• Qonunning 23-moddasida
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet13/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Qonunning 8-moddasi fermer xo‘jaligining Nizomi to‘g‘risida bo‘lib, ustavning mohiyati, mazmuni, fermer xo‘jaligini boshqarish, ishlab chiqarishni tashkil etish, fermerning huquq va majburiyatlari, xo‘jalikni qayta tashkil etish yoki tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-oktabrdagi 476-sonli Qarori bilan «Fermer xo‘jaligining namunaviy Nizomi» tasdiqlangan. Ushbu hujjat orqali har bir fermer o‘zining sharoiti, ixtisosligini hisobga olgan holda fermer xo‘jaligining Nizomini qabul qiladi.
    Qonunning 23-moddasida Ishlovchilarni mehnatga jalb qilish, haq to‘lash, sug‘urta badallarini to‘lash kabi umumiy qoidalar belgilangan. Ularni qanday rasmiylashtirish va amalga oshirish bo‘yicha «Mehnat» kodeksidan hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-oktabrdagi 476-sonli Qarori bilan
    «Fermer xo‘jaligi xodimlarini yollash to‘g‘risidagi namunaviy shartnoma» tasdiqlangan hujjatdan foydalaniladi.





    1-rasm. Fermer xo‘jaligida qonun hujjatlaridan foydalanish tartibi.
    Fermer xo‘jaligi tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarni sotish, moddiy ta’minot va servis xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlari «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan bo‘lib, uni tashkil etish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-oktabrdagi 476-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Namunaviy kontraktatsiya shartnomasi», «Moddiy- texnika resurslari yetkazib berishga namunaviy shartnoma», «Xizmatlar ko‘rsatishga (Ishlarni bajarishga) namunaviy shartnoma» hujjatlarida aks ettirilgan. Fermer xo‘jaligi faoliyatini yuritish jarayonida qo‘llanadigan me’yoriy hujjatlardan foydalanishda birinchi navbatda qonunlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan yoki Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan qonunosti hujjatlarini o‘rganib chiqishlari va tegishli moddaning asl mohiyatini bilib olishi lozim. Shundan
    keyin o‘zining huquq va majburiyatlarini talab qilishlari mumkin.









    Download 1,43 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122




    Download 1,43 Mb.