|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
|
bet | 2/4 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 184,27 Kb. | | #228275 |
Bog'liq zarrachalar (Автосохраненный)Korpuskulyar-to‘lqin dualizmi. 1905-yilda Eynshteyn fotoelektr effektini tushuntirib berar ekan, yorug‘lik metalldan elektronlarni urib chiqarib yuboradigan zarrachalardan tashkil topgan degan taxminni ilgari surdi. U ushbu yorug‘lik zarrachalari, avvalroq Plank bayon qilgan energiya kvantlari bilan bog‘liq ekanini ham fahmlagan. Lekin, yorug‘likning zarracha tabiati haqidagi g‘oyaning o‘zi, yorug‘lik xossalari bilan bog‘liq boshqa kuzatishlar natijalariga mos kelmas edi. Xususan, oq yorug‘likni turli rangdagi nurlar dastasiga taqsimlab yuboradigan interferensiya hodisasi; hamda, ikkita tirqish orqali o‘tgan yorug‘lik ba’zi o‘rinlarda bir-birini so‘ndirib yuborishiga sabab bo‘ladigan Difraksiya hodisasi bo‘yicha tajribalar, yorug‘likning zarra tabiatini inkor etib, uni to‘lqin tabiatiga ega ekanini birlamchi masala qilib qo‘yardi. Bu paradoks hatto Eynshteynni ham bezovta qilar edi. 1923-yilda Lui de Broyl tomonidan, agar yorug‘lik bir vaqtning o‘zida ham zarra va ham to‘lqin tabiatini namoyon qilayotgan bo‘lsa, unda, boshqa zarralar, xususan, elektronlarda ham aynan shu narsa kuzatilishi kerakligi haqidagi g‘oyani ilgari surildi. Mazkur g‘oyani mahkam tutgan Ervin Shryodinger esa elektronlarni atomlardagi to‘lqin sifatida qarab, ular orqali nurlantiriladigan yorug‘likning to‘lqin uzunligini hisoblab chiqdi. 1927-yilda esa, Jorj Padjet Tomson hamda, Klinton Devissonlar, tor yo‘lak bo‘ylab yo‘naltirilgan elektronlar oqimi, yupqa metall folga yoki kristalldan o‘tish jarayonida konsentrik doiralar shaklidagi difraksion tasvir hosil qilishini amaliy tajribalar orqali aniqlashdi. Bu orqali esa, Devisson va Tomsonlar tomonidan, de Broyl g‘oyasi haq ekani isbotlangan.
De Broyl, zarracha o‘zini xuddi to‘lqindek va to‘lqin esa o‘zini zarrachadek tutsa kerak degan taxminni tekshirib ko‘rib, kvant nazariyasi tarafdorlarini ikkilantirib turgan paradoksni yechib berdi.
Tez orada tajribalar shuni ko‘rsatib berdiki, yorug‘lik yoki zarracha shaklidagi xossasini o‘lchash mumkin, yoki, uning to‘lqin shaklidagi xossasini o‘lchash mumkin ekan xolos. Bu ikkala xossalarni bir vaqtda o‘lchashning esa sira iloji yo‘q. Ushbu fakt asosida, Bor o‘zining o‘zaro to‘ldirish tamoyilini shakllantirdi. Ya’ni, unga ko‘ra, yorug‘likning energiyasi o‘lchanayotganda u o‘zini xuddi zarracha singari tutadi (masalan, fotoelektr effektida); Difraksiya tajribalarida esa u o‘zini xuddi to‘lqin singari tutadi. Geyzenbergning noaniqliklar tamoyilini ham o‘z ichiga oladigan o‘zaro to‘ldirish tamoyili asosida kvant mexanikasining Kopengagen sharhi shakllangan.
Jarayonga bog‘liq ravishda, kvant obyektlari o‘zini yoki to‘lqin, yoki zarra sifatida namoyon qiladi.
|
| |