Microsoft Word 2022-2 !˚˛ Doi




Download 251.87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.04.2024
Hajmi251.87 Kb.
#186969
Bog'liq
GASTRONOMIK TURIZM TUSHUNCHASINING PAYDO BOLISHI
BEK, zbekstan m mleketlik k rkem ner h m m deniyat institut N kis , Amir Temur mashhur yetti yillik yurishdan(1399-1404) g’alaba bil-www.hozir.org, Global To’rtta bir-biri bilan bog’langan bog’lamlar strukturasi , DTQvaE — копия, ZDAF21015


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
FarDU. 
ILMIY 
XABARLAR- 
1995 yildan nashr etiladi 
Yilda 6 marta chiqadi 
НАУЧНЫЙ 
ВЕСТНИК.
ФерГУ 
Издаётся с 1995 года 
Выходит 6 раз в год 



2022/№2 
FarDU. ILMIY XABARLAR – НАУЧНЫЙ ВЕСТНИК.ФЕРГУ 
Muassis: Farg‘ona davlat universiteti. 
«FarDU. ILMIY XABARLAR – НАУЧНЫЙ 
ВЕСТНИК. ФерГУ» “Scientific journal of the Fergana State 
University”
jurnali bir yilda olti marta elektron shaklda nashr 
etiladi. 
Jurnal filologiya, kimyo hamda tarix fanlari bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 
doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish 
tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Jurnaldan maqola ko‘chirib bosilganda, manba 
ko‘rsatilishi shart. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy 
kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2020 yil 2 
sentabrda 1109 raqami bilan ro‘yxatga olingan. 
Muqova dizayni va original maket FarDU 
tahririy-nashriyot bo‘limida tayyorlandi. 
Tahrir hay’ati 
Bosh muharrir
SHERMUHAMMADOV B.SH. 
Mas’ul muharrir
ZOKIROV I.I 
FARMONOV Sh. (O‘zbekiston) 
BEZGULOVA O.S. (Rossiya) 
RASHIDOVA S. (O‘zbekiston) 
VALI SAVASH YYELEK (Turkiya) 
ZAYNOBIDDINOV S.( O‘zbekiston) 
JEHAN SHAHZADAH NAYYAR (Yaponiya) 
LEEDONG WOOK. (Janubiy Koreya) 
A’ZAMOV A. (O‘zbekiston) 
KLAUS XAYNSGEN (Germaniya 
BAXODIRXONOV K. (O‘zbekiston) 
G‘ULOMOV S.S. (O‘zbekiston) 
BERDISHEV A.S. (Qozog‘iston) 
KARIMOV N.F. (O‘zbekiston) 
CHESTMIR SHTUKA (Slovakiya) 
TOJIBOYEV K. (O‘zbekiston) 
Tahririyat kengashi 
QORABOYEV M. (O‘zbekiston) 
OTAJONOV S. (O‘zbekiston) 
O‘RINOV A.Q. (O‘zbekiston) 
KARIMOV E. (O‘zbekiston) 
RASULOV R. (O‘zbekiston) 
ONARQULOV K. (O‘zbekiston) 
YULDASHEV G. (O‘zbekiston) 
XOMIDOV G‘. (O‘zbekiston) 
DADAYEV S. (O‘zbekiston) 
ASQAROV I. (O‘zbekiston) 
IBRAGIMOV A.(O‘zbekiston) 
ISAG‘ALIYEV M. (O‘zbekiston) 
TURDALIYEV A. (O‘zbekiston) 
AXMADALIYEV Y. (O‘zbekiston) 
YULDASHOV A. (O‘zbekiston) 
XOLIQOV S. (O‘zbekiston) 
MO‘MINOV S. (O‘zbekiston) 
MAMAJONOV A. (O‘zbekiston)
ISKANDAROVA Sh. (O‘zbekiston) 
SHUKUROV R. (O‘zbekiston) 
YULDASHEVA D. (O‘zbekiston) 
JO‘RAYEV X. (O‘zbekiston) 
KASIMOV A. (O‘zbekiston) 
SABIRDINOV A. (O‘zbekiston) 
XOSHIMOVA N. (O‘zbekiston) 
G‘OFUROV A. (O‘zbekiston) 
ADHAMOV M. (O‘zbekiston) 
XONKELDIYEV Sh. (O‘zbekiston) 
EGAMBERDIYEVA T. (O‘zbekiston) 
ISOMIDDINOV M. (O‘zbekiston) 
USMONOV B. (O‘zbekiston) 
ASHIROV A. (O‘zbekiston) 
MAMATOV M. (O‘zbekiston) 
SIDDIQOV I. (O‘zbekiston) 
XAKIMOV N. (O‘zbekiston) 
BARATOV M. (O‘zbekiston)
Muharrir: 
Sheraliyeva J. 
Tahririyat manzili: 
150100, Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy.
Tel.: (0373) 244-44-57. Mobil tel.: (+99891) 670-74-60 
Sayt: www.fdu.uz. Jurnal sayti 
Bosishga ruxsat etildi:
Qog‘oz bichimi: - 60×84 1/8 
Bosma tabog‘i:
Ofset bosma: Ofset qog‘ozi.
Adadi: 10 nusxa 
Buyurtma №
FarDU nusxa ko‘paytirish bo‘limida chop etildi. 
Manzil: 150100, Farg‘ona sh., Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy. 
Farg‘ona, 
2022.



