|
Kurs ishi 2008-2009 yillar Elementar zarralar. Zarralar va antizarralar. Elementar zarralar
|
bet | 1/7 | Sana | 25.03.2017 | Hajmi | 122,5 Kb. | | #2237 |
Toshkent Aloqa kasb-hunar kolleji
Elementar zarralar va ualrning xossalari.Kollej (ing . college) - 1) Buyuk Britaniya, AQSH va ayrim boshqa mamlakatlarda oliy, oʻrta, yuqori oʻrta oʻquv yurti (ayrim hollarda universitet tarkibida). Dastlab 13-asr boshlarida Buyuk Brita-niyada vujudga kelgan; 2) Fransiya, Shveysariya, Belgiya, shuningdek, Afrika va Osiyoning ilgari fransuz mustamlaka imperiyasi tarkibiga kirgan bir qancha mamlakatlaridagi oʻrta va toʻliqsiz oʻrta oʻquv yurti. Fransiyada dastlabki K. oʻrta asrda universitetlarda paydo boʻldi; 3) Oʻzbekistonda oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurti. OʻzRning 1997 yil avg .da qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni hamda OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1998 yil fevral dagi qaroriga muvofiq, kasb-hunar kolleji sifatida tashkil etilgan.
BX – 33 guruh talabasi
Kurs ishi
2008-2009 yillar
Elementar zarralar. Zarralar va antizarralar.
Elementar zarralar. O’z ma’nosiga ko’ra, “elementa” so’zi “eng soda” ma’nosini anglatadi. Garchi bugungi kungacha ma’lum zarralarni elementar deb atash uncha to’g’ri bo’lmasa-da, dastlabki paytlarda kiritilgan bu iboradan hamon foydalaniladi. Umuman olganda, zarralar endigina kashf qilina boshlaganda materiyaning eng kichik bo’lakchasi sifatida qabul qilingan va chindan ham elementar deb hisoblangan. Lekin ularning ba’zilarining (jumladan, nuklonlarning) murakkab tuzilishiga ega ekanligi keyinroq ma’lum bo’lib qolgan. Hozirgi paytda 200 dan ortiq elementar zarralar mavjud. Ularning ko’pchiligi nostabil bo’lib, asta-sekin yengil zarralarga aylanadi.
Electron. Birinchi kashf qilingan elementar zarra electron hisoblanadi. Katod nurlarining xossalarini o’rganayotgan J.Tomson, bu manfiy zaryadlangan zarra elektronlar oqimidan iborat ekanligini aniqladi. Bu voqea 1897-yil 29-aprelda ro’y bergan edi va shu sana birinchi elementar zarra kashf qilingan kun hisoblanadi.
Foton. 1900-yilda M.Plank yorug’lik foton deb ataluvchi zarralar oqimidan iboratekanligini ko’rsatdi. Foton elektr zaryadiga ega emas, tinchlikdagi massasi nolga teng, ya’ni foton yorug’lik tezligiga teng tezlik bilan harakat holatigina mavjud bo’lishi mumkin.Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Proton. 1919-yilda E.Rezerford tajribalarida, azotning α-zarralar bilan bombardimon qilinishi natijasida, vodorod atomining yadrosi proton kashf qilingan. U zaryadining miqdori elektronning zaryadiga teng bo’lgan, musbat zaryadlangan zarradir. Massasi elekrtonning massasidan 1836 marta katta.
Priztron. 1928-yilda P.Dirak mvjudligini bashorat qilgan va K.Anderson tomonidan kosmik nurlar tarkibida kashf qilingan. Uning tinchlikdagi massasi elektronning tinchlikdagi massasi bilan teng bo’lsa-da, zaryadi protonning zaryadiga teng. Prozitron elektronga qarama-qarshi, ya’ni antizarra.
Neyrton. 1932-yilda D.J.Chedvik tomonidan kashf qilingan. Uning massasi protonning massasiga yaqin: mn=1838me, elektr zaryadi esa nolga teng.
