Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti




Download 184,27 Kb.
bet3/4
Sana13.05.2024
Hajmi184,27 Kb.
#228275
1   2   3   4
Bog'liq
zarrachalar (Автосохраненный)

De Broyl to‘lqinlari Eynshteyn ko‘rsatib berganidek, agar yorug‘lik to‘lqinlari o‘zini xuddi zarracha kabi tuta olsa, unda zarrachalar ham o‘zini to‘lqin singari namoyon qila oladimi? 1923-yilda Lui de Broyl ushbu taxminning qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi va materiya uchun to‘lqin nazariyasini ishlab chiqdi. U shunday mulohaza yuritgan: agar, elektron va u singari zarrachalar o‘zini xuddi to‘lqin singari tutganida, unda, ularning o‘ziga xos chastotasi va to‘lqin uzunligi bo‘lishi kerak edi va ular to‘lqinlarga xos bo‘lgan hodisalar, ya’ni, difraksiya va interferensiya hodisalarini ham namoyon qilishi kerak edi. Ushbu mulohazaga asoslangan holda, de Broyl, massasi ma’lum bo‘lgan zarrachaning to‘lqin uzunligi, uning tezligi bilan bog‘liq bo‘lishini, hamda, ushbu zarrachaning chastotasi esa, uning energiyasiga proporsional bo‘lishini hisoblab chiqardi. De Broylning mazkur g‘oyalari va hisob-kitoblari ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i, 1927-yildayoq o‘z isbotini topdi. O‘shanda, avval AQSHda Lester Jermer, hamda, Buyuk Britaniyada Klinton Devisson va Jorj Tomsonlar tarafidan, mustaqil tajribalar orqali, elektronlarning difraksiyasi kashf etilgan edi. Har ikkala tajribada ham, qattiq nishonga yo‘naltirilgan elektronlar o‘zini xuddi to‘lqin singari namoyon qilib, difraksion tasvir hosil qilgan edi. Nazariyaning haq ekanini isbotlab bergan keyingi tajriba ikkita tirqishlar orqali o‘tkazilgan elektronlarning interferensiya namoyon qilishi bo‘lgan. O‘shandan buyon, turli molekulalar uchun difraksiya va interferensiya hodisalari qayd etilgan bo‘lib, ularning ayrimlari shu darajada kattaki, hodisani elektron mikroskop orqali bemalol kuzatish mumkin. Elektronlarning to‘lqin tabiatini kashf etilishi – kvant fizikasi taraqqiyotining yangi davriga eshik ochib berdi.
De Broyl, zarrachalar o‘zini xuddi to‘lqindek va to‘lqinlar esa o‘zini zarrachadek tutishi mumkinligini ko‘rsatib berdi.
De Broyl to‘lqin uzunligi deb nomlanuvchi zarrachaning to‘lqin uzunligi mazkur zarracha impulsiga teskari proporsionaldir. Uni atom, yoki, molekula ham hisoblab chiqarish mumkin. Aslida, undan ham yirik obyektlar uchun ham de Broyl to‘lqin uzunligini aniqlasa bo‘ladi. Lekin, elementar zarracha to‘lqin uzunligi bilan taqqoslanganda, yirik obyektlarning de Broyl to‘lqin uzunligi massasi katta bo‘lgani sababli, payqab bo‘lmas darajada kichik bo‘lib chiqadi.
Elektronlar difraksiyasi tasviri shuni ko‘rsatmoqdaki, ular o‘zini oddiy zarracha singari emas, balki to‘lqin kabi ham tutar ekan.

Download 184,27 Kb.
1   2   3   4




Download 184,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti

Download 184,27 Kb.