D mitriy Ivanovich Mendeleyev




Download 484,5 Kb.
bet8/11
Sana22.05.2024
Hajmi484,5 Kb.
#250516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
@fizik kitoblar FIZIK OLIMLAR

D mitriy Ivanovich Mendeleyev


(1834-1907)
Dmitriy Ivanovich Mendeleyev 1834 yilda Tobolskda mahalliy gimnaziya direktori oilasida tug’ildi. Mendeleyevlar uyi shaharning haqiqiy ma’naviy markazi edi – bu yerda Tobolskning ilg’or ziyolilari va surgunda yashayotgan dekabristlar yig’ilishar edi. Progressiv e’tiqodli kishilar bilan muloqotda bo’lish bo’lajak olimning dunyoqarashi shakllanishiga kuchli ta’sir qildi.
Etuklik attestati olgach, Mendeleyev Peterburgdagi Bosh pedagogika institutining fizika-matematika fakultetiga o’qishga kirdi va studentlik yillaridayoq mustaqil ilmiy tadqiqotlar qila boshladi. Institutni u 1855 yilda oltin medal bilan tugalladi. Keyingi o’ttiz yildan ortiqroq davrda Mendeleyev o’z ilmiy faoliyatini ximiya o’qitish bilan birga olib bordi, 1865 yilda u Peterburg universiteti professori bo’ldi.
Mendeleyevning ximiya oldidagi xizmatlari juda katta, u kashf qilgan davriy qonun va ximiyaviy elementlar davriy sistemasi ximiya faniga asos bo’ldi. Lekin Mendeleyevni faqat ximik deb hisoblash mutlaqo xato bo’lar edi. Rus olimi akademik S. I. Vavilov bunday degan edi: qiziqishlarining xilma-xilligi, fan, texnika va madaniyatning turli sohalaridagi ishlarining unumdorligi jihatidan Mendeleyev nomini Leonardo da Vinchi, M. V. Lomonosov kabi daholar qatoriga qo’yish mumkin. Mendeleyev qaysi sohada shug’ullanmasin, barchasida ham, albatta, oliy darajada professional ravishda shug’ullangan. Bular jumlasida shisha pishirish usullari ham, kon ishlari ham, agronomiya ham, pedagogika ham, san’atshunoslik ham... bor.
Mendeleyevning fizikaga qo’shgan hissasi ham juda salmoqli. 1860 yilda olim kritik temperatura, ya’ni suyuqlikni (bosim qanday bo’lishidan qat’i nazar) gazdan farq qilib bo’lmaydigan temperatura mavjudligini birinchi marta aniqladi. Bu kashfiyotning ahamiyati o’sha vaqtda birdaniga tushunilmadi. Bizning davrga kelib kritik hodisalarni o’rganish fizikaning eng dolzarb yo’nalishlaridan biriga aylandi.
L. I.Mendeleyev molekulyar fizika uchun asosiy bo’lgan ideal gaz holati tenglamasini yaratuvchilaridan biridir (q. Gazlar), haqiqiy gazlar va suyuqliklarning fizik xossalarini o’rganishga bag’ishlangan ko’p sonli ishlar ham unga taalluqli.
1890 yilda yuz bergan studentlar g’alayoni haqida Mendeleyev bilan maorif ministri orasida qattiq ziddiyat vujudga keladi va u Peterburg universitetini tashlab ketadi.
1892 yilda Mendeleyev o’lchovlar va tarozilar bosh palatasiga rahbar bo’ladi. Bu lavozimda ishlaganda u fizik m ye t r o l o g i ya sohasida juda ko’p muhim ishlarni bajardi: tarozilarning aniq nazariyasini yaratdi, og’irlikni pretsizion (aniq) tortish usullarini ishlab chiqardi, materiallar qattiqligini aniqlashning yangi metodikasini rivojlantirdi, mamlakatda o’lchovlarning metrik sistemasini joriy qilish choralarini tayyorladi.
Butun dunyo ximiklari Mendeleyevni o’z fanining buyuk klassigi sifatida uning nomini abadiylashtirishga o’zlarining muhim hissasini qo’shdilar: 1955 yilda amerikalik olimlar sintez qilgan davriy sistemaning 101-elementi mendeleviy deb ataladi

Download 484,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 484,5 Kb.