Neytrino. 1931-1935-yilda β- nurlanish qonunlarini tushuntirib bergan V.Pauli tinchlikdagi massasi nolga teng bo’lgan yana bitta zarra – neytrino mavjudligini bashorat qildi. Bu zarra tajribada 1956-yilda K.Kouen tomonidan yadro reaktorida kashf qilingan.
Myuonlar. 1938-yilda K.Anderson va S.Nidermeyer kosmik nurlar tarkibida massasi taxminan 207 mega teng bo’lgan, yashahs davri 2,2·10-6 s ni tashkil qilgan zarralarni kashf qildilar. Bu zarralar μ- mezonlar yoki myuonlar (μ , μ-)deb nomlanadi.Mezon (arab. - tarozi) - 1) zodiak yulduzlar turkumi (Libra). Ung yorugʻ yulduzi 2,6 vizual yulduz kattaligida Ilon, Ilon eltuvchi, Aqrab, Sunbula yulduz turkumlari orasida joylashgan. Oʻzbekistonda qish oxiri, bahor va yoz boshlarida koʻrinadi;
π- mezonlar. 1947-yilda S.Pauell tinchlikdagi massasi 273mega teng bo’lgan zarralarni kashf qildi. Bu zarralar π- mezonlar yoki pionlar (π , π-) deb nomlandi. Ularni erkin holatdsgi yashash davri 2,55 ·10-8s ga teng. 1950-yilda massasi 723me teng bo’lgan elertneytral π0- mezon kashf qilindi.
K- mezonlar. 1950-yillardan boshlab kashf qilingan zarralarninng soni keskin ortib bordi. Bular qatoriga K- mezonlar ham kiradi. Ularning zaryadi musbat, manfiy, nol bo’lishi mumkin. Massalari esa 966-974m at6rofida.
Giperonlar. Keyingi zarralar guruhi giperonlar deyiladi. Ularning massalari 2180me dan 3278 me gacha oraliqda bo’ladi.
Rezonanslar. keyingi payrlarda yashash davrlari juda kichik bo’lgan rezonanslar deb ataluvchi zarralar kashf qilindi. Ularni bevosita qayd qilishning iloji bo’lmay, vujudga kelganini parchalashida hosil bo’lgan mahsulotlaga qarab aniqlanadi.
Umuman olinganda, dastlabki paytlarda bor-yo’g’i bir nechagina va materiyaning eng jajji gishtchalari deb hisoblangan elementar zarralar keyinchalik, shu qadar xilma-xil va shu qadar murakkab bo’lib chiqdi.
Antizarralar. Birinchi antizarralar – elektronning antizarrasi – positron kashf qilingandan so’ng, boshqa zarralarning ham antizarrasi yo’qmikan, degan savolli tug’diradi. Antizarralar 1955-yilda mis nishonni protonlar bilan bombardimon qilish natijasida hosil qilinadi. 1956-yilda esa antineytron kashf qilindi. Hozirgi paytda har bir zarraning o’z antizarrasi, ya’ni massasi va spini teng, zaryadi esa qarama-qarshi bo’lgan zarra mavjudligi aniqlangan.
Elektron va protonlarning antizarralari zaryadining ishorasi bilan farq qilsa, neytron va antineytron xususiy magnit momentlarining ishorasi bilan farq qiladi. Zaryadsiz zarralar foton, π0- mezonlarning o’zlari va antizarralarining fizik xossalari bir xil.
Antizarralar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lgandan keyin o’quvchida zarra va antizarra uchrashib qolsa nima bo’ladi, degan savol tug’ilishi tabiiy. Ushbu savolga javobni keyingi satrlarda topasiz.
Modda va maydonning bir-biriga aylanishi. Elektronning o’z antizarrasi – positron bilan uchrashuvi ularning elektromagnit nurlanish kvantiga aylanishiga va energiya ajralishiga olib keladi. Bu hodisa annigilyatsiya deyiladi:
e- e → 2γ.
