Yakov Ilich Frenkel (1894—1952)




Download 484,5 Kb.
bet10/11
Sana22.05.2024
Hajmi484,5 Kb.
#250516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
@fizik kitoblar FIZIK OLIMLAR

Alessandro Volta


(1745 – 1827)
Elektr kuchlanish birligiga nomi qo’yilgan taniqli italyan fizigi. Milan yaqinidagi Komoshaharchasida tug’ilgan. Bolg’usi olimda tabiatdagi elektr hodisalarni o’rganishga qiziqish ancha erta uyg’ondi. 1769 yilda u leyden bankasi haqida, so’ngra elektr mashina haqida yana bitta maqola elon qildi. 1774 yilda o’zi tug’ilgan shaharcha gimnaziyasida fizikadan dars bera boshladi, 1779 yildan Paviya universiteti profeseori bo’ldi.
Uning kashfiyotlari ichida – elektrofor, elektrometr, kondensatorli elektroskop va boshqa asboblar bor edi. 1800 yilda u birichii elektr tok manbai – Volt ustunini ixtiro qildi; u mis va rux plastinkalardan iborat bo’lib, ularning oralariga ishqor eritmasi singdirilgan material doirachalari joylashtirilgan edi. Bu ixtiro olimga jahon miqyosida shuhrat keltirdi.
Volta «jonli elektrni» o’rganish bo’yicha ham bir qator ajoyib tajribalar o’tkazdi.
Hayvonot elektri haqida siz nima deb o’ylaysiz? – deb yozgan edi u 1794 yilda. – Men bo’lsam allaqachon, barcha ta’sirlar dastavval metallarning qandaydir nam tanaga yoki suvning o’ziga tegishidan sodir bo’ladi, deb hisoblayman.
Bunday tegishish natijasida elektr suyuqlik metallardan bu nam tanaga yoki suvga biridan ko’proq, boshqasidan kamroq (ruxdan ko’proq, kumushdan kamroq) haydaladi. Tegishli o’tkazgichlar orasida uzluksiz aloqa o’rnatilganda bu suyuqlik doimiy aylanib oqadi.
Yopiq elektr zanjirining birinchi tavsifi shunday edi. Bundan tashqari, o’zidan oldin o’tgan italyan olimi L. Galvanidan (1737 – 1798) farqli o’laroq, Volta hech qanday maxsus hayvonot elektri yo’qligini tushundi. Bu o’sha oddiy elektr zanjiridagi elektrning o’zidir. Agar bu zanjirni uzsak hamda uzilish joyiga ulovchi qism sifatida baqaning tirik nervini kiritsak, u holda bunday nervlar bilan boshqariluvchi muskullar, o’tkazgichlar zanjiri yopilishi va elektr toki vujudga kelishi bilanoq qisqara boshlaydi. Uning bu sohadagi tadqiqotlari fiziologiyaning rivojlanishi uchun katta ahamiyat kashf etdi.
Volta turli jinsli metallar kontakt qilinganda ularning o’zaro elektrlanishini (kontakt potentsiallar farqi) ochdi va ularni turli jinsli metallar orasida vujudga keluvchi kuchlanish kattaligi bo’yicha kuchlanish qatori deyiluvchi qatorga joyladi
A leksandr Grigorevich Stoletov
(1839-1896)
Rus fizigi Aleksandr Grigorevich Stoletov Vladimir shahrida, savdogar oilasida tug’ilgan. Moskva universitetini tamomlagach (1860), shu yerda o’qituvchilik faoliyatiga tayyorlash uchun qoldirildi.
1862 yilda Stoletov uch yilga Germaniyaga jo’nadi, u yerda G. Kirxgof, G. Magnus, V. Veber kabi yirik olimlarning qo'l ostida tajriba orttirish uchun ishladi.
1866 yildan A. G. Stoletov Moskva universitetining o’qituvchisi, so’ngra professori bo’ldi. Olim o’z ilmiy tadqiqotlarini elektr va magnetizm hodisalariga bag’ishladi. Yumshoq temirning magnitlanishi funktsiyasi to’g’risidagi tadqiqotlar» (1872) ishida u magnit qabulchanligining magnit maydon kuchlanganligiga bog’lanishini ifodalovchi egri chiziq maksimumga ega bo’lishini isbot qildi. Elektromagnit va elektrostatik birliklar nisbatlarini o’lchab, u yorug’lik tezligiga yaqin qiymatni olishga muvaffaq bo’ldi. Nemis fizigi G. Gerts tajribalarigacha qilingan bu tadqiqotlar yorug’likning elektromagnit nazariyasining yortilishiga imkon berdi.
Tashqi fotoeffekt ustida olib borgan tadqiqotlari Stoletovni jahonga tanitdi. Olim tajribalarning o’ziga xos sxemasini yaratib, fotoeffektining birinchi qonunini ochdi: fototok kuchi tushayotgan yorug’likning intensivligiga to’g’ri proportsional.
U fotoeffekt hodisasini fotometriyaga tatbiq qilish mumkinligini ko’rsatib berdi, birinchi fotoelementining sodda konstruktsiyasini yaratdi. Fototokning tushayotgan yorug’lik chastotasiga bog’liqligini topdi.
Fototokning gaz bosimiga bog’liqligini o’rganib, Stoletov (tokining maksimal qiymatida) elektr maydon kuchlanganligining gaz bosimiga nisbati doimiy kattalik ekanligini aniqladi. Bu bilan u mustaqil bo’lmagan gaz razryadi nazariyasiga katta hissa qo’shdi.
A. G. Stoletov o’z kuchi va ilmiy faoliyatini ilmiy-tashkiliy va pedagogik ishlarga bag’ishladi. U Moskva universitetining fizika instituti va fizika laboratoriyasini tashkil etish tashabbuskori bo’lgan. Stoletov va uning shogirdlari Rossiyada fizika o’qitishni va tadqiqot ishlarini yangi, yuqori darajaga ko’tarishdi

Download 484,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 484,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yakov Ilich Frenkel (1894—1952)

Download 484,5 Kb.