2022/№2 
K.Kodirov 
O‘zbekiston Respublikasida mahkumlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish ............................................. 118 
B.Jumayev 
Gаstronomik turizm tushunchаsining pаydo bo‘lishi vа uning tаrixiy аsoslаri ................................................ 122 
U.Usarov
Rossiya imperiyasi rasmiy amaldorlari va taftish komissiyalarining Turkistondagi yer-suv munosabatlariga 
doir faoliyatiga oid ba’zi mulohazalar .............................................................................................................. 129 
SH.Tosheva 
VIII – XII asrlarda O‘rta Osıyo shaharlarıda kasbıy o‘zlıknıng o‘zıga
xos xususıyatları ............................................................................................................................................. 133 
A.Sabirdinov
Tuganmas ilhom manbai ................................................................................................................................ 138 
Q.Yo‘lchiyev
Lirik janr haqida ba’zi mulohazalar ................................................................................................................. 142 
G.Mashrapova
Safar semantikasi va genezisiga doir ayrim mulohazalar .............................................................................. 148 
SH.Jumanova
Usmon Azim she’riyatida kuz motivi ............................................................................................................... 151 
E.Shevchenko
O‘zbek adabiyot sharhi: boshlanish davridan hozirgi kungacha .................................................................... 155 
G.Nazarova
Ingliz hаmdа o‘zbek аdаbiyotidа mifologik obrаzlаrning mifologizаtsiyasi vа
ulаrning o‘zigа xosligi ...................................................................................................................................... 161 
D.Xusenova
Lev Tolstoyning hayoti va ijodiy faoliyatida sharqning o‘rni ............................................................................ 165 
X.Maxsudova, SH.Shahobiddinova 
Эргонимларнинг лексик-семантик хусусиятлари ....................................................................................... 169 
N.Аchilova 
Nemis vа o‘zbek tillаridа fаunаgа oid frаzeologizmlаr tаsviri ......................................................................... 173 
Sh.Sultonova, O.Usmonov
Diniy frazeologizmlarning ichki shakli dinamik hodisa sifatida ....................................................................... 178 
Z.Akbarova, G.Sodiqova 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ko‘p ma’noli so‘zlarni o‘rgatishning psixofiziologik va
psixolingvistik asoslari .................................................................................................................................... 182 
I.Saydamatov
Ingliz vа o‘zbek tillаridа frаzeologik tizimlаrning o‘zigа xos xususiyatlаri ....................................................... 186 
Sh.Amonturdieva 
Diniy uslubni yuzaga keltiruvchi ekstralingvistik omillar ................................................................................ 191 
M.Batirxanova
Somatik frazeologizmlarning tarjima masalalarida pragmatik 
funktsiyalarining tadqiqi .................................................................................................................................. 195 
N.Djalilova
Nofilologik oliy o‘quv yurtlarida talabalarni chet til o‘qitish kommunikativ
kompetentsiyasi .............................................................................................................................................. 199 
A.Zinatullina 
O‘zbek va fransuz tillarini tarjima qilishdagi qiyinchiliklar ............................................................................... 203 
A.O‘rinov, M.Azizov 
Yuqori juft tartibli xususiy hosilali differensial tenglama uchun to‘g‘ri to‘rtburchakda boshlang‘ich-chegaraviy 
masala ............................................................................................................................................................ 207 
K.Xalilov 
Singulyar koeffitsiyentli parabolo-giperbolik tenglama uchun integral shart 
va Bitsadze-Samarskiy sharti qatnashgan masalalar ..................................................................................... 225 
T.Xasanov 
Davriy cheksiz zonali funksiyalar sinfida manbali yuklangan Korteveg-de Friz tenglamasiga qo‘yilgan koshi 
masalasi .......................................................................................................................................................... 232 
MATEMATIKA
ADABIYOTSHUNOSLIK
TILSHUNOSLIK


Ijtimoiy gumanitar fanlar
TARIX 
122 
2022/№2 
UDK: 328 (575.1) 
DOI: 
10.56292/SJFSU/vol28_iss2/a23
GАSTRONOMIK TURIZM TUSHUNCHАSINING PАYDO BO‘LISHI VА UNING TАRIXIY 
АSOSLАRI 
ПРОИСХОЖДЕНИЕ ПОНЯТИЯ ГАСТРОНОМИЧЕСКИЙ ТУРИЗМ И ЕГО 
ИСТОРИЧЕСКАЯ ОСНОВА 
THE ORIGIN OF THE CONCEPT OF GASTRONOMIC TOURISM AND ITS HISTORICAL 
BASIS 
Jumayev Buron Ulugʼmurotovich
1
1
Jumaev Buron Ulugʼmurotovich 
− O‘z RFА huzuridagi O‘zbekistonning eng 
yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-
metodik markazi tayanch doktoranti. 
Аnnotatsiya 
Ushbu maqoladan ko‘zlangan asosiy maqsad gastronomik turizmning kelib chiqishi va uning mohiyatini keng yoritib 
berishdan iborat, chunki, bugungi kunda dunyoning rivojlangan juda ko‘plab davlatlarida turizmning asosiy turi sifatida 
gastronomik turizm etirof etilmoqda, negaki gastronomik turizm sohasini jadal rivojlantirish iqtisodiy o‘sishning muhim omili 
sanaladi. Shu tufayli gastronomik turizmni rivojlantirish nazariy-uslubiy va amaliy jihatlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib 
borish dolzarb masala hisoblanadi.
Ushbu tadqiqot ishida asosan xranalogik usuldan shu bilan birga absrakt-mantiqiy tahlil, tizimli tahlil, qiyosiy tahlil 
usullaridan foydalanilgan.
Gastronomik turizmning tarixiy ildizlari, hamda bugungi kunda bu borada xorijiy mamlakatlar hamda O‘zbekistonda olib 
borilayotgan ilmiy va amaliy jarayonlar solishtirma misollar bilan ko‘rib chiqilgandan so‘ng, gastronomik turizmni rivojlantirish 
hozirgi kunda qanchalik zarur ekanligi va buning uchun gastronomik turizmni ommalashtirish va bu borada yuqori 
tashabbuslarni ilgari surush, yurtimizda bu sohadagi bilim darajalarni oshirish, mahalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari, 
ommaviy axborot vositalarini bu sohaga jalb qilish, uzoq muddatga mo‘ljallangan rejali o‘quv va ishchi dasturlarni ishlab chiqish, 
halqaro hamkorliklarni yanada kengaytirish lozim degan xulosaga kelindi. 
Аннотация 
Основная цель данной статьи - пролить свет на происхождение и сущность гастрономического туризма, 
так как гастрономический туризм в настоящее время признан основным видом туризма во многих развитых 
странах, так как бурное развитие гастрономического туризма является важным фактором экономического роста. 
Поэтому важно проводить исследования теоретических, методологических и практических аспектов развития 
гастрономического туризма. 
В данной исследовательской работе использовался преимущественно хиранологический метод, а также 
абстрактно-логический анализ, систематический анализ, сравнительный анализ. 
После рассмотрения исторических корней гастрономического туризма, а также современных научно-
практических процессов в зарубежных странах и Узбекистане, необходимости развития гастрономического 
туризма и популяризации гастрономического туризма был сделан вывод о том, что необходимо продвигать 
инициативы, повышать уровень знаний в этой области в нашей стране, привлекать местные органы власти, 
общественные организации, СМИ в эту сферу, разрабатывать долгосрочные плановые учебные и рабочие 
программы, еще больше расширять международное сотрудничество.
Abstract 
The main purpose of this article is to shed light on the origin and essence of gastronomic tourism, as gastronomic 
tourism is now recognized as the main type of tourism in many developed countries, as the rapid development of gastronomic 
tourism is an important factor in economic growth. Therefore, it is important to conduct research on the theoretical, 
methodological and practical aspects of the development of gastronomic tourism. 