Nafaqat electron va pozitron, balki barcha zarralar ham o’z antizarralari bilan uchrashganda annigilyatsiyaga kirishadi. Boshqacha aytganda, ular elektromagnit maydon kvantlariga (fotonlarga) aylanadi. Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
Ushbu holda annigilyatsiya so’zi uncha qulay tanlanmagan. Chunki u lotincha “yo’qolish”degan ma’noni anglatadi. Lotin tili - hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin kabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qad. Aslida esa zarra va antizarra uchrashganda hech qanday yo’qolish ro’y bermaydi. Barcha saqlanish qonunlari to’la bajariladi. Materiya modda ko’rinishidan elektromagnit maydon kvantlari ko’rinishiga o’tadi, xolos.
Agar modaning elekrtomagnit maydon kvantlariga aylanish jarayoni ro’y bersa, unda teskarisi, maydon kvantlarining moddaga aylanish jarayoni ham ro’y bermaydimi, degan savol tug’iladi. Albatta ro’y beradi. Umuman olganda, biz bu jarayon bilan tanishmiz. Energiyasi electron va prozitronning tinchlikdagi energiyalari yig’indisidan katta bo’lgan γ- kvant Eγ> 2m0c2 = 1,02 MeV yadroning yonidan o’tadigan electron-pozitron juftligiga aylanishi mumkin:
γ → e- e
Elektron-pozitron juftligining paydo bo’lishi va ularning annigilyatsiyasi materiyaning ikki shakli (maydon va modda) o’zaro bir-biriga aylanishlarini ko’rsatadi.
Antimodda. Agar zarralarning antizarralari mavjud bo’lsa, unda antiyadro, aniqrog’I antizarralardan tashkil topgan antimodda yo’qmikan? Antiyadrolarning mavjudligi qayd qilingan. Birinchi antiyadro – antideytron (p va n larning bog’langan holati) 1965- yilda amerikalik fiziklar tomonidan topilgan. Keyinchalik esa serpuxovadagi tezlatgichda antigeliy (1970) va antitritiy (1973) yadrolari hosil qilinadi.
Zarralar bilan to’qnashganda annigilyatsiyaga uchrashi antizarralarning uzoq vaqt zarralar orasida bo’lishiga imkon bermaydi. Shuni alohida takidlash kerakki, annigilyatsiya jarayonida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Solishtirish uchun aytish mumkinki, ajralib chiqadigan energiyadan millionlab marta kattadir. Shunday qilib, annigilyatsiyada o’zaro ta’sirlashadigan zarralarning barcha energiyasi boshqa turdagi energiyaga aylanadi, ya’ni annigilyatsiya mavjud energiya manbalari orasida eng katta energiya ajraladigan jarayondir. Agar olamning bizga yaqin biror joyida antimodda mavjud bo’lganda edi, kuchli miqdorda energiya ajralishi kerak edi. Lekin astofiziklar hanuzgacha bunday holni etmaganlar. Shuning uchun ham antimoddani o’rganish hozircha, faqat modda tuzilishini o’rganish yo’nalishidagi fundamental izlanishlardan iborat bo’lib qolmoqda.
Elementar zarralarning asosiy xossalari va ularni klassifikatsiyalash. Kvarklar
Elementar zarralar ta’sirlashuvining turlari. Zamonaviy tasavurlarga ko’ra, tabiatda to’rt xil fundamental ta’sirlashuv mavjud. Bular kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion ta’sirlahuvlardir. Bu ta’sirlashuvlarning har birini amalgam oshiruvchi zarralar va har biriga mos keluvchi o’z maydonlari mavjud.
Kuchli yoki yadroviy ta’sirlashuv. Bu ta’srlashuv atom yadrosidagi nuklonlarning (proton va neytron) aloqasini ta’minlaydi va yadroni bir butun mahsulot sifatida saqlab turadi.Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t. Aynan uning sharofati bilan moddalarning barqarorligi ta’minlanadi. Kuchli ta’sirlashuv atom yadrosining radiusiga teng 10-15 m masofada namoyon bo’la boshlaydi. U nuklonlar o’rtasida π- mezonlar almashuvi bilan amalgam oshiriladi.
