• YoD larning asosiy parametrlari
  • Spontan, nokogerent nurlanish manbai – YoD. kogerent nurlanish manbai – LD




    Download 1,13 Mb.
    bet2/4
    Sana02.01.2024
    Hajmi1,13 Mb.
    #129531
    1   2   3   4
    Bog'liq
    3-Ma\'ruza OAT

    Spontan, nokogerent nurlanish manbai – YoD. kogerent nurlanish manbai – LD ν chastota taqiqlangan energetik zona kengligi, ya'ni E energetik holatlarning farqi (Es-Ev ga teng) bilan aniqlanadi: ν=c/λ= Eq /h bu yerda:
    c - yorug'lik tezligi, c=3*108 m/sek; λ - to'lqin uzunligi, mkm; Eq -taqiqlangan zona kengligi; h- Plank doimiysi, h=6,626*10-34 Joul*sek.
    Yorug'lik diodini tayyorlashda yorug'likni oson nurlantiradigan, GaAs, GaAlAs, InGaAsP, GaP, SiC kabi to'g'ri zonali yarim o'tkazgich materiallardan foydalaniladi. 3-4 turdagi elementlardan foydalanilsa, komponentlarning o'zaro nisbatiga mos holda taqiqlangan holat Eq energiyasi va sindirish koeffisienti o'zgaradi. Bu bilan turli to'lqin uzunliklarini nurlantiruvchi manbalarni yaratishga imkon tug'iladi. Uch elementli kimyoviy birikmalar quyidagicha tasvirlanishi mumkin: AlxGa1-xAs, 0x1 bu yerda, x – komponent qism (molyar massa). p-n o'tishli turli materiallardan tuzilgan bunday yarim o'tkazgichlar geterotuzilish yoki geteroo'tish deyiladi. YoD larning parametrlari: - nurlanishning to'lqin uzunligi λ, - nurlanish spektrining kengligi Δλ, - nurlanish quvvati Pnur, - noasosiy zaryad tashuvchilarning yashash vaqti t va - nurlanish quvvatining yo'nalganlik diagrammasi Ө.
    Yorug'lik diodlari. Yorug'lik diodlarining turlari, xarakteristika va parametrlari
    Yorug'lik diodining spektral xarakteristikasi.
    Sirtdan nurlantiruvchi va yonidan nurlantiruvchi YoD ning nurlanish spektrlari
    YoD larning asosiy parametrlari

    Parametrlari

    Birligi

    850 nm

    1310 nm

    1310 nm

    1550nm

    Nurlanish spektrining kengligi

    nm

    40

    50

    40

    60

    Chiqishdagi quvvat

    mkWt

    50

    60

    20

    40

    Optik tola o’zagining diametri

    mkm

    50

    50

    9

    9

    Sonli apertura

    b/r

    0,2

    0,2

    0,16

    0,16

    Tuzilishininig taqqosiy soddaligi, yuqori ishonchliligi va nurlanish tavsiflarining temperaturaga kuchsiz bog'liqligi, nurlanish spektrining kengligi (90 nm gacha), nurlantiruvchi chastota oralig'ining torligi (100-200 MGs) va tezkor emasligi sababli YoD lar asosan past tezlikli tizimlarda axborotlarni yaqin (15 km) masofaga uzatishda qo'llaniladi.
    Lazer diodlar (LD) odatda uzoq masofali va yuqori tezlikli (155 Mbit/s dan yuqori) optik tizimlarida qo'llaniladi. LDlar nurlanish quvvati va uni tashqi injeksiya tokiga bog'liqligi, nurlanishni yo'nalganlik diagrammasi Ө va nurlanish spektri, xizmat muddati bilan tavsiflanadi. LD YoD ga qaraganda tashqi injeksiya tokini katta qiymatlarida ishlaydi.

    Download 1,13 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Spontan, nokogerent nurlanish manbai – YoD. kogerent nurlanish manbai – LD

    Download 1,13 Mb.