11-ma’ruza. Mikrozarrachalarning korpuskulyar-to‘lqin dualizmi. De-Broyl gipotezasi




Download 339,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana26.01.2024
Hajmi339,59 Kb.
#146527
  1   2   3   4   5
Bog'liq
11-ma’ruza. Mikrozarrachalarning korpuskulyar-to‘lqin dualizmi. (1)



11-MA’RUZA. Mikrozarrachalarning korpuskulyar-to‘lqin dualizmi. De-Broyl gipotezasi 
 
Yorug’likning dualistik xususiyatlari, ya’ni uning to‘lqin va korpuskulyar xususiyatlari 
to’g’risidagi fikrni rivojlantirib 1924 yilda De-Broyl yangi gipotezani ilgari surdi. Tabiat simmetriyaga 
moyil bo’lganligi tufayli modda zarralarining faqat korpuskulyar xususiyatlari emas, balki to‘lqin 
xususiyatlari ham sodir bo’lishi kerak. 
Boshqacha qilib aytganda, De-Broyl gipotezasiga asosan, korpuskulyar-to‘lqin dualizm 
elektromagnit nurlanish uchun ham, modda zarralari uchun ham tegishlidir. U holda elektromagnit 
nurlanish fotoni uchun o’rinli bo’lgan quyidagi

h
c
hv
р


munosabatni modda zarralari uchun ham qo’llash mumkin. Shuning uchun massasi m, tezligi v 
bo’lgan zarraning harakatlanish jarayonida uzunligi
mv
h
p
h



(11.1) 
bo’lgan to‘lqinning xususiyatlari namoyon bo’lishi kerak, degan xulosaga kelinadi. (11.1) ifodani De-
Broyl to‘lqin uzunligi formulasi deb, 

ni esa De- Broyl to‘lqin uzunligi deb atash odat bo’lgan. De- 
Broyl gipotizasi bilan tanishgach, Eynshteyn quyidagi fikirni aytdi: agar bu gipotiza uchun bo’lsa, 
elektronlar uchun difraksiya hodisasi kuzatilishi lozim. 
Haqiqatan, 1927 yilda Devisson va Jermer 
tajribasida bu fikr tasdiqlandi. Bu tajribasining 
sxemasi 26.6-rasmda tasdiqlangan. Qizdirilgan K 
katoddan chiqqan termoelektronlar katod va A anod 
oralig’idagi elektr maydoni ta’sirida tezlatiladi. 
Elektronlar 
dastasi 
va 
diafragmalar 
yordamida 
ingichka dasta shaklida kristallga, undan sochilgan 
elektronlar esa ionizatsion kamera (IK)ga tushadi. 
Ionizatsion kamerada vujudga kelgan tok galvanometr 
yordamida o’lchanadi. Tajribada ionizatsion kamerani 
siljitish yordamida turli burchaklar ostida sochilgan 
elektronlarni qayd qilish imkoniyati mavjud edi. 
Tajribalar natijasi shuni ko’rsatdiki, sochilish burchagining o’zgarishi bilan ionizatsion kameradagi tok 
kuchi monoton ravishda o’zgarmaydi, balki bir qaror maksimumlar kuzatiladi. 
Masalan, nikel kristali bilan tajribada o’tkazilganda elektronlarni tezlatuvchi (ya’ni va A lar 
orasidagi) potensiallar farqi 54 V bo’lganda (bunday maydonda elektron 

4

10

m/s tezlikka 
erishadi) sochilish burchagining 

=50

qiymatida maksimum kuzatildi. Agar shu tajriba elektronlar 
dastasi bilan emas, balki rentgen nurlari bilan o’tkazilgan, difraksion maksimum 

=50

da kuzatilishi 
uchun rentgen nurlarining to‘lqin uzunligi 1,67

10
–10 
m bo’lishi lozim. Ikkinchi tomondan, tajribada 
qo’llanilgan elektronlar uchun, (11.1) ifoda asosida, De-Broyl to‘lqin uzunlikni hisoblasak, 

≈-
1,67

10
–10 
m qiymatni hosil qilamiz. Mos keluvchi bu natijalar de-Broyl gipotezasi to’g’riligining 
isboti bo’lib xizmat qiladi. 

Download 339,59 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 339,59 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11-ma’ruza. Mikrozarrachalarning korpuskulyar-to‘lqin dualizmi. De-Broyl gipotezasi

Download 339,59 Kb.
Pdf ko'rish