Elektromagnit ta’sirlashuv. Bunday ta’sirlashuv barcha elektr razryadga ega zarralar orasida mavjud. U kuchli ta’sirdan 137 marta kuchsiz. Ta’sir radiusi cheklanmagan. Elektromagnit maydon energiyasini tashuvchi zarra foton vositasida amalgam oshiriladi. Atomning mavjudligini ta’minlaydi. Eng to’la o’rganilgan ta’sirlashuv hisoblanadi.
Kuchsiz ta’sirlashuv. Asosan elementar zarralarning parchalanishida namoyon bo’ladi. Β- yemirilish, μ- yemirilish kuchsiz ta’sirlashuvga yaxshi misol bo’ladi. U kuchli ta’sirdan 1014 marta kuchsiz bo’lib, oraliq bozonlari (z, w) vositasida amalgam oshiriladi.
Gravitasion ta’sirlashuv. Bu barcha elementar zarralarga xos bo’lgan xususiyat, ya’ni ular bir-birlarini tortishadi. U kuchli ta’sirdan 1039 marta kuchsiz. Shuning ham mikrodunyo jarayonlaridagi ta’siri e’tiborga olinmaydi. Gravitatsion maydon orqali, graviton deb ataluvchi ekzotik zarralar vositasida amalga oshiriladi.
“Buyuk birlashuv” nazariyasi. Yuqorida ta’kidlanganidek, har bir ta’sirlashuvning o’z qonunlari mavjud. Ammo olimlarning fikricha, bu ta’sirlashuvlarning barchasi yagona qonunga bo’ysunishi va soda qilib tushuntirilishi zarur. Boshqacha aytganda, har to’rtala ta’sirlashuvning ham shunday birlashuvi ro’y berishi kerakki, bir yuqorida ko’rgan ta’sirlashuvlar, bu yangi ta’sirlashuvning ma’lum sharoitlarda namoyon bo’ladigan xususiy holiga aylanmog’i lozim. Demak, yangi topilgan nazariya mavjud nazariyalarning umumlashmasi bo’lishi nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, yangi nazariya mavjud nazariyalarning hozirgacha noma’lum bo’lib kelgan ba’zi qirralarini aniqlashga imkon beradi, deb umid qilinmoqda. Ammo bu yo’ldagi ko’plab urinishlar hanuzgacha kutilgan natijani bermadi. Hozirgacha elektromagnit va kuchsiz ta’sirlashuvlargina yagona elektr kuchsiz ta’sirlashuvlargina yagona elektr kuchsiz ta’sirlashuvga birlashtirishning iloji topiladi, xalos. Kun tartibida kuchli, elektromagnit va kuchsiz ta’sirlarni birlashtiruvchi “Buyuk birlashuv” nazariyasi turibdi. Har to’rtala ta’sirlashuvlarni ham o’z ichiga oluvchi “superbirlashuv” nazariyasi ham o’rganilmoqda.
Xuddi shuningdek, elementar zarralarni ham ma’lum qonuniyatlar asosida jadvalga joylashtirish, ya’ni klassifikatsiyalash fiziklarning azaliy orzusidir. Shu maqsadda ularni to’rt guruhga bo’lishga kelishilgan.
