|
Yakov Ilich Frenkel (1894—1952)
|
bet | 7/11 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 484,5 Kb. | | #250516 |
Bog'liq @fizik kitoblar FIZIK OLIMLARGalileo Galiley
Mashhur italyan fizigi va astronomi Galelio Galiley Piza shahrida tug’ildi. 11 yoshiga qadar maktabga qatnadi. So’ngra o’sha yer taomiliga ko’ra, uning tarbiyasi va ma’lumot olishi monastirda davom etdi, u yerda Galiley latin va yunon yozuvchilari asarlari bilan tanishdi. 1581 yilda Galiley meditsinani o’rganish uchun Piza universitetiga kirdi. Bu yerda u birinchi marta Aristotel, yevklid, Arximed asarlarinn o’qib chiqdi. Matematika va mexanikaga ishtiyoqi bo’lgan Galiley universitetni tashlab, to’rt yil Florensiyada matematikani o’rgandi. O’sha davrda uning gidrostatikaga bog’liq bo’lgan birinchi ilmiy asarlarini (u metall qotishmalarning tarkibini aniqlaydigan tarozi ixtiro qildi) va jismlarning harakatlanishida og’irlik markazining rolini aniqlashga doir asarlarini yozdi.
1589 yildan boshlab Galiley dastlab Pizada, so’ngra ilmiy tadqiqotlarini davom etgirgan holda Paduyada matematikadan dars berdi. Galileyning Paduyadagi hayot davri (1592-1610) ilmiy faoliyatining eng gullagan davri hisoblanadi. U inersiya qonunini ochdi. Bu qonunga ko’ra, agar jismga hech qanday kuch ta’sir qilmasa, jism qancha uzoq muddat bo’lmasin o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli va tekis harakatini saqlaydi. Galiley jismlarning erkin tushish qonunlarini qiya tekislikdagi harakatini, gorizontga ma’lum burchak ostida otilgan jismning harakat qonunlarini o’rgandi. U mayatnikning tebranish qonunini aniqladi. Tebranishlar davri amplitudaga bog’liq emas ekan. Mayatniklarning bu xossasi izoxronlik deyiladi.
1609 yilda Galiley o’zining 3 marta kattalashtirib ko’rsatadigan teleskopini, oz vaqt o’tgach, 32 marta kattalashtirib ko’rsatadigan teleskopini yasadi va uning yordamida Oydagi tog’larni, Venera fazalarini, Yupiter yo’ldoshlarini, Quyosh sirtidagi dog’larni va uning xususiy aylanishini kashf qildi, ko’plab yangi yulduzlarni topdi. Cherkov kishilari uning barcha ko’rganlarini optik aldov, uning kuzatishlarini yanglish, deb da’vo qildilar. Biroq Galiley olamning geliotsentrik sistemasi haqidagi N. Kopernik ta’limotining tarafdori bo’lishda davom etdi.
1616 yilda katolik cherkovi rasmiy ravishda Kopernik ta’limotini bid’at deb e’lon qildi va u to’g’rida fikrlashni, eslashni taqiqladi. Bir necha yil davomida Galiley Kopernik ta’limoti haqida gapirmasdan yurishga yoki u to’g’rida imo-ishora bilan gapirishga majbur bo’ldi. 1632 yilda u o’zining «Olamning ikki eng asosiy sistemasi haqida dialog» degan ajoyib kitobini nashr qildi. Bu kitobda u materialistik g’oyalarni uch suhbatdosh orasidagi munozara tarzida bayon qildi. Cherkov bu kitobni taqiqladi, uning muallifini esa sudga berdi va azoblar, qiynoqlar xavfi ostida omma oldida o’z qarashlaridan voz kechishga majbur qildi. 9 yil davomida Galiley inkvizitsiya tomonidan bandi qilib turildi.
1637 yilda u ko’r bo’lib qoldi, biroq umrining oxirigacha ilmiy ishlarini davom ettirdi.
Galileyning ilmiy faoliyati mexanika, optika, astronomiyaning kelgusi taraqqiyotiga katta tasir ko’rsatdi
|
| |