|
Respublikasi oliy va
|
bet | 7/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Fanning obyekti – fermer xo‘jaliklari va uning ishlab chiqarishiga bevosita o‘z hissasini qo‘shadigan barcha korxonalar faoliyatidir.
«Fermer xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining maqsadi qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish va unga xizmat qiluvchi tarmoqlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash; mehnat jarayonlarini bozor munosabatlarida rivojlantirish; mehnat unumdorligini oshirish; yer-suv hamda asosiy vositalaridan samarali foydalanishdan iboratdir. Fermer xo‘jaliklarining mahsulot ishlab chiqarishini, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini o‘rganishda qilinadigan tahlillar quyidagi usullar orqali ifodalanadi. Ushbu usullar yordamida ishlab chiqarishda ro‘y beradigan hodisalarni iqtisodiy baholaydi.
Statistik guruhlash usuli – yer fondidan ratsional foydalanish, mahsulot tannarxi, mehnat resurslari, mehnat unumdorligining o‘sishi, texnikalardan ratsioal foydalanish va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganadi. Bu usul yordamida ko‘rsatkichlarning tarkibi, bir-biriga bog‘liqligi, ko‘p yillik o‘sish darajasi, fermer xo‘jaligini yanada rivojlantirish istiqbollari aniqlanadi.
Monografik usul – tajriba almashish maqsadida xo‘jaliklarning umumiy va ayrim tarmoqlarining faoliyatini, ishlab chiqarish jarayonlarini, rivojlanish istiqbollarini aniqlab berishdan iborat.
Analitik hisob usuli – fermerlar faoliyatini tahlil qilish, fermer xo‘jaliklarining barcha tarmoqlarini rivojlantirish yo‘llarini belgilaydi.
|
| |