Zarralarning nomi
|
Belgisi
|
Elektron massasi birligidagi massasi
|
Elektron massasi birligidagi
zaryadi
|
Yasash vaqti, s
|
Zarra
|
Antizarra
|
|
Foton
|
γ
|
γ
|
0
|
0
|
Doimiy
|
Leptonlar
|
Elektron neytrinosi
Myuon neytrinosi
Tau neytrino
|
ve
vμ
vτ
|
ve
vμ
vτ
|
0
0
0
|
0
0
0
|
Doimiy Doimiy Doimiy
|
Elektron
|
e-
|
e
|
1
|
-1
|
Doimiy
|
Myuon
|
μ-
|
μ
|
207
|
-1
|
2,2·10-6
|
Tau-lepton
|
τ-
|
τ
|
3492
|
-1
|
1,46·10-12
|
mezonlar
|
Pi-mezonlar (pionlar)
|
π0
π
|
π0
π-
|
264,1 273,1
|
0
|
1,83·10-16
2,6·10-8
|
Ka- mezonlar
(kaonlar)
|
K
K
|
K
K
|
966,4
974,1
|
1
|
1,2·10-8 K0s-
8,9·10-11 K0L-
5,2·10-8
|
Eta-nol- mezonlar
|
η0
|
η0
|
1074
|
0
|
2,4·10-19
|
Barionlar
|
Nuklonlar
|
Proton
Neytron
|
p n
|
p n
|
1836,1 1838,6
|
1
0
|
Doimiy (?)103
|
Giperonlar
|
Giperon- lyambda
Giperon-
sigma
|
Λ0
Σ
Σ0
Σ-
|
Λ0
Σ
Σ0
Σ-
|
2183,1
2327,6
2333,6
2343,1
|
0
1
0
-1
|
2,63·10-10
8·10-11
5,8·10-20
1,48·10-10
|
Giperon-ksi
|
Ξ0
Ξ-
|
Ξ0
Ξ-
|
2572,8
2572,8
|
0
-1
|
2,9·10-10
1,64·10-10
|
Omega- minus giperon
|
Ω-
|
Ω
|
3273
|
-1
|
8,2·10-11
|
Fotonlar. Bu guruh faqat bitta zarra – elektromagnit nurlanish kvanti fotondan iborat.
Leptonlar. Leptonlar (“leptos” yunoncha – yengil ma’nosini anglatadi) elektromagnit va kuchsiz ta’sirlarda ishtirok etadi. Yunon tili (yunon. Ελληνικά [ɛliniˈka]) - yunon tili tarixidagi dastlabki bosqichda - mil. av. 14- 12-asrlardan mil. 1 -4-asrlargacha amalda boʻlgan (hoz. oʻlik) til; greklarning qadimiy tili (yana q. Yunon tili). Leptonlarga elektron, myuon vat ay neytrinosi, elektron, myuon, tey-lepton va ularning antizarralari kiradi.
Mezonlar. Massasi 207 elektron massasidan katta, amo proton massasidan kichik bo’lgan zarralar mezonlar guruhini tashkil qiladi.
Barionlar. Og’ir zarralr. Ular potondan boshlanadi va nuklonlar, giperonlarni o’z ichiga oladi. Barcha ta’sirlashuvlarda ishtirok etadi.
Shu bilan birga, spinining qiymatiga qarab zarralar fermionlaga (spini S = ½ bo’lgan zarralar) va bozonlarga (spini S = 0 yoki butun S = 1 bo’lgan zarralr) bo’linadi. Yashash davriga qarab, zarralr barqaror va beqaror zarralarga ajratiladi.
Kvarklar. Materiyaning eng kichik g’ishtchalari hisoblangan elementar zarralar murakkab tuzilishiga ega ekanligi ma’lum bo’lgandan so’ng, materiyaning haqiqatdan eng kichik g’ishtchalarini izlash muamosi vujudga keladi. Agar shunday zarralar mavjud bo’lsa, hozirgacha bizga ma’lum bo’lgan va murakkab tuzilishiga ega bo’lgan barcha zarralar ulardan tashkil topgan bo’lishi kerak. 1964- yilda amerikalik fizik M.Gell- Mann va D.J.Sveyglar mezonlar va D.J.Sveyglar mezonlar va barionlar kvarklar deb soda zareralardan tashkil topganligi to’g’risidagi gipotezani taklif qildilar. Bu gepotezaga muvofiq, barionlar uchta: u, d, s kvarklardan, antibarionlar esa muvofiq, barionlar antikvarkdan, tashkil topgan. Bu kvarklar yarim spinga ega bo’lishlari, zaryadlari esa elektron zaryadlarning 1/3 va 2/3 qismiga bo’lishlari kerak. Keyinchalik yana ikkita: c “Mafunkor” (ingilizcha “charm”) va b “go’zal” (ingilizcha “beauty”) kvarklari antikvarklari bilan birga kiritildi. Zamonaviy gepotezalarga ko’ra kvarklar ham leptonlar kabi oltita bo’lishi kerak. Lekin t “haqiqiy” (ingilizcha “truth”) kvarkining mahsulini topish maqsadida qilinayotgan barcha urinishlar hozircha hech qanday natija bermaydi. Shu bilan birga kvark va antikvarklarning kombinatsiyalari mavjud mezonlarning barchasi vujudga kelishini tushuntib bera oldi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, kvarklar hech qanday ichki tuzilishiga ega emas va ularni chin ma’noda elementar zarralar deb hisoblash mumkin.
