• 3-Maruza: OPTIK SIGNALLARNI UZATUVCHI ELEMENTLAR. Optik signallarni uzatgichlari
  • Nurlanish manbalari. Optik nurlanish manbalariga qoyiladigan talablar
  • Yarimotkazgichli optik nurlanish manbalarining ish prinsipi
  • 3-Ma'ruza: optik signallarni uzatuvchi elementlar. Optik signallarni uzatgichlari




    Download 1,13 Mb.
    bet1/4
    Sana02.01.2024
    Hajmi1,13 Mb.
    #129531
      1   2   3   4
    Bog'liq
    3-Ma\'ruza OAT


    Reja: 1. Nurlanish manbalari. Optik nurlanish manbalariga qo'yiladigan talablar 2. Yarimo'tkazgichli optik nurlanish manbalarining ish prinsipi. 3. Yorug'lik diodlari. Yorug'lik diodlarining turlari, xarakteristika va parametrlari. 4. Lazer diodi (LD), uning xarakteristika va parametrlari. Lazer diodining turlari 5.Nurlanish manbalarining qiyosiy tavsifi, ularga tashqi omillarning ta'siri. 6. Optik signalni uzatuvchi modul
    3-Ma'ruza: OPTIK SIGNALLARNI UZATUVCHI ELEMENTLAR.
    Optik signallarni uzatgichlari
    Optik nurlanish manbalariga qo'yiladigan umumiy talablar quyidagilar: - nurlanish manbai nurlantiradigan to'lqin uzunligining spekti optik tolaning minimum yo'qotishlariga to'g'ri kelishi kerak; - manba chiqishda bir muncha yuqori quvvatli optik signallarni nurlanishini va uni optik tolaga samarali kirishini ta'minlashi kerak; - manba yuqori ishonchlikka ega bo'lishi va ko'p muddatga xizmat qilishi kerak; - o'lchamlari, og'irligi va sarf qiladigan quvvati minimal bo'lishi kerak; - texnologiyalarning oddiyligi arzon narxlarni va yuqori ishlab chiqaruvchanlikni ta'minlashi kerak.
    Nurlanish manbalari. Optik nurlanish manbalariga qo'yiladigan talablar
    Optik nurlanish manbalarining uch sinfi ma'lum: yarim o'tkazgichli, tolali va hajmli mikrooptik manbalar (mikrolazerlar). Ularning hammasi u yoki bu darajada yuqorida ko'rsatilgan talablarga javob beradi, lekin faqat yarim o'tkazgichli manbalar, ya'ni yorug'lik diodlari va lazerlardan keng foydalaniladi.
    Yarim o'tkazgichlarda elektronlarning zichligi nisbatan ko'p va shuning uchun ko'plab energetik sathlar zona tashkil qilgan holda zich joylashgan. 
    Yarimo'tkazgichli optik nurlanish manbalarining ish prinsipi
    As
    As
    Ga
    Ga
    Ec
    Eq
    Ev
    Yarim o'tkazgichlarning energetik sathlari
    Bunday holatlarning ikki turi mavjud: yuqori - Es energiyali o'tkazuvchanlik holati, quyi - Ev valent elektronlar holati. Bu zonalar orasida Eq energiyali man etilgan holat joylashgan. Agar valent elektronlar zonasiga «qaytib tushish» to'qnashuvsiz yuz bersa, unday holatlarda elektronlar tomonidan yo'qotilgan energiya foton ko'rinishda ajralib chiqadi.

    Download 1,13 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Ma'ruza: optik signallarni uzatuvchi elementlar. Optik signallarni uzatgichlari

    Download 1,13 Mb.