Fermer xo‘jaligining asosiy vazifasi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholini iste’mol mollari bilan ta’minlash, moddiy resurslardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, tejamkor texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, atrof-muhit ekologiyasini yaxshi- lashdan iborat. Hozirgi kunda hukumat tomonidan shu sohani rivojlantirishga asosiy e’tibor berilib, qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, amaliyotga keng joriy etilmoqda.
1.2.2-jadval.
Fermer xo‘jaliklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
|
2003 y.
|
2004 y.
|
2005 y.
|
2006 y.
|
Fermer xo‘jaliklari soni, dona
|
87552
|
103921
|
125668
|
189235
|
Ularga biriktirilgan yer maydoni, ming. ga
|
2148,1
|
2935,4
|
3775,3
|
4953,2
|
Fermer xo‘jaliklarida ish bilan band
bo‘lganlar soni, ming kishi
|
603,0
|
765,3
|
954,2
|
1381,1
|
Yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlarida
fermer xo‘jaliklarining ulushi, %
|
14,1
|
24,1
|
38,1
|
55,0
|
Bitta fermerga to‘g‘ri keladi, ga
|
24,5
|
28,2
|
30,0
|
26,2
|
Respublikamizda, 2004-2006- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, 2007-yilga kelib fermer xo‘jaliklariga biriktirilgan yer maydonlarining umumiy qishloq xo‘jaligi yerlaridagi salmog‘i 17,5 foizdan 63,3 foizgacha, sug‘oriladigan maydonlardagi salmog‘i 72,1 foizgacha yetadi. Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotidagi ulushini 25 foizgacha yetkazish yoki fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish hajmini uch yil ichida 2 barobarga ko‘paytirish belgilandi. Fermer xo‘jaliklarining umumiy soni 189,2 mingtaga, ularga biriktirilgan yer 4,9 mln. ga yetdi. Fermer xo‘jaliklarining yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 2003-yilda 14,8 %dan, 2006-yilda 32,3 %ga, jami ekin maydonlari 36,9 %dan 74,5 %ga ortdi. Paxta yetishtirish 37,9 %dan 86,3
%ga, bug‘doy 35,8 %dan 71,0 %ga ortdi. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, fermer xo‘jaliklarida shirkat xo‘jaliklariga qaraganda, paxta va bug‘doyni yetishtirish unumdorligi yuqori bo‘ldi. Respublika xalq xo‘jaligi iqtisodiyotida fermer xo‘jaliklarining salmog‘i ortib borishi, avvalo, fermerlar sonining ortib borishi, ularga biriktirilgan yer maydonlari va mahsulot hajmining ortib borishidir. Hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amaliyotga keng joriy qilish orqali fermer xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
|