• Fermionlar: Kvarklar — yuqori, quyi, mahliyo, gʻalati, ust, ost Leptonlar — : elektron, muon va tau lepton Bozonlar
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti




    Download 184,27 Kb.
    bet4/4
    Sana13.05.2024
    Hajmi184,27 Kb.
    #228275
    1   2   3   4
    Bog'liq
    zarrachalar (Автосохраненный)

    Elementar zarracha (boshqa nomlari:fundamental zarrachaelementar zarra) parchalanishi mumkin boʻlmagan yoki parchalana olishi isbot etilmagan zarrachadir. Standart modelda kvark, lepton va bozonlar elementar zarracha, deb koʻriladi.
    Oʻtmishda proton va neytron va hatto atomlar elementar zarracha, deb hisoblangan; biroq keyinchalik ularning kichikroq zarrachalardan tashkil topgani ayon boʻldi. Elementar zarrachadan birinchi boʻlib manfiy elementar elektr zaryadli elektron kashf qilingan (J. Tomson, 1897). 1919-yilda E. Rezerford (atom yadrosidan urib chiqarilayotgan zarralarni oʻrganishda) musbat zaryadli va elektron massasiga qaraganda 1840-marta katta massali protonni kashf qildi. Ingliz fizigi J. Chedvik zarralarning berilliy bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganishda neytral zarra — neytronni kashf qildi (1932). Neytronning massasi protonning massasiga juda yaqin. Bu uchta zarra (elektron, proton va neytron) atom tuzilishida qatnashadi. Hozirgi paytda maʼlumki, boʻlinmas Elementar zarracha hisoblangan proton va neytron murakkab tarkibiy tuzilishga ega.
    P. Dirak massasi elektron massasiga teng, lekin musbat zaryadli zarra — pozitronning tabiatda mavjudligini nazariy ochgan boʻlsa, amerikalik fizik K.D. Anderson uni kosmik nurlar tarkibida qayd qildi (1932).
    Barcha elementar zarrachalar ularning spiniga qarab, bozon yoki fermionlarga ajratiladi. Fermionlar yarim spinga ega boʻlib, materiyani tashkil etadi; fundamental kuchlar maydonlari asosi boʻlmish bozonlar esa butun spinlidir.

    • Fermionlar:

    Kvarklar — yuqori, quyi, mahliyo, gʻalati, ust, ost
    Leptonlar — : elektron, muon va tau lepton

    • Bozonlar

    Bozonlar butun spinli zarrachalardirBose-Einstein statistikasiga boʻysunishadi. Bozonlar elementar (masalan, foton) yoki murakkab (masalan, mezon) boʻlishi mumkin. Bozonlar kuch maydonlarini tashkil etadi. Fermionlardan farqli oʻlaroq, bir necha bozon bitta kvant holatini (yaʼni, bir vaqtning oʻzida bitta joyni) egallashi mumkin.
    Fermion yarim spinli elementar zarrachadir. Italyan fizigi Enrico Fermi sharafiga shunday nomlangan. Fermionlar Fermi-Dirac statistikasiga boʻysunadi. Fermionlarga proton va elektron misol boʻlishi mumkin.
    Bozonlardan farqli oʻlaroq, berilgan vaqtda kvant holatida faqatgina bitta fermion boʻlishi mumkin (Pauli prinsipi). Yaʼni, fazoning bir nuqtasini bittadan koʻp fermion egallasa, har bir fermion xossalari (masalan, spini) boshqalarinikidan farq qilishi zarur. Shuning uchun fermionlar materiya, bozonlar esa nurlanish asosini tashkil etadi (biroq ular orasidagi farq kvant fizikasida hali toʻla-toʻkis ayon emas).
    Lepton kuchli oʻzaro taʼsirda qatnashmaydigan yarim spinli elementar zarrachadir. Leptonlar fermionlar oilasiga kiradi. Leptonlarning uch xili bor: elektron, muon va tau lepton.


    Test

    1. Zarrachalar qanday xususiyatlarga ega ?

    1. Energiya

    2. Massa

    3. A va B *

    1. Mikrozarralar qatorini belgilang

    1. Atom yadrosi, elektronlar, nuklonlar*

    2. Atom yadrosi, protonlar, fermionlar

    3. Proton, elektron, neytron

    1. Tinch turgan modda zarralari massaga egami?

    1. Yo’q

    2. Ha *

    3. T.j.y

    1. Oq yorug’likni turli rangdagi nurlar dastasiga taqsimlab yuboradigan hodisani belgilang

    1. Interferensiya *

    2. Difraksiya

    3. Fotoelektr effekti

    1. Zarracha o’zini xuddi to’lqindek va to’lqin esa o’zini zarrachadek tutsa kerak degan taxmin kimga tegishli?

    1. Ervin Shryodinger

    2. Klinton Devisson

    3. Lui de Broyl *

    1. K.D. Anderson qaysi zarrachani kosmik nurlar tarkibida qayd qildi?

    1. Elektron

    2. Pozitron*

    3. Neytron

    1. Barcha elementar zarrachalar ularning spiniga qarab qaysi zarrachalarga ajratiladi?

    1. Bozon va fermionlar*

    2. Fermionlar va kvarklar

    3. Kvarklar va bozonlar

    1. Elementar zarrachadan birinchi bo’lib qaysi zarracha kashf qilingan?

    1. Neytron

    2. Positron

    3. Electron *

    1. Yarim spinli elementar zarrachani belgilang?

    1. Lepton

    2. Fermion *

    3. Bozon

    1. Italyan fizigi Enrico Fermi sharafiga nomlangan zarracha qaysi?

    1. Lepton

    2. Fermion *

    3. Bozon

    Foydalanilgan adabiyotlar:



    1. Modda tuzilishi. G. A. Ixtiyarova, A. A. Yulchibayev. Toshkent 2015

    2. Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan. Filipp Boll, Brayan Klegg, Leon Klifford, Endryu Mey.

    Muzaffar Qosimov tarjimasi, www.Orbita.Uz kutubxonasi 2018.


    Download 184,27 Kb.
    1   2   3   4




    Download 184,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti

    Download 184,27 Kb.