|
Yakov Ilich Frenkel (1894—1952)
|
bet | 6/11 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 484,5 Kb. | | #250516 |
Bog'liq @fizik kitoblar FIZIK OLIMLARLyudvik Bolsman
(1844-1906)
Avstriya fizigi klassik statistik fizika va fizik kinetika asoschilaridan biri. Vena Fanlar akademiyasi va dunyodagi ko’p akademiyalar a’zosi.
Venada tug’ilgan. 1866 yilda Vena universitetini tugatgan. Vena, Leyptsig, Myunxen universitetlari va Gratsdagi universitet professori bo’lgan.
olsmanning ilmiy qiziqishlari fizikaning deyarli barcha sohalarini qamragandi. U mexanika, gidrodinamika, elastiklik nazariyasi, elektromagnit maydon nazariyasi, optika, termodinamikaga oid ishlar muallifi. Lekin uning gazlarning kinetik nazariyasiga doir tadqiqotlari ayniqsa ma’lum. Bolsman statistik metodlarni qo’llab, tashqi kuchlar, masalan, og’irlik kuchlari ta’sirida gaz molekulalari tezliklarining tarqalish qonunini topdi. Gazlar uchun asosiy kinetnk tenglamani chiqarib, fizik kinetikaga asos soldi. Bolsman termodinamikaning ikkinchi qonuniga statistik izoh berdi. Asosiy fizik doimiylardan biri, ya’ni universal gaz doimiysi ning Avogadro soniga (q.Avogadro qonuni va soni) nisbatidan iborat bo’lgan doimiy: Bolsman doimiysi deb ataladi.
J. Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasiga doir xulosalarini tekshirishga oid dastlabki eksperimental ishlar L. Bolsmanga tegishli Vena universiteti professori Y. Stefan eksperimentlarida olingan qizdirilgai jismlarning nurlanish qonunining ilmiy asosi (Stefan - Bolsman qonuni) ham muhim rol o’ynagan. Bu qonunga asos qilib olingan g’oyalardan keyinchalik M. Plank kvant maydon nazariyasini yaratishda foydalangan.
L. Bolsman molekulyar nazariyaning qat’iy tarafdori bo’lgan va uni fandagi ideal oqimlarga qarshi kurashda himoya qilgan.
Isaak Nyuton
(1643-1727)
Buyuk ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanika asoschisi Isaak Nyuton Grantem shahri yaqinidagi Vulstorp qishlog’ida uncha boy bo’lmagan fermer oilasida tug’ildi. 12 yoshida Grantem maktabida o’qiy boshladi. 1661 yilda Nyuton Kembridj universitetining kollejlaridan biriga kirib, uni tugallaganidan so’ng bakalavr ilmiy darajasini oldi.
Nyutonning vabo epidemiyasidan yashirinib, o’zi tug’ilgan Vulstorpda o’tkazgan 1665-1667 yillari uning hayotida muhim o’rin egalladi. Bu yerda, asosan, olimni buyuk kashfiyotlarga olib kelgan g’oyalar shakllandi. Shular jumlasiga fizikaning matematik asoslari -differensial va integral hisobni yaratishga, butun olam tortishish qonunining ochilishiga, ko’zgu teleskopining ixtiro qilinishiga olib kelgan ishlar kiradi: shu yerda u yorug’likni ajratishga oid tajribalarni bajardi(q. Dispersiya).
1668 yilda Nyutonga magistr unvoni berildi va shundan so’ng u Kembridj universitetida fizika-matematika kafedrasiga boshchilik qila boshladi. 1672 yilda u London Qirollik jamiyatining a’zosi qilib saylandi, 1703 yilda esa uning prezidenti bo’ldi.
O’zi kashf qilgan butun olam tortishish qonunini Nyuton muvaffaqiyatli ravishda osmon jismlarining harakatini tushuntirishga tatbiq qildi. Bu qonunga ko’ra, barcha moddiy jismlar bir-biriga tortilib, bunda tortishish kuchi kattaligi jismlarning fizik va ximiyaviy xossalariga, ularning harakat holatiga, jismlar turgan muhitga bog’liq emas. Yerga tortilish har qanday moddiy jismni yerga tortilishi tufayli vujudga keluvchi og’irlik kuchining mavjudligidan namoyon bo’ladi. (q.Tortishish).
