Yakov Ilich Frenkel (1894—1952)




Download 484,5 Kb.
bet3/11
Sana22.05.2024
Hajmi484,5 Kb.
#250516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
@fizik kitoblar FIZIK OLIMLAR

N ils Xenrik David Bor


(1885—1962)
Daniya fizigi Nils Bor Kopengagenda fiziolog-olim oilasida tug’ildi. Kopengagen universitetini tugatib, doktorlik dissertatsiyasini yoqlagandan so’ng, 1911 yilda Angliyaga stajirovkaga ketdi. Metallarning elektron nazariyasiga bag’ishlangan dissertatsiya ishidayoq u elektron va atom jarayonlarini, elektromagnit nurlanish xodisalarini tushuntirish uchun klassik fizika tasavvurlari yetarli emasligi haqidagi fikrga kelgan edi. Bu fikr N. Bor 1912 yilda taniqli ingliz fizigi E. Rezerford rahbarligida ishlay boshlagandan so’ng qat’iy ishonchga aylandi. Bundan sal oldin E. Rezerford tajriba bilan atom mikroskopik Quyosh sistemasiga o’xshashini ko’rsatib bergan, unda «Quyosh»—musbat zaryadlangan og’ir yadro atrofida «planetalar»—elektronlar aylanishini isbotlagan edi. Rezerfordning atom modeli klassik fizika qonunlariga qarshi edi, olimlardan ko’pchiligi bunga jiddiy e’tibor bermadi. Ammo Bor bu modeldan foydalanib yangi fizikani—atom kvant fizikasini yaratish mumkinligini tushundi. Bu vazifani u 1913 yilda nashr etgan uchta fundamental ishda hal qilgan edi. Bor o’zining atom tuzilishi va uning elektromagnit nurlanishni chiqarishi va yutishi shartlarini ifodalovchi mashhur kvant postulatlarini kiritib, atom va molekulalarning spektral chiziqlari joylashishining qat’iy qonuniyatlarini ajoyib tarzda tushuntirib berdi. Bor nazariyasi fizikada va umuman insonning atrof dunyo haqidagi tasavvurlarida haqiqiy revolyutsiya edi: bu nazariya shuni ko’rsatdiki, atomlar makroskopik jismlarning xatti-harakatini boshqaruvchi qonunlarga mutlaqo o’xshamaydigan qonunlar bo’yicha «yashaydilar». Vaqt o’tishi bilan Rezerford modeli juda ham murakkab «tuzilgan» real atomning taxminiy sxemasi ekani ravshan bo’lib qoldi. Biroq Bor tomonidan uning ajoyib intuitsiyasi tufayligina topilgan kvant postulatlari shubha tug’dirmadi va u hozirgi zamon nazariy fizikasiga asos bo’ldi.
Borning atom va atom yadrosi tuzilishi, zarralarning modda bilan o’zaro ta’siriga oid keyingi ishlari ham muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Biroq Borning kvant mexanikaning yangi fundamental printsiplarini kashf etishdagi va tushunishdagi hamda ularni fan boyligiga va uning ish quroliga aylantirishdagi xizmatlari ham unchalik kam emas, albatta. Qariyb yarim asr davomida Bor kvant nazariyaning taniqli yo’lboshchisi edi, 1920 yilda Kopengagenda u asos solgan Nazariy fizika instituti esa 20—30-yillarda bu yangi va jadal rivojlanayotgan fanning xalqaro markazi bo’lib hisoblangani bejiz emas. Kvant mexanikani yaratgan mashhur olimlar avlodining ko’pchiligi, shu jumladan fizik olim, akademik L. D. Landau ham o’zlarini N. Borning shogirdlari deb faxrlanar edilar. 1922 yilda N. Bor Nobel mukofoti laureati bo’ldi. Borning nomi butun jahonga mashhur bo’ldi, u dunyodagi juda ko’p ilmiy tashkilotlarning a’zosi qilib saylandi. Ikkinchi jahon urushi yillarida, Daniya gitlerchilar tomonidan okkupatsiya qilingan davrda, N. Borni qamoqqa olishga tayyorgarlik ko’rilayotgani ma’lum bo’ldi. Qarshilik ko’rsatish tashkiloti uning Shvetsiyaga, keyin esa AQSh ga o’tib ketishiga yordam berdi.
Urushdan so’ng N. Bor tinchlik uchun, atom qurolini ta’qiqlash uchun kurashga aktiv qo’shildi. U o’zining ilmiy asarlari egallashga yo’l ochib bergan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish masalalarida olimlarning xalqaro hamkorligini yaxshilashda ham juda katta rol o’ynadi.



Download 484,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 484,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yakov Ilich Frenkel (1894—1952)

Download 484,5 Kb.