|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
|
bet | 1/4 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 184,27 Kb. | | #228275 |
Bog'liq zarrachalar (Автосохраненный)Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
“KIMYO VA UNI O‘QITISH METODIKASI” KAFEDRASI
MUSTAQIL ISH
Ta’lim yo‘nalishi : Kimyo
Guruh: 402
Talabaning F.I.Sh: Tosheva Kamola
Mavzu: Zarrachalar dualizmi
Fan nomi: Modda tuzilishi
Toshkent 2024
Mavzu: Zarrachalar dualizmi
Reja:
Zarra haqida tushuncha
Korpuskulyar-to‘lqin dualizmi
De Broyl to‘lqinlari
Elementar zarrachalar
Zarra — oz sonli elementar zarralardan tashkil topgan modda ulushlari. Masalan tutun zarralari, chang zarralari, havodagi suv zarrlari, molekulalar, atomlar, yadrolar, nuklonlar va boshqa oʻlchamlariga qarab zarralar makrozarralar yoki mikrozarralarga boʻlinadi; makrozarralar mikrozarralardan tashkil topadi. Mikrozarralar (atom yadrosi, elektronlar, nuklonlar, mezonlar, giperonlar, va h. k.) spinlari qoʻshilgan holda maʼlum yoʻnalishda harakatlanishi zarralarning qutblanishi deyiladi. Ichki tuzilishiga qarab murakkab yoki oddiy zarralar boʻladi; murakkab zarralar oddiy zarralardan iborat. Zarralar qandayligidan qatʼi nazar, energiya, impuls, massa va boshqa xususiyatlarga ega. Dastlab zarra va uning xususiyatlari oʻzgarmas, har qanday zarra yanada maydaroq zarralardan iborat, deb hisoblanardi. Tekshirishlardan maʼlum boʻldiki, zarralardan baʼzilari butunlay oʻzgarishi, oʻz tarkibida boʻlmagan yangi zarra lar paydo qilishi, hatto oʻziga moye antizarralar bilan toʻqnashganda tamomila yoʻqolib, elektromagnit maydon hosil qilishi mumkin ekan. Zarra tushunchasi maydonlar nazariyasi va toʻlqinlar nazariyasida ham koʻp ishlatiladi. Tinch turgan modda zarralari massaga ega, elektromagnit maydon zarralari — fotonlar esa tinch turganda massaga ega boʻlmaydi.
|
| |