• 5.1. Armaturaning konstruktsiyada qo’llanishi 5.1-rasm. Payvand to’rlar a-rulonli; b-yoyiq holdagi rulon; v-tekis
  • 5.2. Armatura buyumlari. Payvandlangan armatura mahsulotlari
  • 5.3. Sim armatura mahsulotlari
  • Mavzu bo’yicha «tayanch» so’z va iboralar
  • 5-ma’ruza: Armaturaning sinflari. Po‘lat va kompozit armaturalar. Armatura mahsulotlari, armatura sinchlari va to‘rlari




    Download 99.31 Kb.
    Sana16.11.2023
    Hajmi99.31 Kb.
    #99901
    Bog'liq
    5-маъруза.doc
    4-maruza, 4-amaliy mash, 2-Ma’ruza, Avalboyev Javohir Yashil iqtisodiyot


    5-ma’ruza: Armaturaning sinflari. Po‘lat va kompozit armaturalar. Armatura mahsulotlari, armatura sinchlari va to‘rlari.
    .
    REJA
    5.1. Armaturaning konstruktsiyada qo’llanishi
    5.2. Armatura buyumlari. Payvandlangan armatura mahsulotlari
    5.3. Sim armatura mahsulotlari
    5.1. Armaturaning konstruktsiyada qo’llanishi


    5.1-rasm. Payvand to’rlar
    a-rulonli; b-yoyiq holdagi rulon; v-tekis
    Oldindan zo’riqtirilmagan armatura sifatida uncha yuqori mustahkamlikka ega bo’lmagan At-III, A-III va Bp-I klassdagi armaturalar ishlatiladi. Agar A-III klassdagi armaturaning mustahkamligidan to’la foydalanishni iloji bo’lmasa, A-III ning o’rniga A-I ishlatiladi. A-I klassdagi armaturani asosan montaj armatura sifatida bog’langan karkaslarni xomuti va payvandlangan karkaslarni ko’ndalang armaturasi sifatida ishlatiladi. Oldindan zo’riqtiriladigan armatura sifatida At-VI, At-V, At-IV termik ishlov berilgan va A-VI, A-V, A-IV armaturalar qo’llaniladi. 12 m dan uzun konstruktsiyalarda arqonsimon va yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan simlar ishlatiladi va A-IV, A-V sterjenlar ham qo’llanilishi mumkin. -30S dan past temperaturada ishlaydigan konstruktsiyalarda A-II klass, ВСт5п2 markali hamda A-IV klass 80S markali po’lat armatura ko’llanilishiga ruxsat etilmaydi. Konstruktsiyalarda qo’llash uchun asosan armaturalarning yaxshi payvandlanadigani tanlanadi. Eletrokontakt payvandlash bilan A-I dan A-VI gacha, At-IIIC, At-IVC va Bp-I armaturalar yaxshi payvandlanadi. At-V, At-VI va Bp-II armaturalarni payvandlash mumkin emas. Chunki oldindan mustahkamlanganlik effekti yo’qoladi.
    5.2. Armatura buyumlari. Payvandlangan armatura mahsulotlari
    Payvandlangan to’rlarni 3...5 mm li oddiy armatura simdan va diametri 6...10 mm li A-III klassli armaturadan tayyorlanadi. To’rlar rulonli va tekis bo’ladi.
    Payvandlangan tekis karkaslar bitta yoki ikkita bo’ylama ishchi armaturalardan va ularga payvandlangan ko’ndalang sterjenlardan tashkil topgan bo’ladi. Karkasning bo’ylama va ko’ndalang sterjenlarining chekka chiziqlari 0,5d1+d2 yoki 0,5d2+d1 dan, hamda 20 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Tekis karkaslar bog’lovchi sterjenlar yordamida biriktirilib, fazoviy karkas hosil qilinadi.
    5.3. Sim armatura mahsulotlari
    Oldindan zo’riqtiriladigan konstruktsiyalarning zo’riqadigan alohida sterjenlardan va sim bog’lamlari, hamda kanatlardan tayyorlaniladi. Armatura kanati yuqori effektga ega bo’lgan zo’riqtiriluvchi armatura bo’lib, uni shunday eshiladiki, qaytadan bo’shatishning iloji bo’lmasin. Kanatni tayyorlash jarayonida simlar deformatsiyalanadi va bir-biriga mahkam yopishib qoladi. Armatura kanatining davriy profilligi uni beton bilan yaxshi tishlashish, uzunligi esa uni uzun o’lchamli konstruktsiyalar tayyorlashda qo’llanilishiga imkon beradi. Armatura kanati diametri 1-3 mm bo’lgan simlardan tayyorlanadi.

    bu yerda Dbo’ylama sterjen diametri, bo’ylama sterjen qadami, uko’ndalang sterjen qadami, A-to’rning eni, Lto’r uzunligi; s1, s2bo’ylama sterjenning chekka uzunligi, kko’ndalang sterjenning chekka uzunligi.
    Armatura bog’lamlari bir-biriga parallel joylashgan yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan simlardan tayyorlaniladi. Simlar 14, 18, 24 dona aylana bo’ylab shunday joylashtiriladiki, ularning orasidagi bo’shliqqa sement qorishmasi kirishiga imkoniyat bo’lsin. Ancha baquvvat armatura bog’lamlari tayyorlash uchun alohida simlar o’rniga parallel joylashgan armatura kanatlari ishlatiladi. Ko’p qatorli bog’lamlarda diametri 4...5 mm li simlarning soni 100 tagacha bo’ladi. Armatura bog’lamlari sanoatda tayyorlanmaydi, ularni qurilish maydonida tayyorlaniladi.
    Mavzu bo’yicha «tayanch» so’z va iboralar: armatura turlari, armaturaning mexanik xossalari, reologik xossa, armatura klassifikatsiyasi, armaturaning qo’llanishi, payvandlangan to’r va karkas
    Takrorlash uchun savollar

    1. Armaturaning konstruktsiyada qo’llanishiga ko’ra qanday turlarga ajratiladi?

    2. Armaturani qanday klasifikatsiyalanadi?

    3. Armaturaga qanday quishmachalar qo’shiladi?

    4. Armaturaning reologik xossalarini tushuntirib bering?

    5. Armatura qanday klasslarga ajratiladi?

    6. Armaturali mahsulotlarni tushuntirib bering?

    7. Armaturaning mexanik xossalari deganda nimani tushunasiz?

    8. Armatura po’latini mustahkamligini qanday usulda oshiriladi?


    Download 99.31 Kb.




    Download 99.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma’ruza: Armaturaning sinflari. Po‘lat va kompozit armaturalar. Armatura mahsulotlari, armatura sinchlari va to‘rlari

    Download 99.31 Kb.