A-1, A-II, A-III, A-IV, A-V, A-VI. Sterjenь armaturaning 4 ta klassiga termik ishlov berish mumkin. Bunda o’zgarish belgisiga "t" indeksi qo’yiladi. At-III, At-IV, At-V, At-VI. Payvandlanishi mumkin bo’lgan armaturalar belgisiga "S" xarfi, yuqori korroziyaga chidamli armaturalar belgisiga "K" harfi kuyiladi. A-III klassdagi sterjen armaturaning sovuq holda tortsak uning belgisi oldida "v" indeksi paydo bo’ladi. A-IIIv armaturaning har bir klassiga bir xil mexanik xarakteristikaga ega
bo’lgan, lekin turli kimyoviy tarkibga ega bo’lgan armatura markasi mos keladi.
Barcha sinfdagi armatura (A-I sinfidan tashqari) davriy profilga ega.Armaturaning tashqi ko’rinishiga qarab, A-I tekis silliq yuzaga ega. A-II armatura «vint» ko’rinishiga, A-III, A-IV, A-V, A-VI sinfli armaturalar esa «archa» ko’rinishiga ega.
Armatura sinflarini tashqi ko’rinishidan ajratib olish uchun ularning yon tomoni bo’yab qo’yiladi: A-V-qizilga, At-V -ko’kka, At-VI yashil rangga. Markalarni belgilashda, uglerod va ligerlovchi qo’shimchalar miqdori ko’rsatiladi. Masalan 25G2S markada birinchi son uglerodni % hisobidagi miqdori (0,25%), "G" xarFi marganetsni, 2 soni esa marganetsning miqdori 2% ekanligini, "S" xarFi esa kremniy borligini ko’rsatadi.
Bundan tashqari X-xromni, T-titanni, TS-tsirkoniyni belgisidir. A-I, A-II, A-III klassdagi armaturalarning oqish chegarasi σy=230...400 MPa, A-IV, A-V, A-VI va termik ishlov berilgan armaturalarning shartli oqish chegarasi σ-0,2=600...1000 MPa ga teng. Uzilgandan keyingi nisbiy uzayish armatura klasslariga bog’liq. A-II, A-III klassdagi armaturalarning nisbiy uzayishi yuqori (Ᵹ=14...19%) AIV, A-V, A-VI va termik ishlov berilgan armaturalar uzayishi kam (Ᵹ=6...8%) dir.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, hozirgi kunda GOST 5781-94 asosan hamda Yevrostandartga o’tish munosabati bilan armatura klassifikatsiyasini belgilashda ma’lum o’zgartirishlar qilindi. Armaturaning mustahkamlik bo’yicha klassi me’yoriy standartlarda belgilangan oqish chegarasi bilan belgilanib, u N/mm2 birligi bilan aniqlanadigan bo’ldi. Misol uchun A-I sinfli armaturaning cho’zilishdagi vaqtinchalik qarshiligi Rsσ380 MPa, oqish chegarasi σT 235 N/mm2 (A240) va A-II sinfi uchun esa shunga mos ravishda Rs500 MPa, σT 295 N/mm2 (A300) deb belgilab qo’yildi.
Xuddi shuningdek A-III (A400), A-IV(A600), A-V (A800), A VI (A1000) sinflariga bo’linadigan bo’ldi. SHu kunda O’zbekiston hududidagi aksariyat qurilishlarda GOST 10884-94 bo’yicha Bekobod metallurgiya kombinatida tayyorlangan, termomexanik usulda ishlov berilgan, asosan diametri 12...18mm A -III sinfli armaturalar ishlatilmoqda
|
| |