• Loyiha konsruktorlik ishlari usuli
  • Fermer xo‘jaligini rivojlantirish yo‘llari
  • I bosqich.
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet8/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Iqtisodiy matematik usul matematik raqamlardir. Fermer xo‘jaligining barcha ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda matematik raqamlar 3 manbadan olinadi:

    1. biznes-rejadan;

    2. xo‘jalikning yillik hisobotidan;

    3. me’yoriy ma’lumotlar, texnologik karta va ma’lumotnomalardan. Iqtisodiy matematik usul bir qancha bosqichlarga bo‘linadi. Tayyorlash,

    iqtisodiy tahlil, abstrakt raqamlar, ma’lumotlar yig‘ish va uni o‘rganish.

        1. Loyiha konsruktorlik ishlari usuli loyihalashtirilgan obyektlar va jamlab bo‘lmaydigan har xil ko‘rsatkichlarni tahlil qilishdan iborat.

    Yuqoridagi usullar yordamida fermer xo‘jaliklari va investitsiya loyihalari, xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning ishlab chiqarish faoliyati hamda iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinib, kelgusida rivojlantirish istiqbollari belgilab olinadi. Fermer xo‘jaliklari mustaqil subyekt sifatida teng huquqli qishloq xo‘jalik korxonasi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda o‘z yechimini topmagan ko‘plab masalalar mavjud. Shu maqsadda fermer
    xo‘jaliklari boshliqlarining ma’lumoti, mutaxassisligi hamda tadbirkorlik faoliyati tahlil qilinganda, ularning asosiy qismi o‘rta ma’lumotli, turli kasb egalari, tadbirkorlik faoliyatini endi boshlaganlar ekanligi aniqlangan. Shu sababli, fanning fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishdagi ahamiyati, avvalo, fermer xo‘jaliklarini tashkil etishning iqtisodiy, huquqiy ishlab chiqarish asoslarini o‘rganish; hukumat tomonidan qabul qilingan qonun va qarorlar; fermer xo‘jaliklarining xalq xo‘jaligidagi o‘rni va istiqbollari; yer-suv resurslaridan; asosiy fondlardan foydalanish; fermer xo‘jaligini boshqarish va mehnat unumdorligini oshirish; moddiy-texnika resurslari; investitsiya va uni amaliyotga jalb etish; mahsulot ishlab chiqarishning samaradorlik ko‘rsatkichlari, mahsulot yetishtirish agrotexnikasi; infratuzilma va servis xizmatlari ko‘rsatish; tejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.

      1. Fermer xo‘jaligini rivojlantirish yo‘llari



    Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq xo‘jalik korxonalaridan fermer xo‘jaligi o‘zining ishlab chiqarish salohiyati va olingan iqtisodiy samarasi bilan ajralib turmoqda. Shuning uchun fermer xo‘jaligini rivojlantirishga mamlakat Prezidenti juda katta e’tiborni qaratdi. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ishlari, asosan, 4 bosqichda amalga oshirilmoqda. I bosqich. Fermer xo‘jaligini tashkil qilish jarayonining boshlanishi (1998- 2001- yillar). II bosqich. Fermer xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha huquqiy me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi (1992-1996- yillar). III bosqich. Fermer xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligida ustuvor xo‘jalik yurituvchi shakl sifatida rivojlanishi (1997-2000- yillar). IV bosqich. Fermer xo‘jaliklarining rivojlantirilishi (2001-yildan boshlab). Bu keyingi davrni o‘z ichiga olib, bu davr fermer xo‘jaliklarini istiqbolda ustuvor rivojlantirish dasturlarining qabul qilinishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda respublika Prezidentining 2003-yil 24-martidagi №PF-3226 sonli «Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida» va 2003-yil 27-oktabrida №PF-3342 sonli «2004-2006- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvarda №8 sonli «Qishloq xo‘jalik korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2003-yil 30-oktabrida №476 sonli «2004-2006- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»
    va 2004-yil 24-dekabrda №607 sonli «2005-2007- yillarda fermer xo‘jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari qabul qilindi.
    Fermer xo‘jaligini rivojlantirish Konsepsiyasining asosiy vazifalari: qishloqda ijara munosabatlarini rivojlantirish asosida yer maydonlaridan foydalanishni tartibga solish, shuningdek, yer va suv resurslaridan maqsadli foydalanishning chora-tadbirlarini ishlab chiqish; mahsulot yetishtirishda, moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashda fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy mustaqilligini lizing va servis xizmatlaridan samarali foydalanish; fermer xo‘jaliklariga kredit berish va uning tartibini soddalashtirish; mahsulot yetishtirishni o‘z vaqtida moliyalash va kreditlashni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish; xo‘jalikda mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash, sotish va ijtimoiy infratuzilmani keng ko‘lamda rivojlantirish; fermerlarni o‘qitish va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini tashkil qilish; fermerlarga fan-texnika taraqqiyoti, yangi agrotexnikalar va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish; istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda bo‘shab qoladigan ishchi xodimlarni fermer xo‘jaliklariga joylashtirish tadbirlarini amalga oshirish va undan samarali foydalanishdan iboratdir. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda hukumat tomonidan quyidagi imtiyozlar berildi: fermer xo‘jaliklari tashkil etilgan paytdan boshlab, ikki yil muddatga yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod etildi; fermer loyiha asosida o‘z hisobidan o‘zlashtirgan yer uchun besh yil davomida yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod qilindi: Respublika Muvofiqlashtiruvchi Kengashining ruxsatisiz fermerlar faoliyatini tekshirishga chek qo‘yildi; xorijiy texnologiyalarni olib kirgan dehqon va fermer xo‘jaliklari bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi; yangi tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 150 barobari, fermer xo‘jaliklariga esa 300 barobari miqdorida boshlang‘ich sarmoyalarni berish yo‘lga qo‘yildi; fermer xo‘jaliklariga lizing asosida texnikalar berila boshlandi; davlat ehtiyoji uchun don va paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga beriladigan avans mablag‘larini oldindan kredit tarzida berilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Uyushma tomonidan tashkil etilgan va qishloq xo‘jalik mahsuloti ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni tashkil etilgan vaqtdan boshlab, besh yil muddatga daromaddan olinadigan soliqdan ozod etildi.





    Download 1,43 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122




    Download 1,43 Mb.