Kosmik nurlar
Kosmik nurlar. 1912- yilda Yer sirtidagi havo qatlamining ionlashuvi o’rgangan avstriyalik fizik V.F.Gess qiziq natijaga duch keldi. Uning fikriga ko’ra, havoning ionlashuvini asosan Yerdan chiqayotgan radioaktiv nurlar vujudga keltirishi va shuning uchun ham yuqoriga ko’tarilgan sari havoning ionlashuvi kamayishi kerak edi. Ammo tajriba natijasiga ko’ra 5000 m balandlikdagi havoning ionlashish darajasi Yer sirtinikidan 3 marta katta bo’lib chiqdi.
Ushbu holni tahlil qilgan olimlar, havoning ionlashuvini faqatgina Yerning radioaktivligi emas, balki koinotdan va Quyoshdan kelayotgan nurlar ham vujudga keltiriladi, degan xulosaga kelishdi.
| Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. |
Bu nurlarga kosmik nurlar deb nom berildi.
Tajribalarning ko’rsatishicha, kosmik nurlarning intensivligi yuqoriga ko’tarilgan sari tez ortadi va o’zining maksimal qiymatiga erishgach, yana kamaya. Taxminan 50 km balanlikdan boshlab intensivlik qariyb o’zgarmay qoladi. Kosmik nurlar birlamchi va ikkilamchi kosmik nurlarga ajratiladi.
Birlamchi kosmik nurlar. Bevosita kosmosdan keladigan nurlar birlamchi kosmik nurlar deyiladi. Tarkiini o’rganish, birlamchi kosmik nurlar yuqori energiyali elementar zarralar oqimidan iborat ekanligini ko’rsatadi. Uning to’qson foizidan ko’prog’ini protonlar, taxminan yeti foizini α- zarralr, bir foiz atrofidagisini og’irroq atomlarning (Z>20) yadrolari tashkil qiladi. Birlamchi kosmik nurlarning asosiy qismi galaktikadan keluvchi, energiyasi 1021 eV gacha bo’lgan nurlar hisoblanib, ular o’zining shu qadar katta energiyasini yulduzlararo magnit maydonlar bilan to’qnashish natijasida oladi.
Shuni ham takidlash lozimki, kosmik nurlarning intensivligi vaqt davomida o’zgarib turadi. Bu Quyosh aktivligining o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Quyoshda chaqnash ro’y bergab paytlarda kosmik nurlarning intensivligi o’nlab va hatto yuzlab foizgacha o’zgarib ketishi mumkin. Bu esa kosmik nurlarning ma’lum bir qismi Quyoshda hosil bo’lishini ko’rsatadi. Birlamchi kosmik nurlar Yer sirtidan 50 km balandliklargacha yetib keladi va shuning uchun ham h ≥ 50 km da kosmik nurlarning intensivligi o’zgarmas bo’ladi.
Ikkilamchi kosmik nurlar. Atmoisferaning yuqori qatlamlarigacha yetib kelgan birlamchi kosmik nurlar u yerdagi atom yadrolari bilan to’qnashib ikkilamchi kosmik nurlarni vujudga keltiradi. Yigirma kilometrdan pastda kosmik nurlarning asosiy qismi ikkilamchi nurlardan iborat bo’ladi. Balandlik kamayishi bilan nurlarning intensivligi ham kamaya boradi. Ikkilamchi kosmik nurlar tarkibiga qarab ikkita: yumshoq va qattiq tashkil etuvchilarga ajratiladi.
