• Tuproqning tarkibiy unumdorligi
  • Tuproqning
  • Qishloq xo‘jaligi ekinlarining maydonlari dinamikasi
  • Jami: 3994,6 4194,2
  • Fermer xo‘jaliklarida yer maydonining o‘sishi (gektar hisobida)
  • Qishloq
  • Yerni iqtisodiy baholash va uning monitoringi
  • Yalpi mahsulot
  • Ball bonitetlari bo‘yicha asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarining kadastrli hisoblangan hosildorligi, s/ga
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet15/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Tuproq unumdorligi namlik sig‘imi, suv o‘tkazuvchanligi, mexanik, fizik, ximiyaviy, biologik tarkibi, ozuqa moddalarining umumiy zaxirasi bilan o‘lchanadi.

  • Tuproqning_tarkibiy_unumdorligi'>Tuproqning tarkibiy unumdorligi – yerga vaqtincha dam berish, daraxt barglari, yovvoyi o‘tlar tanalari, ildiz chirishi, dukkakli ekinlar ekish bilan tuproq ozuqasi boyitiladi.

  • Tuproqning sun’iy unumdorligi kishilarning o‘z mehnati va qo‘shimcha kapital sarflashi yo‘li bilan ozuqani ko‘paytirish tushuniladi.

    Yerning unumdorligini oshirish organik, mineral o‘g‘itlar, almashlab ekish, progressiv texnologiyalarni qo‘llash, agrotexnika, mehnat vositalari, ishlab chiqarish vositalaridan, rejalarni to‘g‘ri, real tuzish, sho‘rlanishga yo‘l qo‘ymaslik kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
    3.1.1-jadval.
    Qishloq xo‘jaligi ekinlarining maydonlari dinamikasi

    Donli ekinlar

    1173,8

    1008,1

    1614,0

    1666,5

    1615,2

    1616,5

    137,7

    Texnika ekinlari

    1912,1

    1876,3

    1512,5

    1516,8

    1517,7

    1476,9

    77,2

    shundan:






















    paxta

    1877,1

    1830,1

    1444,5

    1455,7

    1472,0

    1447,5

    77,1

    sabzavot,

    104,3

    140,2

    129,9

    137,6

    137,4

    154,2

    147,8

    kartoshka,

    23,3

    41,8

    52,2

    52,4

    49,6

    52,6

    225,4

    poliz ekinlari

    52,1

    79,8

    36,9

    35,0

    33,8

    37,0

    71,0

    Jami:

    3994,6

    4194,2

    3778,3

    3691,5

    3646,0

    3633,6

    90,9

    Respublika bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlari maydoni keyingi jadvalda keltirilgan.
    Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turubdiki, respublikaning ekin maydonlari 1980-yilni 2006-yilga nisbatan solishtirilganda 90,9 foizga kamaygan bo‘lsa, donli ekinlar 37,7%, sabzavot 147,8%, kartoshka 212,8 foizga oshdi. Paxta ekin maydonlari qariyb 429,6 ming gektarga kamaydi.
    Respublikadagi mavjud ekin maydonlaridan samarali foydalanishni bozor munosabatlarida tashkil etish mulkchilik munosabatlari asosida yerga va uning hosildorligini oshirishga qaratilgan. Qabul qilingan «Yer» kodeksi yerdan samarali foydalanishning huquqiy asoslarini yaratib bergan. Yerdan foydalanuvchi har bir fermer qonunda belgilangan tartib asosida yerdan foydalanishda tuproq unumdorligini va bonitet balini oshirmoqda.
    Bu tadbirlarni bajarishda fermer xo‘jaliklarining hissasi katta bo‘lib, ular yerdan samarali foydalanib kelmoqda. Shuning uchun fermer xo‘jaliklari soni va ularga biriktirilgan ekin maydonlari ortib bormoqda. Bu holat quyidagi diagrammada aks etgan.


    3.1.1-diagramma.
    Fermer xo‘jaliklarida yer maydonining o‘sishi (gektar hisobida)

    4953179



    3776100







    2935300













    2148000















    1591700













    1054700
    889600













    665600













    446500













    01506
























































































    1992
    yil
    19 98
    yil
    19 99
    yil
    2000
    yil
    2001
    yil
    2002
    yil
    2003
    yil
    2 004
    yil
    2 005
    yil
    2006
    yil

    1992-yilda fermer xo‘jaliklari 201 506 gektar yerda dehqonchilik qilgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 495 3179 gektarga yoki 25 baravarga oshdi. Chunki, fermerlar har bir gektar yerdan samarali foydalanib, yuqori hosil olishga va tuproq unumdorligini ko‘tarishga harakat qilmoqda.
    Qishloq xo‘jaligida yerdan samarali foydalanish quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:

    1. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida yer fondidan foydalanish darajasi (qishloq xo‘jalik yerlarining umumiy yer maydoniga nisbati).