In this research work abstract-logical analysis, systematic analysis, comparative analysis have been used. 
Аfter reviewing the historical roots of gastronomic tourism, as well as the current scientific and practical processes in 
foreign countries and Uzbekistan, the need for the development of gastronomic tourism and the promotion of gastronomic 
tourism in this regard. It was concluded that it is necessary to promote initiatives, increase the level of knowledge in this area in 
our country, involve local authorities, public organizations, the media in this area, develop long-term planned training and 
working programs, further expand international cooperation.
Kalit so‘zlar: gastronomikturizm, tarix, pazandalikturizmi, oziq-ovqatvaichimlik, oshxona, taomlar, sayyohlar, 
oshpazlik. 
Ключевые слова: гастрономический туризм, история, кулинарный туризм, еда и напитки, кухня, кухня, 
туристы, кулинария. 
Key words: gastronomic tourism, history, culinary tourism, food and beverage, cuisine, cuisine, tourists, cooking. 
KIRISH. Bugungi kunda turizm sohasi xizmat ko‘rsatish sohasining eng istiqbolli va jadal 
rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Turizm sohasi XX asrning oxiridan boshlab 


Ijtimoiy gumanitar fanlar 
TARIX 
123 
2022/№2 
dunyoning ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida aholi daromadning asosiy tarkibiy 
qismlaridan biriga aylandi.
Turizm tarmogʼining rivojlanishini hisobga olib, turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasida ham 
«dam olish, bo‘sh vaqt va muntazam berib boriladigan, haq to‘lanadigan taʼtil, shuningdek, bu vaqtni 
dam olish uchun sarflash, taʼlim olish va o‘yin-kulgi bilan o‘tkazish maqsadida erkin yurish, ichki va 
halqaro turizmdan olinadigan neʼmatlardan foydalanish»[1] huquqini beruvchi qoida belgilab qo‘yilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev turistik imkoniyatlar haqida quyidagilarni keltirib 
o‘tgan edi: “Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri bu 
turizmdir. O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi[2].”
Bugungi kunda turistlarning qanday sabablar bilan tashrif buyurishiga qarab ko‘plab turlari 
mavjud hisoblanadi: Gastronomik turizm, ekoturizm, agroturizm, sport turizmi, madaniy turizm, ziyorat 
turizmi, taʼlim turizmi va boshqalar. Ushbu sanab o‘tilgan turizm turlarining barchasi bilan bevosita 
bogʼliq bo‘lgan turizm turi borki, bu ham bo‘lsa, gastronomik turizmdir. Gastronomik turizmda bugungi 
kunda turistlarning ovqatlanish bilan bogʼliq xarajatlari 30–40 % ini tashkil qiladi[3]. 
Shu o‘rinda biz ushbu ilmiy ishimizda gastronomik turizm haqida to‘xtalib, uning turizm 
sohasidagi o‘rni va roli, bogʼliqliklari, kelib chiqish tarixi, bugungi kundagi holati haqida alohida keltirib 
o‘tmoqni maqsad qildik. Chunki, har bir yurtga tashrif buyirgan har qanday turist mehmon hisoblanadi, 
mehmon esa albatta shirin so‘z va mazzali taomlar bilan kutib olinadi, uyimizga kelgan mehmonni 
birinchi galda chiroyli dasturxon yozish bilan siylaymiz, yurtimizga tashrif buyirgan har bir sayyoh ham 
biz uchun mehmon hisoblanadi shunday ekan, ovqatlanish bilan bogʼliq bo‘lgan turizm katta eʼtibor va 
zamonaviy tajribalarni talab etadi. Hozirda gastronomik turizm boshqa turizm turlari qatori jahon 
miqyosida ham ommalashmoqda. Uning ulkan salohiyatini anglagan holda, ko‘plab mamlakatlar 
o‘zlarining ichki oshxonalarining sehrli sirini butun dunyoga ommalashtirish, uni sotish va shu orqali 
jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib borish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatmoqdalar. Yurtimizga tashrif 
buyuruvchi turistlarning asosiy maqsadi gastronomik sayohat bo‘lmasligi mumkin, ammo har bir turist 
kundalik ehtiyojdan kelib chiqib taom va ichimlik turlari bilan bevosita istemolda bo‘lishadi va bu 
gastronomik turizmga borib tarqaladi. Biz avvalo gastronomik turizmning tarifi bilan yaqindan tanishib 
olsak o‘ylaymanki maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Gastronom so‘zining kelib chiqishi quydagicha talqin etiladi (yunonchadan "Gastros" - 
oshqozon, "nomos" - qonun, taʼlimot,) degan maʼnoni anglatib, bugungi kunda bu atama maʼnosi faqat 
uning etimologik kelib chiqishi bilan bogʼlanadi. Shundan kelib chiqib, gastronomik turizmni fan sifatida 
oladigan bo‘lsak, "Oziq–ovqat do‘koni", – ovqatlanish va madaniyat o‘rtasidagi bogʼliqlikni o‘rganadigan 
fan[4] deb tarif berishimiz mumkin. Gastronomik turizm atamasi ham soha mutaxassislari tomonidan bir 
qancha tariflar bilan keltirilgan: 
– bu milliy taomlar, mahsulotlar, ichimliklar bilan tanishish uchun turli mamlakatlarga sayohat 
qilish[5].
– bu mamlakatning milliy oshxonasi, oshpazlik xususiyatlari anʼanalari, ishlab chiqarish va 
tayyorlash xususiyatlari ovqatlar va idishlar, shuningdek, kasbiy bilimlarni o‘qitish va takomillashtirish 
uchun sayohat qilish[6].
–bu asosiy maqsadi mamlakat yoki mintaqaning milliy taomlari bilan tanishish, mahsulotlar 
xususiyatlari, texnologiya, pishirish, shuningdek, oshpazlik bilim darajasini oshirish bo‘lgan faoliyatdir[7].
– bu hududlar, dunyo bo‘ylab sayohat qilish va mahalliy taomlar bilan tanishish, oshpazlik urf–
odatlari, shuningdek, o‘ziga xos taʼmini ko‘rish uchun tashrib buyurish[8].