Yumshoq tashkil etuvchilar. Qo’rg’oshin kuchli yutiladigan nurlar ikkilamchi kosmik nurlarning yumshoq tashkil etuvchisi bo’ladi. Ular quyidagicha vujudga keladi. Kosmik nurlar tarkibidagi E > 2mec2 energiyali γ- kvantlar atom yadrosining maydoniga tormozlanadi va elektron-pozitron juftligiga aylanadi. Hosil bo’lgan elektron va pozitronlar ham, o’z navbatida, tormozlanib, γ- kvantni vujudga keltiradi. Energiyasi E > 2mec2 dan katta bo’lgan bu γ- kvantlar ham, o’z navbatida, yangi elektoron-pozitron juftligiga aylanadi. Bu jarayon γ- kvantning energiyasi E > 2mec2 dan kichik bo’lgunicha davom etadi. Unga elektron- pozitron- foton jalasi deyiladi. Garchi jalani vujudga keltiradigan birlamchi zarra katta energiyaga ega bo’lsada, jala zarralari “yumshoq” bo’lib, uncha qalin boi’lmagan moddadan ham o’tolmaydi. Shunday qilib, ikkilamchi kosmik nurlarning yumshoq tashkil etuvchilari elektron, pozitron va γ- kvantlardan iborat bo’ladi.
Qattiq tashkil etuvchilar. Ular qo’rg’ishinga katta singish qobiliyatiga ega. 1938- yilda K.Anderson va S.Niddermeyer qattiq tashkil etuvchilarning massalari 207me va yashash davrlari 2,2·10-6 s bo’lgan musbat va manfiy zaryadlangan zarralar oqimidan iborat ekanligini aniqlashdi. Bu zarralarga myuonlar (μ , μ-) deb nom berishdi. 1947- yilda S.Pauell birlamchi kosmik nurlarning atom yadrolari bilan to’qnashuvlari natijasida 273 me massali, oldin no’malum bo’lgan zaryadlangan zarralar paydo bo’lishi aniqladi. Ularning erkin holatdagi yashash davri 1,8·10-16 s dan kichik bo’lmagan neytral π- mezon kashf qilindi. Poinlar nuklonlar bilan jadal ta’sirlashadigan zarralar hisoblanadi.
Umuman olganda, bu zarralarning mavjudligini yadro kuchlarinig tabiatini tushunturgan X.Yukava bashorat qilgan edi. Yuqorida aytilganidek, ular juda kichik yashash davriga ega bilib, quyidagi sxema bo’yicha parchalanadi:
π → μ ν,
π- → μ- ν
va kosmik nurlarning qattiq tashkil etuvchiligi zarralarni hosil qiladi. Poinlardan farqli ravishda, myuonlar yadro ta’sirlashuvlarida ishtirok etmaydi va o’z energiyasini ionlashtirishga srflaydi.
Yerning radiatson belbog’i. zaryadlangan Yer atrofidagi taqsimoti haqidagi dastlabki ma’lumolar Yerning sun’iy yo’ldoshlari yordamida olingan. Yer atrofidagi fazoda yerning magnit ta’sirida vujudga kelgan shunday belbog’ mavjudki, undagi zaryadlangan zarralarning zichligidan yuz milionlab marta kattadir. Zarralardan iborat bunday radiatsion belbog’ deyiladi.
Elementar zarralrni kuzatish va qayd qilish usullari
Zarralarni qayd qiluvchi asboblarning turlari. Radioaktiv moddalarning nurlanishini o’rganishdan asosiy maqsad – radioaktiv yemirilishda chiqariladigan zarraklarning tabiati, energiyasini va nurlanish intensivligini (radioaktiv modda 1 sekunda chiqaradigan zarralar sonini) aniqlashdan iborat. Ularni qayd qilishining eng keng tarqalgan usullari zarralarnig ionlashishiga va fotohokimyoviy ta’sirlarga asoslangandir. Bu vazifani bajaruvchi asboblar ham ikki turga bo’linadi:
1.Zarralarnifazoning biror qismidan o’tganligini qayd qiluvchi va ba’zi hollarda ularning ba’zi xarakteristikalari, masalan, energiyasini aniqlashga imkon beruvchi asboblar. Bunday asboblarga ssintillyatsion (chaqnovchi) hisoblagich, Chernikov hisoblagichi, gaz zaryadli hisoblagich, yarimo’tkazgichli hisoblagich, yarim o’tkazgichli hisoblagich va impulsli ionlashtiruvchi kamera misol bo’la oladi.