    2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi (100 ga qishloq xo‘jalik yeriga yetishtirilgan mahsulot, pul va natura ko‘rinishida).

    3. Yerdan samarali foydalanish, har bir gektar yerdan olingan hosil, bir gektar yerga to‘g‘ri keladigan sof daromad, rentabelligi va hokazo.


      1. Yerni iqtisodiy baholash va uning monitoringi

    Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning qiymat bahosi (me’yoriy narxi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-may- dagi 120-sonli «1998-2000- yillarda qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohot- larni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq aniqlanadi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning qiymat bahosi mavjud me’yoriy ma’lumotlar asosida aniqlash uchun mo‘ljallangan.


    Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning me’yoriy baholari, banklar- dan ipoteka qarzlari berishda, xususiy turarjoylar qurish uchun yer ajratib berish va dehqon xo‘jaliklariga me’yordan ortiqcha yer ajratib berishda, yer solig‘i stavkalari miqdorini aniqlash, auksion orqali yer uchastkalarini sotish va qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda shu yerning dastlabki ba- hosini belgilash uchun qo‘llaniladi. Demak, yerlarning me’yoriy bahosi quyi- dagicha hisoblanadi:

    • xo‘jalikning ichki miqyosida; tuproq sifati (boniteti) bir xilda

    teng bo‘lgan ekin yerlari va boshqa qishloq xo‘jalik yerlarining alohida uchastkalari: bu holda yerning me’yoriy bahosi xo‘jalik ichidagi masalalarni yechish, dehqon va fermer xo‘jaliklariga, qurilishga, sug‘oriladigan yerlarni rekonstruksiyalashga va boshqa maqsadlarga yer ajratish uchun aniqlanadi;
    • umumiy miqyosda: qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning yer maydoni yoki qishloq xo‘jalik yerlarining asosiy turlari. Bu holda, yerning me’yoriy bahosi, yerga soliq solish stavkasi

    miqdorini hisoblab chiqish, banklardan yer uchastkalarini garovga qo‘yib kredit olish uchun aniqlanadi. Davlat rejalarini tuzish maqsadida yerning me’yoriy bahosini hisoblashning hududiy birligi tuman miqyosida yer uchastkalari, viloyat miqyosida esa ma’muriy tumanlar hisoblanadi.


    Yer uchastkasi – o‘z chegaralangan belgisi, maydoni, joylashish joyi, huquqiy strukturasiga (yer egasi, yerdan foydalanuvchisi va boshqalar) ega bo‘lgan yer sathining qismi.
    Shartli kadastrli gektar – hosildorligi paxta bo‘yicha gektariga 8 sentnerni tashkil qiluvchi, boniteti 20 balli, past sifat yerning mahsuldorlik me’yori.
    Tuproq bonitirovkasi – qishloq xo‘jalik ekinlari o‘sishini va ball bonitetlarda (100 balli tizim bo‘yicha) ifodalanish uchun, ularni ahamiyatliroq tabiiy xususiyatlari bo‘yicha klassifikatsiyalash.
    Yalpi mahsulot – maydon birligidan chiqqan jami dehqonchilik mahsulotlarining qiymatda ifodalanishi.
    Sof daromad – yalpi mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar o‘rtasidagi farq.
    Kadastrli hisoblangan hosildorlik – 100 ballik baholash shkalasi bo‘yicha 1 ball bahoga qabul qilingan s/ga hosildan kelib chiqib, qishloq xo‘jalik ekinlarining hisoblangan hosildorligi.


    3.2.1-jadval.
    Ball bonitetlari bo‘yicha asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarining kadastrli hisoblangan hosildorligi, s/ga

    bonitetlari
    10

    4


    6


    20


    makkajo‘xori
    7,5

    o‘tlar
    30

    mevalilar
    90

    20

    8

    12

    40

    15

    60

    180

    30

    12

    18

    60

    22,5

    90

    270

    40

    16

    24

    80

    30

    120

    360

    50

    20

    30

    100

    37,5

    150

    450

    60

    24

    36

    120

    45

    180

    540

    70

    28

    42

    140

    52,5

    210

    630

    80

    32

    48

    160

    60

    240

    720

    90

    36

    54

    180

    67,5

    270

    810

    100

    40

    60

    200

    75

    300

    900

    1 gektar sug‘oriladigan yerdan olinadigan sof daromad quyidagicha aniqlanadi:
    CHDn VPn Pn ;
    100
    Bunda: CHDn 1 ga sug‘oriladigan yerning me’yoriy sof daromadi; VPn 1 ga sug‘oriladigan yerning me’yoriy yalpi mahsuloti;
    Rn har xil sifatli yerlar foizidan hosil bo‘lgan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining hisoblangan daromadi me’yori.

