O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
O‘.P. UMURZOQOV, A.J. TOSHBOYEV,
A.A. TOSHBOYEV
FERMER XO‘JALIGI IQTISODIYOTI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va kollej talabalari hamda biznes maktablari tinglovchilari va fermerlar uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT
-1-
«IQTISOD–MOLIYA» 2007
O‘quv qo‘llanmada fermer xo‘jaligida erkin ishlab chiqarish munosa- batlarini shakllantirishning nazariy, huquqiy va iqtisodiy asoslari yoritilgan bo‘lib, qo‘llanma Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablariga to‘la mos keladi. Qo‘llanma fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirishda amalga oshirilayotgan tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy islohotlar, avvalo, Respublika Prezidenti tomonidan qabul qilingan Farmonlar, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va tegishli me’yoriy hujjatlar asosida yozilgan. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmada fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta’minoti, mehnat resurslari, xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi, mahsulot ishlab chiqarish samaradorligi, ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish, mahsulot yetishtirishning ilg‘or texnologiyalari, bozor subyektlari bilan iqtisodiy munosabatlari va kelgusidagi istiqbollari ko‘rsatib o‘tilgan.