• Ubay Orifovich Orifov
  • Sulton Umarovich Umarov
  • Yakov Ilich Frenkel (1894—1952)




    Download 484,5 Kb.
    bet1/11
    Sana22.05.2024
    Hajmi484,5 Kb.
    #250516
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    @fizik kitoblar FIZIK OLIMLAR




    Xristian Gyuygens


    (1629-1695)
    Niderland fizigi, mexanigi va matematigi Xristian Gyuygens Gaagada tug’ilgan. Leyden va Bred universitetlarida o’qib, xuquqshunoslik fan­lari va matematikani o’rgandi. 22 yoshida aylana, ellips va giperbola yoylari uzunligini o’lchashga oid birinchi ilmiy ishini e’lon qildi. Tez orada Gyuygens fizik muammolarga qiziqib qoldi. U R.Guk bilan birgalikda termometrning doimiy nuqtalarini - muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasini aniqladi. Shu yillardayoq u astronomik trubalar ob’ektivlarining yorug’lik kuchini oshirib ularni takomillashtirish ustida ishladi. Ular yordamida Gyuygens 1655 yilda Saturn yo’ldoshlaridan biri Titanni kashf etdi va uning aylanish davrini hisobladi, Saturnda hozirda hammaga ma’lum bo’lgan halqalar borligini aniqladi.
    O’zining “Mayatnikli soatlar” (1658) asarida u mayatnikning harakati bilan bog’liq bo’lgan qator muammolarni tadqiq qildi.
    Gyugens matematika, mexanika va astronomiyaga oid asarlari unga katta shuhrat keltirdi. U 1663 yilda London Qirollik jamiyatining (Angliya fanlar Akademiyasi) birinchi horijiy a’zosi bo’ldi. 1665 yilda Fransuz Fanlar akademiyasi tashkil qilinayotganda Gyuygens Parijga akademiya raisligiga taklif qilindi. Fransiyada u 16 yil yashadi.
    Gyugens vataniga qaytganidan so’ng 1681 yilda optika bilan shug’ullandi. U yaratgan okulyardan hozirgacha foydalanilmoqda. O’zining opti­ka sohasidagi ishlarini Gyuygens Yorug’lik haqida traktat» (1690) asarida jamladi. Bu asarda u birinchi marta yorug’likning to’lqin nazariyasini bayon qildi. Traktatning boblaridan birida island shpati kristallida ochilgan ikkilanma nur sinish hodisasini tushuntirib berdi. Optik bir o’qli kristallardagi klassik sinish nazariyasi hozirda ham bayon qilinadi.
    “Yorug’lik haqidagi traktat”ga “Og’irlik sabablari” degan ilova qo’shilgan edi. Bunda olim butun olam tortishish qonunini ochishga yaqin kelgan edi.
    Gyuygensning ko’pchilik muhim ishlari avtor vafotidan keyingina bosilib chiqdi. Shular jumlasiga, masalan, «Jismlarning zarba ta’sirdagi harakatlari haqida », «Dioptrika» va boshqalar kiradi.
    Ubay Orifovich Orifov

    ( 1909-1976)
    O’zbek fizigi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati. O’zbekiston Respublikasi FA prezidenti (1962-1966).
    Qo’qonda tug’ilgan. 1931 yilda O’zbek Davlat pedagogika akademiyasini tugatgan. 1932-1944 yillarda Qo’qon kolxoz-paxtachilik institutida, 1934 - 1935 yillarda O’rta Osiyo gidrometeorologiya xizmat boshqarmasida, 1935-1941 yillarda O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O’zMU)da ishlagan. Ulug’ Vatan urushi qatnashchisi (1941 - 1944), O’zbekiston Respublikasi FA Fizika-texnika instituti (1945-1956, 1963- 1967), Yadro fizikasi instituti (1956-1962) direktori.1966-1976 yillarda O’zbekiston Respublikasi FA Elektronika instituti direktori (1963 yildan Toshkent Politexnika institutidagi Fizik elektronika kafedrasining tashkilotchisi va mudiri).
    U. O. Orifov taniqli o’zbek olimi va O’zbekistonda yirik fan tashkilotchilaridan biri. U rahbarlik qilgan yillarda Fizika-texnika instituti fizik elektronika, kosmik nurlar fizikasi, yarimo’tkazgichlar fizikasi, geliotexnika va paxta fizikasi sohalarn bo’yicha respublikada ilmiy tekshirish markaziga aylandi.
    U. O Orifov O’zbekistonda fizik elektronika ilmiy maktabining rahbari, atom zarralarining qattiq jism sirti bilan o’zaro ta’siri bo’yicha ilmiy yo’nalishlarning tashkilotchisi. Uning rahbarlgida olib borilgan bu tadqiqotlar qattiq jism fizikasi, xususan qattiq jism sirt xossalarini diagnostika qilish, ularning sirt xossalarini zarur yo’nalishda o’zgargirish na boshqa ko’pgina maksadlar uchun katta ahamiyatga ega.
    Olim rahbarligida O’rta Osiyoga yirik ilmiy markaz – O’zbekiston Respublikasi FA Yadro fizikasi instituti tashkil qilindi. Toshkentda siklotron va atom reaktori ishga tushirildi. O’zbekiston Respublikasi FA Elektronika instituti va ilmiy tekshirish laboratoriyalari tashkil qilindi. O’zbekiston Respublikasi FA Elektronika institutiga, ToshPI dagi fizik elektronika kafedrasiga uning nomi berilgan.
    Sulton Umarovich Umarov

    ( 1908-1964)
    Taniqli fizik, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi va Tojikiston Fanlar akademiyasi akademigi va prezidenti (1957-1964). Tojikistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi.
    Xo’jand (hozirgi Leninobod) shahrida tug’ilgan. 1930 yilda O’zbekiston Davlat pedagogika akademiyasini tugatgan. 1930-1933 yillarda shu akademiyada, 1936-1941 yillarda O’zbekiston Davlat Universiteti (hozirgi SamDU)da ishlagan. 1942-1945 yillarda O’zbekiston Respublikasi Xalq Komissarlari kengashi raisining o’rinbosari, 1942-1943 yillarda, 1945-1950 yillarda O’rta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi ToshDU) rektori, 1950-1957 yillarda O’zbekiston Respublikasi FA Fizika-texnika institutida ishlagan.
    S.U.Umarovning asosiy ilmiy ishlari kinetika, statistik va yadro fizikasi sohasiga oid. U metall yarimo’tkazgich kontakti nazariyasi bo’yicha tadqiqotlar olib bordi. Bir vaqtda ikkita turlicha sochilish mexanizmi vujudligida yarimo’tkazgichlarda issiqlik va elektr ko’chishi hodisalari nazariyasini umumlashtirdi. Ikki va ko’p komponentli sistemalarning beta- va gamma-nurlarini sochishi va yutishi bo’yicha tahlili metodi g’oyasini ishlab chiqdi.



    Download 484,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 484,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yakov Ilich Frenkel (1894—1952)

    Download 484,5 Kb.