    Asosiy ekinlarni birga qo‘shish bo‘yicha me’yoriy yalpi hosilni hisoblash quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:



    • yerni baholayotgan obyektning ekin maydonlari tarkibi va shu ekinlarni sotish baholari bo‘yicha o‘rtachasini qo‘llab;

    • umumiy ekin maydonidagi ekinlar bo‘yicha baholar hisoblab chiqilib, quyidagi tartibda hisoblanadi:




    X R Z R K R
    X Z K;
    Bunda: X 1 gektardagi paxta xomashyosining qiymati; Z 1 gektardagi don mahsulotining qiymati;
    K 1 gektardagi ozuqa ekinining qiymati;
    R ekinlarning foiz (%) hisobidagi solishtirma miqdori.

    Sug‘oriladigan 1 gektar yerning me’yoriy bahosi quyidagicha aniqlanadi:







    Sn
    CHDn K
    P ;

    Bunda: Sn sug‘oriladigan yerning 1 gektarining me’yoriy bahosi;
    CHDn sug‘oriladigan yerning 1 gektaridan olinadigan me’yoriy sof foyda; P kapitalga bank qo‘yadigan ssuda foizi;
    K qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida, xo‘jalik yuritish mavqei va in- tensivlik darajasini hisobga oluvchi koeffitsiyent.

    Respublikadagi barcha yerlar xalqimiz farovonligining asosidir. Undan faqat bugunni emas, kelajak avlodlarning manfaatini ko‘zlab, ilmiy asoslan- gan holda oqilona, samarali foydalanish, uni muhofaza etish umummilliy



    dolzarb masala hisoblanadi. Bu vazifani hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2000-yil 23-dekabrida «Yer monitoringi to‘g‘risidagi Nizom»ni tasdiqladi. Yer monitoringi respublika yer fondidagi bar- cha o‘zgarishlarni o‘z vaqtida ilmiy asoslangan holda aniqlash, yerlarga baho berish (sifat hamda iqtisodiy jihatdan), ularga ta’sir etuvchi salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini izchil tugatish maqsadida yerning holatini kuzatib borish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlar tizimidan iboratdir. Respublikaning barcha yer- lari monitoring obyekti hisoblanadi.
    Yer monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, respublikadagi boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tash- kilotlarning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi.
    O‘zbekiston Yer resurslari davlat qo‘mitasi zimmasiga vazirliklar va idoralar faoliyatini va yer monitoringi ma’lumotlarini umumlashtirishdek muhim vazifa yuklatilgan. «O‘zdavyerloyiha» institutining Yer kadastri sho‘ba korxonasi yer monitoringi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha qishloq xo‘jalik yerlari tup- roq monitoringini amalga oshirish uchun tuproqshunoslik tadqiqotlariga oid to‘plangan barcha ma’lumotlarni umumlashtirib, monitoring tadqiqotlarini olib borish maqsadida respublika, viloyatlar hamda tumanlar hududida asosiy may- donlarni tanlash va ularni asoslash; vaqt o‘tishi bilan tuproqlarning asosiy xusus- iyatlari o‘zgarganligini isbotlovchi ma’lumotlarni teran va to‘liq tahlil etish; tad- qiqot olib boriladigan asosiy hamda ekologik maydonlarda tuproqlarning holati- ni isbotlovchi ko‘rsatkichlar majmuasini asoslash, tashkil etish hamda yuritish; tuproqning holatini kuzatish, unga oid ma’lumotlarni sifatli to‘plash hamda ular- ga o‘zgartirishlar kiritish ishlarini olib boradi. Buning uchun qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarini suv va shamol eroziyasi ta’siri oqibatida o‘zgarishi monitor- ingi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlari sho‘rlanganlik darajasining o‘zgarish jara- yoni monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlari og‘ir metallar bilan zahar- langanlik hamda zaharlanganlik darajasining o‘zgarishi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarining texnogen o‘zgarishi monitoringi; neft mahsulotlari salbiy ta’siri natijasida tuproqlarning ifloslanishi monitoringi; barcha o‘simliklarning og‘ir metallar bilan zaharlanish darajasi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarining gerbitsid v pestitsidlar bilan zaharlanish darajasi monitoringi; mineral o‘g‘itlardan foydalanish natijasida tuproqlar tarkibidagi o‘zgarishlar monitoringi amalga oshiriladi.
    Yer monitoringi yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, yerlarga
    baho berish, salbiy jarayonlarining oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer
    fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat. Davlat yer kadastri yurit- ishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.
    O‘zbeiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Yer» kodeksiga binoan, yer umummilliy boylik bo‘lib, davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Yerdan dav- latning chiqargan qonunlari asosida har bir fuqaro va korxona foydalanish huquqiga ega. Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jaligida shirkat xo‘jaliklariga doimiy foydalanish uchun, dehqon xo‘jaliklari yerdan meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish, fermer xo‘jaliklari uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi berilgan. Qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi subyektlar, har bir gektar yerdan qonun hujjatlari asosida samarali foydalanishi lozim.


      1. Download 1,43 Mb.
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122




    Download 1,43 Mb.