2. Zarraning moddadagi izini kuzatishga, masalan, suratga tushirishga imkon beruvchi asboblar. Bunday asboblarga vilson kamerasi, difuziyali kamera, pufakli kamera, fotoemulsiya usuli misol bo’la oladi. Biz quyida ularning ba’zilari bialn tanishib o’tamiz.
Sintillyatsion hisoblagich. Ish prinsipi tez zarralarning flyuoressiyalanuvchi ekranga tushishida ro’y beradigan chaqnash – sintilyatsiyaning kuzatilishiga asoslangan. Hosil bo’lgan kuchsiz yorug’lik chaqnashi elektr impulslariga aylantiriladi va kuchaytirilib, maxsus apparatlar yordamida qayd qilinadi. α- zarra birinchi marta aynan shunday hisoblagich yordamida (1903- yil) qayd qilingan edi.
Gaz razryadli hisoblagich. Bunday hisoblagich, odatda, gaz to’ldirgan metall silindr (katod) va uning o’qi bo’ylab tortigan ingichka sim (anod)dan iborat bo’ladi. Qayd etiladigan zarra elektrodlar orasidan o’tganda gazni ionlashtiradi. Bu ionlar esa gaz, devor atomlari va molekulalar bilan to’qnashib, ularni ikkilamchi ionlashtiradi. Umuman olganda, ikki xil gaz razryadli hisoblagich mavjud. Birinchisi, proporsional hisoblagich deyilib, unda gaz razryadli nomustaqil bo’ladi. Geyger – Myuller hisoblagichi deb ataluvchi ikkinchi xil hisoblagichda esa gaz razryadli mustaqil bo’ladi. Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. Geyger – Myuller hisoblagichlarining ajrata olish vaqti 10-3-10-7 s ni tashkil qiladi, ya’ni shunday vaqt oralig’ida tushgan zarralar qayd qilinadi. Gaz razryadli hisoblagichlarning razryadlangan zarralarni qayd etish unumdorligi 100 % bo’lsa, γ- kvantlar uchun 5% tashkil etadi.
Vilson kamerasi. Kamera 1911- yilda ingiliz fiziigi Ch.Vilson tomonidan yaratilgan. U tez uchib ketayotgan zarralarning bug’simon holatdagi moddadan o’tganida, shu modda molekulalarini ionlashtirishiga asoslangan.
Vilson kameraning ishchi hajmi (l) suvning yoki spirtining to’yingan bug’I bo’lgan havo yoki gaz bilan to’ldirilgan. Porshen (2) pastga qarab tez harakatlanganda 1 hajmidagi gaz adibadik ravishda kengayadi va soviydi. Natijada gaz o’ta to’yingan holatiga keladi. Kameradan uchib o’tgan zarra o’z yo’lida ionlarni vujudga keltiradi va hajm kengayganda kondensatsiyalangan bug’lardan tomchilar hosil bo’ladi. Shunday qilib, zarra orasida ingichka tuman yo’l ko’rinmishidagi iz qoladi. Bu izni kuzatish yoki rasmga tushirish mumkin.
Fotoemulsiya usuli. 1927- yida rus fizigi L.Misovkiy zaryadlangan zarralar izini qayd qilishning oddiy usulini taklif qiladi. Zaryadlangan zarralar fotoemulsiya orqali o’tganda, unda tasvir hosil qiluvchi ionizatsiyani vujudga keltiradi. Surat ochilgandan keyin zaryadlangan zarralarning izlari ko’rinibqoladi. Emulsiya juda qalin bo’lganligi uchun ham zarraning unda qoldirgan izi juda ham qisqa bo’ladi. Shuning uchun, fotoemulsiya usuli juda katta energiyali tezlatkichlardan chiqayotgan zarralar va kosmik nurlar vujudga keltiriladigan reaksiyalarni o’rganish maqsadida ishlatiladi.
|
| |