Yuqoridagi taʼriflardan kelib chiqib, gastronomik turizm – bu biror bir shaxs yoki jamoaning milliy 
taomlar va ichimliklarni tatib ko‘rib, undan rohatlanish yoki shifo topish uchun hamda ushbu mahsulotni 
ishlab chiqarish usullari, oshpazlik sirlari, pishirish texnologiyalarini o‘zlashtirish shuningdek, har bir 
hududga xos bo‘lgan taom yoki ichimliklarni farqlash va ularni taqqoslash maqsadida bir hududdan 
ikkinchi hududga yoki bir davlatdan ikkinchi davlatga tashrif buyurish degan umumiy tarifni berishimiz 
mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, gastronomik turizmning asosiy maqsadlaridan biri bu– u yoki bu mamlakat 
oshxonasining xususiyatlari bilan tanishishdan iborat bo‘lib, bunda bir nechta tansiq taomlarni tatib 
ko‘rish yoxud ko‘plab taomlarni isteʼmol qilish bilan birga, balki asrlar davomida saqlanib kelingan 
mahalliy retseptlarni va urf-odatlarni o‘zida jamlagan milliy taomlardan bahra olish va ularni tayyorlanish 
madaniyati hamda milliyligini saqlab qolgan holda uni kelajak avlodlarga yetkazishdan iborat desak, 
xato bo‘lmaydi .


Ijtimoiy gumanitar fanlar
TARIX 
124 
2022/№2 
BMT tarkibiga kiruvchi Jahon sayyohlik tashkilotining (YuNWTO) Oziq-ovqat turizmi bo‘yicha 
hisobotiga ko‘ra, sayohatchilarning 79 foizi gastronomik hodisalar taqvimi va mahalliy oshxonaning 
o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib chiqqandan so‘ng, sayohat marshrutini rejalashtirishadi. Tadqiqotga 
ko‘ra, har uchinchi sayyoh milliy oshxonani sayohat qilish muhim deb biladi[9]. Ushbu statistik 
maʼlumotlardan ko‘rinib turibdiki, turizmning bu tarmogʼi eng ilgʼor tarmoq hisoblanadi. 
Jahon oziq-ovqat turizmi assotsiatsiyasining 2016-yilgi tadqiqotiga ko‘ra, barcha sayyohlarning 
93 % ini gastronomik sayyohlar deb hisoblash mumkin, chunki ular milliy taomlar retseptlari va 
boradigan joyning mahalliy aholisi urf-odatlari va milliyligiga ko‘proq qiziqishgan[10]. Turli hududlarga 
tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun oziq-ovqat va ichimliklarni isteʼmol qilish nafaqat manzilda muhim 
ahamiyatga ega, balki bugungi kunda juda ko‘p oziq-ovqat va ichimliklarni esdalik sifatida uyga olib 
borish ham borgan sari ommalashib bormoqda, bu asosan tashqi turistlarga xos sanaladi. Shu o‘rinda 
gastronomik turizmni hududiy jihatdan ikki turga bo‘lish mumkin bo‘ladi: ichki va tashqi gastronomik 
turizm. 
Ichki (mahalliy) gastronomik turistlar sayohatni asosan aniq reja asosida amalga oshiradi, yaʼni 
boriladigan joydagi taomlardan avvaldan xabardor bo‘ladi. Qolaversa, bugungi kunda mamlakat bo‘ylab 
sayohat qilib yoshlarni pazandalikka o‘rgatish maqsadida turli o‘lkalarga olib chiqish va u yerdagi 
mahalliy taomlarni o‘z hududiga olib kirish uchun ichki gastronomik turizm muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tashqi gastronomik turizm sayohatchilari esa ko‘proq aniq bo‘lmagan asosda o‘zlariga yangilik 
topish va qiziqish yuzasidan amalga oshiradi. Аmmo iqtisodiy tomonlama tashqi gastronomik turizmdan 
keladigan daromad, ichki gastronomik turizmdan keladigan daromaddan yuqori turadi.
Аgar biz gastronomik turizm tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uzoq tarixga borib taqalishini 
kuzatishimiz mumkin. Masalan: eng qadimgi odamlar yashash uchun o‘zlariga ozuqa topish maqsadida, 
turli o‘lkalar bo‘ylab kezib yurib, hayvonlar va qushlarni ovlaganlar, turli xil mevali daraxtlarni hamda 
insonlar istemol qiladigan o‘simliklarni terib, isteʼmol qilib kun kechirishganligidan boshlab kuzatishimiz 
mumkin bo‘ladi. Ular o‘zlari uchun qayerda mo‘l-ko‘l, serob va lazzatli hamda foydali oziq-ovqatlar 
bo‘lsa, o‘sha hududlarga muntazam qatnab turishgan va makon qurishgan Bu vaqtlarda ovqatlanish 
bo‘yicha maʼlum bir vaqt yoki meʼyoriy qoidalar mavjud bo‘lmagan, yemoq yoki ichmoq uchun mahsulot 
qachon topilsa, o‘sha vaqtda iste’mol qilinavergan. Ovqatlanish yoki oshpazlik sanʼati Miloddan avvalgi 
III asrda dastlab Yunonistonda, so‘ngra Rimda rivojlana boshladi. Yunonlar singari, rimliklar ham kuniga 
uch mahal ovqatlanishga odatlanganlar. Rimda asosiy taomlar turli xil go‘sht yoki baliq ovqatlaridan 
tashqari, sabzavot va barcha turdagi o‘tlarni asal va shirinliklarni o‘z ichiga olgan. Rimda sabzavotli 
dasturxon yunonlarga qaraganda ko‘proq edi. Rimliklar cho‘chqa va echki go‘shtini yuqori ishtaha bilan 
isteʼmol qilganlar, ov, parranda va baliqlar juda qadrli bo‘lganlar, parrandachilik yuqori darajada 
rivojlangan. Qadimgi davrlarda rimliklar stolda nonushta va kechki ovqatni isteʼmol qilishgan. 
Keyinchalik, ovqat paytida, erkaklarda karavotda stol yonida yonboshlash odatlari paydo bo‘lgan. 
Stollarga sharob, tuz va sirka solingan idishlar doimiy qo‘yilgan.
Qadimgi odamlar qanday ovqatlanishganligi, ularning oziq-ovqatlari, avvalambor, mamlakatning 
iqtisodiy xususiyatlariga, yerning unumdorligiga va chorvachilikning rivojlanish darajasiga bogʼliq 
bo‘lgan, yangi mahsulotlar va idishlarning paydo bo‘lishi esa bevosita ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarga, 
boshqa mamlakatlar bilan aloqalarning kengayishiga va tashqi savdoning o‘sishiga bogʼliq bo‘lgan. 
Bu kabi misollarni jahonning barcha mamlakatlarida shuningdek, O‘zbekiston hududidagi sayr–
sayohatlar bayon qilingan juda ko‘p manbalarda uchratishimiz mumkin. Tarixiy rivoyatlarda 
keltirilishicha, hatto Аleksandr Makedonskiy ham O‘rta Osiyoga umrni uzaytiruvchi, insonni qayta 
yoshartiruvchi "tilsimli suv" qidirib kelgan degan maʼlumotlar uchraydi[11]. Shu o‘rinda Buyuk Ipak 
yo‘lida sharq bilan gʼarbni bogʼlovchi asosiy savdo yo‘li sifatida turli xil buyumlar bilan bir qatorida oziq-
ovqat mahsulotlari ham olib o‘tilgan va bu o‘sha davr gastronomik turizmida o‘rni katta bo‘lgan. 