Nyuton ishlab chiqqan mexanika va fizikaning asosiy vazifalari zamonaning ilmiy muammolari bilan uzviy bog’langan edi. Masalan, optika asboblarining kamchiliklarinin bartaraf qilishga qaratilgan edi. “Yorug’lik va ranglarning yangi nazariyasi” (1962) nomli optikaga bag’ishlangan birinchi ishida Nyuton o’zining yorug’likning korpuskulyar gipotezasiga oid qarashlarini bayon qildi. Bu ish qizg’in bahsga sababchi bo’ldi. Nyutonning yorug’lik tabiati haqidagi korpuskulyar va va to’lqin tasavvurlarini o’z ichiga oluvchi gipotezani olg’a suradi. O’zining ko’p yillik optik tadqiqotlarini u 1704 yilda “Optika” kitobida e’lon qilib, unda o’sha zamon faniga ma’lum bo’lgan turli optik hodisalarining mukammal manzarasini chizib berdi.
Nyuton ilmiy izlanishlarining cho’qqisi uning «Tabiiy falsafaning matematik asoslari» (qisqacha – “Asoslari”) asaridir (1687). Unda olim butun klassik fizikaning asosini tashkil etgan yer va osmon mexanikasining yagona sistemasini yaratdi. Bu ilmiy asarida Nyuton fizikaning asosiy tushunchalari-massaga, zichlikka ekvivalent materiya miqdorining; impulsga ekvivalent harakat miqdorining; kuchning turli xillari va boshqalarning ta’riflarini berdi.
Nyuton qarashlarining ilmiy universalligi fizikaning kelgusi taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rasatdi.
G eorg Simon Om
(1787 – 1854)
Nemis fizigi. Germaniyada ancha kambag’al oilada tug’ildi. Shu sababli, 1805 yilda Erlangen universitetida o’qiy boshlab, oxiriga yetkazolmadi. Gotshtadt (Shveysariya) da o’qituvchilik qildi. 1811 yilda Erlangenda doktorlik dissertatsiyasi tayyorladi va yoqladi. Om 20 yil davomida Bamberg, Keln, Berlin gimnaziyalarida o’qituvchilik qildi. O’qituvchilikdan bo’sh paytlaridagina u ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullandi. 1833 yilda u Nyurnbergdagi Politexnika maktabiga direktor qilib tayinlandi, 1849 yilda esa Myunxen universiteti professori bo’ldi.
1826 yilda Om o’zining elektr zanjirining asosiy qonunini ochdi. O m q o n u n i o’tkazgichdagi o’zgarmas elektr tok kuchi I uning ikki kecimi oracidagi U potentsiallar farqiga (kuchlanishga) to’g’ri proportsionaldir: . Proportsionallik koeffitsiyenti R ga o’tkazgichning q a r sh i l i g i deyiladi. Bu qonunni E. X. Lens, B. S. Yakobi, K. Gauss, G. Kirxgof va boshqalar o’z tadqiqotlariga asos qilib olganlaridan keyingina u fanda tan olindi. 1881 yilda elektriklarning xalqaro kongressida elektr qarshilikning birligi Om nomi bilan ataldi (Om).
Om o’z umrining oxirgi yillarini akustika sohasidagi tadqiqotlarga bag’ishladi. 1843 yilda u quloqning murakkab tovushlarni garmonik tebranishlarga ajratishini, eng sodda eshitish taassurotlari esa garmonik tebranishlardan vujudga kelishini ko’rsatdi. Omning akustika qonuni keyinchalik nemis olimi G. Gelmgols tomonidan eshitishning rezonans nazariyasiga asos qilib olindi.
Om, shuningdek, optika va kristallooptika sohasida ham tadqiqotlar olib bordi. 1842 yilda u London qirollik jamiyati a’zoligiga saylandi.
|
| |