Farg’ona politexnika instituti qurilish fakulteti 7-22 guruh talabasi erkinova madinaxoning falsafa fanidan




Download 0.54 Mb.
Sana27.05.2023
Hajmi0.54 Mb.
#65680
Bog'liq
DANGʻARA TUMANI
20, 263026, 88 (154), AIDLWHOIHLNQFWWEFFEWLOFEWOFEWG;O;ONJVV, 88 (12), 88 (3), Sun Microsystems dasturlar paketi, 1-Mustaqil ish kril, презинтация, falsafa yuz, Mavzu virtual va to`ldirilgan borliq texnologiyasi-fayllar.org, Bipolyar tranzistorlardagi kalit sxemalarni tadqiq etish

FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
QURILISH FAKULTETI
7-22 GURUH TALABASI
ERKINOVA MADINAXONING
FALSAFA
FANIDAN
T A Q D I M O T I
Qabul qildi: __________________
2023 YIL.
DANGʻARA TUMANI
Dangʻara tumani (avvalgi nomi Frunze) — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1939-yil 10-fevralda tashkil etilgan (1962-yil 24 dekabrda Pop tumani bilan birlashtirilgan. 1970-yil 7-dekabrda qayta tuzilgan). Dangʻara tumani viloyatning Buvayda, Uchkoʻprik, Oʻzbekistan, Furqat tumanlari, Qoʻqon sh., Namangan viloyatining Pop tumani, Tojikiston Respublikasining Asht tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,45 ming km2. Aholisi 160,9 ming kishi (2016). Dangʻara tumanida 1 shaharcha (Dangʻara), 49 ta maxalla fuqarolari yigʻini mavjud. Markazi — Dangʻara shaharchasi.
Aholisi
Aholi soni 160.9 ming kishi (2022). Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 374a kishi toʻgʻri keladi. Aholining 76% dan koʻprogʻi qishloqlarda istiqomat qiladi.
Iqtisodiyoti
Xoʻjaligi, asosan paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Pillachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar mayd. 32,5 ming ga. Dangʻara tumanidagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda 13 ming qoramol, 16 ming qoʻy-echki, 15 ming parranda boqiladi. 6 sanoat korxonasi, 10 qurilish-taʼmirlash tashkiloti, 2 avtokorxona, 9 savdo va tayyorlov shoxobchasi, boʻrdoqichilik bazalari, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklari mavjud. 1997-yilda Soyshildir tikuvchilik fabrikasi, Dangʻara konserva zavodi ishga tushirildi. 330 dan ortiq kichik korxonada turli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Dangʻara tumanida 1 jamoa xoʻjaligi, 5 shirkat mavjud.
Dangʻara tumanidan Toshkent—Oʻsh—Qashqar, Qoʻqon—Xoʻjand, Qoʻqon —Namangan, Qoʻqon—Jomashuy avtomobil yoʻllari oʻtgan. 40 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, 2 kollej bor. Dangʻara tumanida 6 madaniyat saroyi, 53 kutubxona, 67 sogʻliqni saqlash muassasasi, 6 kasalxona mavjud. 1941-yildan „Gʻalaba“ tuman gazeta chiqadi (adadi 5496).
Download 0.54 Mb.




Download 0.54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farg’ona politexnika instituti qurilish fakulteti 7-22 guruh talabasi erkinova madinaxoning falsafa fanidan

Download 0.54 Mb.