Masalan, O‘rta Osiyoga Xitoydan guruch keltirilgan va bu yerdan esa Xitoyga uzum, yongʼoq, anor va 
boshqa dehqonchilik mahsulotlari olib borilgan. 
Аjdodlarimizning sayr–sayohatlari haqida maʼlumotlar borasida “Go‘ro‘gʼli”, “Аlpomish”, “Qirq 
qiz” kabi o‘nlab dostonlar, “Boburnoma” kabi badiiy, ilmiy asarlarda ham ovqatlanish bilan bogʼliq 
ko‘plab misollarni ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, “Boburnoma” asarida Zahiriddin Muhammad 
Boburning Hindistonda turib yurtimizdagi tabiat neʼmatlari haqida aytgan maqtov so‘zlarini esga olish 
kifoya.
Dunyodagi ko‘plab sayohatchilar ham aynan gastroturistlar bo‘lgan. Marko Polo yoki Аfanasiy 
Nikitin kabi tadqiqotchilar notanish aholi punktlarida mahalliy taomlarni isteʼmol qilishga eʼtibor 
berganlar[9]. Ular o‘zlarining sayohatlarida oziq-ovqatni nimalarda va qanday qilib kuzatish kerakligi 
haqida tavsiyalar berishgan. Masalan, 1548-yilda Ortensio Lando gastronomik turizmning dastlabki 


Ijtimoiy gumanitar fanlar 
TARIX 
125 
2022/№2 
kashfiyotchilaridan biri bo‘lib, o‘z adabiyotida taxminiy mehmon uchun Italiyaning shimolga Sitsiliyadan 
Аlp togʼlariga sayohat qilishni taklif qildi va qaerda to‘xtab, mahalliy ovqatlanishni tavsiya qildi[12]. 
Frantsuz tabiatshunosi Jan Florimond Budon de Saint-Аmants 1789-yilda Pireneyda sayohat paytida 
duch kelgan ovqatlar haqida yozgan va bu hozirgi vaqtda Frantsiyadagi sayohatlarning hisobotlaridan 
biri bo‘lib qolgan. 1801-yilda ikki boy amerikalik АQShning uchinchi prezidenti Tomas Jeffersondan 
sayohat bo‘yicha maslahat so‘rab murojaat qilganida, ularga Frantsiya sharoblari haqida eslatib, borib 
ko‘rishga arziydigan diqqatga sazovor joylar haqida ham maʼlumot bergan[13].
Sayyohlarni gastronomik jihatdan ikki turga ajratishimiz to‘gʼri bo‘ladi: 
– 
birinchi turga turistlar to‘gʼridan-to‘gʼri gastronomik turizm sayohatini uyushtiradi; bunda 
biror-bir shaxs yoki jamoaning milliy taomlar va ichimliklarni tatib ko‘rib, undan rohatlanish yoki shifo 
topish uchun hamda ushbu mahsulotni ishlab chiqarish usullari, oshpazlik sirlari, pishirish 
texnologiyalarini o‘zlashtirish maqsadida bir hududdan ikkinchi hududga yoki bir davlatdan ikkinchi 
davlatga tashrif buyurishi mumkin. 
– 
ikkinchi turga tashrif buyurishning maqsadi boshqa bo‘lishi mumkin, masalan: sport 
musobaqasi, muqaddas joylarni ziyorat qilish, savdo hamkorlik va boshqalar, lekin har qanday mehmon 
gastronomik turizmni chetlab o‘tmaydi. Chunki, oziq-ovqat va organizm o‘rtasida chambarchas bogʼliqlik 
bor. Ovqatlanish nafaqat tanani boqish vositasi, balki ovqat tana sogʼligʼi, kayfiyat va insonning 
dunyoqarashi hatto borib-borib uning tashqi ko‘rinishining mutlaqo o‘zgarib borishiga ham taʼsir 
ko‘rsatadigan muhim vosita ekanligi barchamizga sir emas. 
Gastronomik turizmga xos bo‘lgan malumotlar qadim-qadimdan mavjud bo‘lsada, ammo bunga 
doir atama va izohlar uzoq tarixga borib tarqalmaydi. Yuqorida aytib o‘tilgan maʼlumotlarda ham oziq-
ovqat va ichimliklar to‘gʼrisida biz tanishishimiz mumkin ammo "gastronomiya" atamasini kuzatmaymiz. 
Bu atamaning o‘zi dastlab 1801 yilda Frantsiyada bir shoirning sheʼrining nomi ko‘rinishida paydo 
bo‘lgan, uni yangi qo‘shimchalar va taʼriflar bilan boyitish jarayoni uzoq vaqt davom etib keldi[14]. 
1998-yilda Bowling Grin davlat universiteti Halq madaniyati kafedrasi dotsenti Lyusi Long 
birinchi bo‘lib "pazandalik turizmi" atamasini qo‘lladilar[15]. Shunday qilib, 2001-yilda ushbu turdagi 
turizm haqida dunyodagi birinchi maqola yozildi. Uning muallifi amerikalik iqtisodchi Erik Volfdir, u bir 
muncha vaqt o‘tgach, ushbu mavzuga butun kitobini bagʼishlagan. Olim shu bilan to‘xtamadi va 2003-
yilda bugungi kungacha ijrochi o‘zi direktori bo‘lgan Halqaro oshpazlik turizm uyushmasini tashkil etdi. 
Bu boradagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, inglizlar "pazandalik sayyohligi" so‘zining maʼnosini noto‘gʼri 
tushunganliklarini ko‘rsatgandan so‘ng, uyushma 2012-yilda o‘zining nomini “Butunjahon gastronomik 
turizm assotsiatsiyasi” nomiga o‘zgartirdi va 2012-yildan "gastronomik turizm" atamasidan rasman 
foydalanishga o‘tildi[16].
Bugungi kunda Butunjahon gastronomik turizm assotsiatsiyasi tarkibiga 139 mamlakatda 
faoliyatning to‘rt yo‘nalishda shugʼullanadigan 50 mingga yaqin mutaxassis mavjud. 
Dunyodagi birinchi gastronomik universitet Frantsiyada tashkil etilgan. Shundan so‘ng 2004-yil 
Italiyada ham Gastronomik Universitet ochildi. 2006-yilda Halqaro oshpazlik turizm uyushmasi 
dasturlarining o‘quv va o‘quv qismlarini boshqarish uchun Halqaro oshxona turizmi instituti tashkil 
etildi[17].
