Respublikasi oliy va




Download 1,43 Mb.
bet12/122
Sana25.06.2024
Hajmi1,43 Mb.
#265621
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122
Bog'liq
Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

Fermer xo‘jaliklari faoliyatida qonun hujjatlaridan foydalanish tartibi

Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bog‘liq munosabatlar «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonun va boshqa qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi.


O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqa qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Yer bilan bog‘liq bo‘lgan barcha munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining «Yer» kodeksidan foydalaniladi. «Yer» kodeksining asosiy prinsiplari quyidagilar: eng muhim tabiiy resurs, qishloq xo‘jaligining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish; yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning, eng avvalo, sug‘oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borishning hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash; yerga va tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash; yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma- xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish; yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lash; yerlarning holati haqidagi axborotning to‘liq
bo‘lishini hamda undan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yilishini ta’minlash.
Umuman, «Yer» kodeksida yuqoridagi prinsiplardan kelib chiqqan holda, fermer xo‘jaligining yer bilan bo‘ladigan barcha munosabatlari aniq ko‘rsatib berilgan. Fermer o‘z faoliyatida «Yer» kodeksidan va me’yoriy hujjatlar to‘plamidan foydalanishi maqsadga muvofiq. Bu hujjatlardan foydalanish tartiblari Vazirlar Mahkamasining Qarori asosida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Fermer o‘zining ish faoliyatini, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonun bo‘yicha amalga oshiradi.

Download 1,43 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122




Download 1,43 Mb.