|
Yakov Ilich Frenkel (1894—1952)
|
bet | 2/11 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 484,5 Kb. | | #250516 |
Bog'liq @fizik kitoblar FIZIK OLIMLARSharl Ogyusten Kulon
(1736-1806)
F ransuz fizigi Sharl Kulon Angulem shahrida tug’ildi. O’rta maktabni bitirgach, u harbiy xizmatga kirdi. Parijda injenerlik tayyorgarligidan o’tdi va Martinika oroliga istehkomlar qurish uchun yo’llanma oldi. 1772 yilda Kulon Fransiyaga qaytib keldi va u qal’a hamda suv inshooti injeneri qilib tayinlandi. Xizmat bilan bir vaqtda u ilmiy tadqiqotlar ham olib bordi. Dastlab, uni ishqalanish, buralish va materiallar qarshiligi masalalari jalb qildi. Uning nomi 1777 yilda qator ilmiy ishlarini dunyoga ma’lum bo’ldi. Bu ishlarida u sochning, ipak va metall iplarining buralishini tajribalarda o’lchab olgan natijalari ko’rsatilgan edi. Bu ishlari uchun 1781 yilda Kulon Parij Fanlar akademiyasining a’zosi qilib saylandi.
O’zi yasagan burama tarozilardan foydalanib, Kulon bir ishorali va har xil ishorali nuqtaviy elektr zaryadlariing o’zaro ta’sirini batafsil tekshirdi. Bu tajribalari 1785 yilda elektrostatikaning asosiy qonuni – K u l o n q o n u n i ning kashf etilishiga olib keldi (q.Elektrastatika). O’zining 1785 –1789 yillarda e’lon qilingan ishlarida olim elektr zaryadlar hamisha o’tkazgich sirtida joylashishini ko’rsatdi. Magnit moment, zaryadlarnnng qutblanishi va b. iboralarni fanga kiritdi.
Kulonning eksperimental ishlari elektromagnit hodisalar nazariyasining yaratilishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Elektr miqdori birligi (K u l o n) uning sharafiga qo’yildi.
P er Kyuri
(1859-1906)
Mariya Sklodovskaya-Kyuri (1867-1934)
Frantsuzlar olimi Per Kyuri 35 yoshida fiziklar orasida juda mashhur edi. U kristallarni o’rganish sohasida muhim kashfiyotlar qildi, pezoelektr effektni kashf qildi. (q. Pezoelektr). Jismlarning yuqori temperaturalardagi magnit xossalarini tadqiq qilish sohasidagi uning xizmatlari keng miqyosda tan olindi. U temirning ferromagnit xossalari biror temperaturadan (Kyuri nuqtasidan) yuqorida yo’qolishini va pamagnetiklar magnit qabul qiluvchanligining temperaturaga bog’liqligini miqdoran aniqladi. (Kyuri qonuni) (q.Magnetizm).
Lekin hademay uning ilmiy qiziqishlari doirasi keskin o’zgardi. U uran nurlarining tabiatini o’rganish bilan shug’ullandi va bu tadqiqotlarga xotini, Parij universitetini bitirgan Mariya Sklodovskaya Kyurini jalb qildi.
Birgalikda o’n yil ishlash mobaynida ular radioaktivlik hodisasini o’rganish borasida juda ko’p ishlar qildilar. Bu yaxshi jihozlanmagan laboratoriyada va zarur mablag’ yetishmagan sharoitda – fan uchun qilingan fidoyiik edi. 1898 yildayoq er-xotin – ikki yangi radiaktiv elementni – poloniy va radiyni kashf qildilar. Mariya, bundan tashqari (nemis fizigi G.SHmidtdan mustaqil ravishda) toriyda radioaktivlik terminini taklif qildi. Per radiy tuzlari o’z-o’zidan issiqlik ajratishini aniqladi. Radiyning bu preparatini tadqiqotchilar 1902 yilda 0,1 g miqdorida hosil qilishdi. Buning uchun ularga 45 oy davomida qattiq mehnat qilishga va 10000 dan ortiq cho’ktirish va kristallash ximiyaviy operatsiyalarni o’tkazishga to’g’ri keldi.1903 yilda radioavtivlik sohasidagi kashfiyotlari uchun er-xotin Kyurilarga va A.Bekkerelga fizika bo’yicha Nobel mukofoti berildi. Sakkiz yil o’tgach, M.Sklodovskaya Kyuri ikkinchi mukofotni oldi; bu safar uni ximiya fani bo’yicha «radiy va poloniy elementlarini kashf qilganligi, radiy tabiatini aniqlagani va uni metall ko’rinishida ajratgani uchun» oldi. Shunday qilib, u oliy ilmiy mukofotga ikki marta sazovor bo’lgan birinchi olim bo’ldi.1906 yil 19 aprelda Mariya boshiga katta kulfat tushdi: be`mani tasodif oqibatida Per halok bo’ldi. Lekin taqdirning zarbi Mariyaning irodasini sindira olmadi. U raioaktivlik sohasida ilmiy tadqiqotlarini davom ettiradi, Parij universitetida ilgari P.Kyuri rahbarlik qilgan kafedraga boshchilik qiladi. 1914 yilda M.Sklodovskaya Kyuri Radiy institutining fizika-ximiya bo’limiga bosh bo’ladi (u bu institutni tashkil qilishda qatnashgan edi). Birinchi jahon urushi yillarida u birinchi marta keng ko’lamda nurlanishlardan meditsina maqsadlarida foydalanishni tashkil qildi, 1500 dan ortiq kishini rentgen ustanovkalarida ishlashga o’rgatdi. Ko’p akademiyalar va ko’p mamlakatlarning ilmiy jamiyatlari M.Sklodovskaya-Kyurini o’zining faxriy a`zosi qilib saylagan. 1926 yilda u SSSR Fanlari akademiyasining faxriy a`zosi qilib saylangan. M.Skladovskaya-Kyuri 1934 yilda nurlanish kasalligidan vafot qildi. Hozirgacha uning laboratoriya daftarlari yuqori radiyatsiya darajasini saqlagan.Sun`iy ravishda olingan 96 tartib nomerli transuar element er-xotin Kyurilar sharafiga kyuriy nomini olgan.
|
| |