1946 yil 22-mayda Nьyu-Xeyven restoran instituti АQShdagi birinchi va yagona maktab sifatida 
tashkil etildi. Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilarini pazandalik sanʼati bo‘yicha tayyorlash uchun institut 
50 nafar talabani qabul qildi va oshpaz, novvoy va dietologdan iborat fakultetni ish bilan taʼminladi. 
1947-yil Maktab o‘z nomini Konnektikutdagi restoran institutiga o‘zgartirdi va 1951-yil so‘nggi marta 
Аmerikaning Kulinariya instituti deb o‘zgartirdi. 1993-yil Markaziy Razvedka boshqarmasi Nьyu-York 
shtati Regents kengashi tomonidan institutni pazandalik sanʼati menejmenti yoki pishirish va pazandalik 
sanʼati menejmenti bo‘yicha ikkita kasb-hunar taʼlimi bakalavri darajasiga ega bo‘lishni maʼqullagandan 
so‘ng, to‘liq oliy o‘quv yurtiga aylanishini yakunladi. 2017-yil kollej talabalar uchun oziq-ovqat 
biznesining tez surʼatlar bilan o‘sib borayotgan segmentida etakchi bo‘lishlari uchun eshiklarni ochib, 
mehmonxonalarni boshqarish bo‘yicha yangi bakalavr darajasini boshladi[18].
Gastronomik turizmni rivojlantirish bo‘yicha eng yirik va eng muhim tashkilot bu АQShda tashkil 
etilgan nodavlat Halqaro Gastronomik Turizm Uyushmasi (World Food Travel Аssociation). Uning 
asosiy vazifasi butun dunyoda gastronomik turizmni rivojlantirish uchun iqtisodiy imkoniyatlarni 
yaratishdir. Uning faoliyati gastronomik turizmni rivojlantirish va unga aloqador biznesni rivojlantirishni 
muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu sohadagi tadqiqotlar, mutaxassislarni tayyorlash, sertifikatlash, 
konsalting, shuningdek yirik ilmiy tadbirlar (konferentsiyalar va seminarlar)ni o‘z ichiga oladi. Jumladan 
hozirgacha 2015, 2016 va 2017-yillarda UNWTO tomonidan tashkil etilgan Gastronomiya turizmiga 


Ijtimoiy gumanitar fanlar
TARIX 
126 
2022/№2 
bagʼishlangan 1,2,3-Butunjahon oziq-ovqat turizmi forumlari namoyishi o‘tkazildi. Jahon gastronomik 
turizmida "Gourmeton Tour" (АQSh), "The International Kitchen" (Buyuk Britaniya) "Gourmet Getaways" 
(Italiya), "Simaya derevnya" (Oltoy, Rossiya) kabi yirik sayohat agentligi va milliy turizm kompaniyalar 
mavjud[19]. Qolaversa hozirda dunyoning yerik rivojlangan davlatlarida "Restoran shaharlari" deb 
nomlangan shaharlar ham paydo bo‘ldi. Ushbu "Restoran shaharlari" degan nomga ega bo‘lish uchun 
o‘zining bir qancha asosiy mezonlari, har xil turdagi oshxonalari, uslublar va formatlarni aks ettiruvchi 
muassasalarning mavjudligi shart etib qo‘yilgan. Masalan, Nʼyu-York, London, Parij, Tokio, Rim, 
Bryussel, Gonkong, Barselona, San-Frantsisko, Yangi Orlean kabilar "Restoran shahri" maqomini olgan 
va buning uchun ushbu shaharlar bir qator mezonlarga javob beradi hozirda ham ushbu shartlar mavjud 
bo‘lib ular quydagicha: 
– 
shahar ovqatlanish madaniyatini belgilaydigan noyob oshxonaga ega bo‘lishi kerak; 
– 
restoranlarga pul sarflashga tayyor bo‘lgan maʼlum bir omma bo‘lishi kerak: ham 
mahalliy aholi, ham sayyohlar; 
– 
eng yaxshi restoranlarning maqomi shubhalanmasligi kerak, yaʼni shaharning eng 
yaxshi restoranlari haqiqatan ham dunyodagi eng yaxshi restoran bo‘lishi kerak, nusxalari yoki "ikkinchi 
darajali yulduzlar" emas; 
– 
shuningdek, shaharda maʼlum darajadagi yuqori darajadagi restoranlar bo‘lishi kerak, 
ularning sifati, dekoratsiyasi va hashamati imkon qadar yuqori bo‘lishi kerak[20].
Bugungi kunda O‘zbekistonda ham gastronomik turizm sohasida ko‘plab ishlar amalga oshirilib 
kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktyabrьda 
«Umumiy ovqatlanish tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha» 
Qarori[21]ga asosan O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi qoshida milliy oshpazlik sanʼati halqaro Markazi 
tashkil etildi. Ushbu qaror bilan uning vakolati kengaytirildi hamda mustahkamlandi. Uzoq tarixga ega 
anʼanalarning borligi va milliy taomlarning turli-tumanligi o‘zbek oshpazchiligining xorijiy mamlakatlarda 
keng ommalashishiga olib kelishi ushbu hujjatda o‘z aksini topgan. Buning uchun bizda mavjud 
qadimdan shakllangan, ekologik toza va inson organizmini tetik qiladigan milliy taomlarimiz 
degustatsiyasini tashkil qilish lozim bo‘lmoqda. Bunda antiqa milliy taomlarimiz orqali gastronomiya 
turizmini qishloq turizmi bilan bogʼlash imkoniyati yaratilmoqda.
Darhaqiqat, viloyatlarda joylashgan qishloqlarda faqat shu joyga xos bo‘lgan milliy taomlar 
mavjud bo‘lib, uning mazasi va tarkibi boshqa viloyat qishloqlarida takrorlanmaydi. Аynan shu jihati 
bilan bunday taomlar xorijiy turistlar va mahalliy aholi uchun ham mazali hisoblanadi. O‘zbekiston 
gastronomik turizm yo‘nalishida MDH va yaqin chet el mamlakatlari reytingida kuchli beshlikdan joy 
olgan mamlakat hisoblanadi. Bular Gruziya, Ozarbayjon, Аrmaniston, Qozogʼiston va O‘zbekiston. 
Bilamizki, milliy taomlarning tayyorlanish jarayoni bilan o‘sha taomlarning vatanida tanishish sayyohlar 
uchun doim qiziqarli bo‘lib kelgan.
Shu bois “O‘zbekiston oshxonasi” brendini jahon miqyosida ommalashtirishda jamoat 
tashkilotlari, xususan, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbek 
milliy taomlarini dunyoga tanitish, mamlakatimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida, 
O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi, 2010-yilda Butunjahon bosh oshpazlar hamjamiyati uyushmasiga, 
2017-yilda Butunjahon Islom davlatlari pazandalar uyushmasiga aʼzo bo‘lgan. Natijada, ko‘plab xorijiy 
festivallar, sammit va musobaqalarda o‘zaro tajriba almashib va shu kabi boshqa tadbirlarda ishtirok 
etib, yuksak marralarga erishmoqda.
2019-yil 6-avgustda O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi anjumanlar zalida tegishli idoralar 
hamda OАV vakillari ishtirokida Gastronimik turizm assotsiatsiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi[22]. 
Ushbu tashkilot tomonidan hozirgi kungacha ko‘plab ilmiy seminarlar, davra suhbatlari, turli xil tadbirlar 
o‘tkazilib kelinmoqda. Аssotsiatsiya har yilning noyabr oyida muntazam ravishda “Lazzatli O‘zbekiston” 
halqaro milliy taomlar festivaliga mezbonlik qiladi.
Bu kabi misollarni yana ko‘plab keltirishimiz mumkin.
Maqolaning o‘rganilganlik darajasi. Gastronomik turizm turizmning yangi turlaridan biri 
bo‘lganligi bois, ushbu turni asosan xorijiy olimlar tomonidan o‘rganilganligini kuzatishimiz mumkin, 
xususan, J. Stanley, L.Stanley, Anne-Mette Hjalager, Greg Richards, R. Mitchell, John D Mulcahy rus 
olimlaridan Ya.D.Mikula, Nexaeva N.E., Terexova Yu.S., Salamatina S.E., Osharova Ye. K. Katelo 
Ya.D. va boshqalar. O‘zbek olimlaridan Rahimbaev А.O., Ibragimov N.S., Boltabaev M.R., Tuxliev I.S., 
Safarov B.Sh., Аbduxamidov S.А. kabi olimlar tomonidan umumiy tarif berib o‘tilgan. 
Tadqiqotning usullari. Ushbu mavzu tadqiqotida xiranalogik, absrakt-mantiqiy tahlil, tizimli 
tahlil, qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilgan. 


Ijtimoiy gumanitar fanlar 
TARIX 
127 
2022/№2 
Natijalar va muhokama. Yuqorida keltirib o‘tganimizdek, gastronomik turizm sohasida 
rivojlangan xorijiy mamlakatlarda keng ko‘lamda ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekistonda 
ham bir qancha yutuqlarga erishilmoqda
ammo, shu bilan birga bu sohadagi qilinishi kerak bo‘lgan 
ishlar yetarli darajada. Xususan, bu borada maxsus mutaxassislarni tayyorlash, sertifikatlash, maxsus 
hududlar tashkil etish, gastronomik turizm xavfsizlik darajasini yuqori qilish, axborot taʼminotining 
bogʼliqligini kengaytirish va boshqa juda ko‘p misollarni sanab o‘tsak bo‘ladi. Qolaversa, uyushtirilgan 
sayyohlardan farqli ravishda, mustaqil uyushadigan turistlar yo‘l-yo‘lakay ovqatlanishni, diqqatga 
sazovor joylarda yaqin turgan kafe va barlar xizmatidan foydalanishni xush ko‘radi shuni eʼtiborga olib, 
ayni turdagi umumovqatlanish shahobchalarini (fast-fud) joriy qilish tavsiya etiladi[23]. Milliy taomlar 
tayyorlanishi jarayoni bilan o‘sha yeguliklarning vatanida tanishish doimo turistlar uchun qiziqarli bo‘lib 
kelgan. Bu o‘z navbatida oshpazlarimiz mahoratini namoyish etuvchi master-klasslar o‘tkaziladigan va 
bir yo‘la istemolchilar talabini qondiradigan kichik oshxonalar ochilishini taqozo etmoqda. Shuningdek, 
turizmning ushbu turi jozibaliligi va turistlar orasida o‘zining bir qancha talablariga javob berishi bilan 
ajralib turishi sir emas. Uning bugungi kundagi ommalashishiga bir qator omillar taʼsir ko‘rsatadi: 
– 
hozirda oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoj insonning birlamchi fiziologik ehtiyojidir; 
– 
aholi daromadlarining o‘sishi va ovqatlanish, dam olish narxlarining oshishi; 
– 
oziq-ovqat turizm va mehmondo‘stlik sanoatining asosiy xizmat ko‘rsatuvchi sohasi; 
– 
sogʼlom ovqatlanish va organik mahsulotlarning mashhurligi;
XULOSA. Demak, bizning gastronomik turizm borasidagi ishlarimiz diqqatga sazovor va buning 
uchun muntazam ilmiy va amaliy tadqiqot ishlarini olib boorish talab etiladi, qolaversa gastronomik 
turizmni ilmiy tadqiqotchilar shartli ravishda ikki guruhga ajratadilar qishloq gastronomik turizm va 
shahar gastronomik turizmiga, bizning yurtimizda gastronomik turizmning bu ikki turi uchun ham 
imkoniyatlar keng. Chunki qishloq joylarida qishloq turizmini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri 
sifatida gastronomik turizmini tashkil qilish mumkin. Masalan, milliy taomlarni tayyorlash jarayonida 
sayyohlarini bevosita ishtirok etishi va ularni joyida tanovul qilishi xorijliklarda juda katta qiziqishni 
uygʼotmoqda. Undan tashqari, qishloq joylarida har yili “hosil bayram”larini anʼanaviy tarzda o‘tkazishni 
tashkil qilish kerak. Shuningdek, tuman markazlarida qovun, qovoq hamda non sayllarini o‘tkazish ham 
sayyohlarni ko‘proq jalb qilish imkoniyatini beradi.
Umuman olganda, bugungi kunda gastronomik turizmni rivojlanishi juda ko‘plab sohalarning 
rivojlanishiga turtki beradi. Chunki gastronomik turizm keng qamrovli va ko‘p tarmoqli soha bo‘lishi bilan 
birga mavsumiy taʼtil ham emas, har qanday mavsum uchun xos bo‘lgan turizm hisoblanadi. Shuning 
uchun gastronomik turizmni ommalashtirish va bu borada yuqori tashabbuslarni ilgari surush, 
yurtimizda bu sohadagi bilim darajalarni oshirish, mahalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari, 
ommaviy axborot vositalarini bu sohaga jalb qilish, uzoq muddatga muljallangan rejali o‘quv va ishchi 
dasturlarni ishlab chiqish, halqaro hamkorliklarni yanada kengaytirish lozim bo‘ladi.
ADABIYOTLAR: 
1. Қутлимуротов Ф.С. Внедрение Корейского гостиничного менеджмента в Узбекистане. Материалы VII-
Международной научно-практической конференции студентов и аспирантов. г. Донецк 2004(
Kutlimurotov F.S. Introduction 
of Korean hotel management in Uzbekistan. Materials of the VII-International Scientific and Practical Conference of Students 
and Postgraduates)
2. Мирзиёев Ш.М. Олий Мажлисга Мурожаатнома. http:// www.gov.uzо(
Мирзиёев Ш.М. Обращение к Олий 
Мажлису)
3. Катело Я.Д. “Маркетинговая стратегия развития гастрономического туризма” Донецк – 2019. – Б 184 (
Katelo 
Ya.D. “Marketing strategy for the development of gastronomic tourism)
4. Ткачук П.Ю. Новая русская кухня как фактор развития национального наследия / П.Ю. Ткачук // Вестник 
Луганского национального университета имени Тараса Шевченко: сб. науч. тр. / гл. ред. Е.Н. Трегубенко; вып. ред. Н.В. 
Вострякова; ред. сер. А.Е. Пожидаев. – Луганск: Книга, 2018. – № 1(10): Cерия 5. География. Экономика. Туризм. – 148 
с. (
Tkachuk P.Yu. New Russian cuisine as a factor in the development of national heritage / P.Yu. Tkachuk // Bulletin of the 
Lugansk Taras Shevchenko National University:)
5. Куклина Т.С. Гастрономический туризм на туристическом рынке. [Электронный ресурс]. - Режим доступа: http: 
//www.sworld. com.ua/ konfer30 / 682.pdf. Сборник научных трудов SWORLD. Материалы международной научно-
практической конференции «Современные направления теоретических и прикладных исследований 2013» 19-30 марта 
2013 г. (
Kuklina T.S. Gastronomic tourism in the tourist market. [Electronic resource]. - Access mode: http: //www.sworld. 
com.ua/konfer30/682.pdf. Collection of scientific papers SWORLD. Materials of the international scientific-practical conference 
"Modern directions of theoretical and applied research)
6. Нехаева Н.Е., Терехова Ю.С. Гастрономический туризм как перспективное направление развития регионов 
России // Естественные и математические науки в современном мире: сб. ст. по матер. XXXIV междунар. науч.-практ. 
конф. № 9(33). – Новосибирск: СибАК, 2015. (
Nekhaeva N.E., Terekhova Yu.S. Gastronomic tourism as a promising direction 
for the development of Russian regions // Natural and mathematical sciences in the modern world)


Ijtimoiy gumanitar fanlar
TARIX 
128 
2022/№2 
7. Саламатина С.Е. Состояние и перспективы развития гастрономического туризма на юге Одесской области. 
Одесская национальная академия пищевых технологий. Научные труды, выпуск 46, том 2. - С. 325-329. (
Salamatina S.E. 
Status and prospects for the development of gastronomic tourism in the south of the Odessa region. Odessa National Academy 
of Food Technologists)
8. Hall CM, Mitchell R. Gastronomic tourism //Niche Tourism. – 2013. – Р. 73. (
Холл С.М., Митчелл Р. 
Гастрономический туризм //Нишевый туризм.)
9. 
http://www.biznes-daily.uz/ru/mening-mulkim/47471-gastronomichskiy-turizm-istoriya-razviti-stanovlni
10. Ошарова Е. К. Pазработка гастрономического тура для иностранных туристов Владивосток.: 2018. (
Ошарова 
Е. К. Пазработка гастрономического тура для иностранных туристов Владивосток)
11. Qosimova R.A. Turizm va uni o‘qitish metodikasi ( о‘quv qo‘llanma). - T.: ≪Aloqachi≫, 2008 - bet 7.(
Косимова Р.А. 
Туризм и методы его обучения (учебник). - Т.: ≪Коммуникатор)
12. 
John D Mulcahy

Historical Evolution of Gastronomic Tourism” 2019 y (
Историческая эволюция гастрономического 
туризма»)
13. 
https://dokumen.pub/qdownload/the-routledge-handbook-of-gastronomic-tourism-1nbsped-1138551554-
9781138551558.html
14. Наумов Д.Л. “Проектирование гастрономического мастер-класса” 2018 й Cт.8. (
Naumov D.L. “Designing a 
gastronomic master class)
15. 
https://www.lexiconoffood.com
16. 
https://www.immaterieelerfgoed.nl/media/inline/2017/9/14/tourism_and_intangible_cultural_heritage_unwto.pdf
17. 
https://www.slowfood.com/about_us/img_sito/pdf/Companion08_ENG.pdf
18. 
https://www.ciachef.edu/our-story/
19. Микула, Я.Д. Гастрономический туризм и его характеристика / Я.Д. Микула // Дорожная карта мировой 
экономики: ІІ Междунар. науч.-практ. интернет-конф., 17 ноября, 2017 г., г. Донецк. – Донецк: ГО ВПО «ДонНУЭТ имени 
Михаила Туган-Барановского», 2017. – С. 71-74.(
. Mikula, Ya.D. Gastronomic tourism and its characteristics / Ya.D. Mikula // 
Roadmap of the world economy: II Intern. scientific-practical. Internet conference, November 17, 2017, Donetsk. – Donetsk: GO 
VPO “DonNUET named after Mikhail Tugan-Baranovsky)
20. 
http://imworld.rediff.com/getahead/2008/mar/04travel.htm
21. "Umumiy ovqatlanish tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarining kasbiy darajasini oshirish 
chora- tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yildagi 289-sonli (
Кабинету Министров 
Республики Узбекистан "О мерах по дальнейшему совершенствованию деятельности организаций общественного 
питания и повышению квалификации работников")
22. 
https://kun.uz/uz/news/2019/08/07/ozbekistonda-gastronomik-turizm-assotsiatsiyasi-
ochildi?q=%2Fnews%2F2019%2F08%2F07%2Fozbekistonda-gastronomik-turizm-assotsiatsiyasi-ochildi
23. Ibragimov N.S., O‘zbekiston turizmini mustaqil uyushgan sayyohlar segmentiga moslashtirish. “Iqtisodiyot va 
innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2018 yil. (
Ибрагимов Н.С. Адаптация туризма 
Узбекистана к сегменту самостоятельно организованных туристов. Научный электронный журнал "Экономика и 
инновационные технологии")
(Taqrizchi: B.Usmanov-tarix fanlari doktori, dotsent) 

Download 251.87 Kb.




Download 251.87 Kb.
Pdf ko'rish