• O‘zbekiston Respublikasi YAIMning o‘sish dinamikasi
  • Xalq xo‘jaligi iqtisodiyotida fermer xo‘jaliklarining o‘rni va vazifalari




    Download 1,43 Mb.
    bet4/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Xalq xo‘jaligi iqtisodiyotida fermer xo‘jaliklarining o‘rni va vazifalari

    Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotda xususiy sektorning roli va ahamiyatini oshirish, kapital qurish, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan chora- tadbirlar, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarga moddiy-texnika mablag‘laridan foydalanishlari uchun qulay sharoitlar yaratilishi va fiskal o‘zgarishlarning muvofiqlashtirilishi YAIMning o‘sish tendensiyasini saqlashni ta’minlaydi. Iqtisodiyotning yanada o‘sishida eksport uchun qulay bozor konyunkturasi,


    eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishning rag‘batlantirilishi, amalga oshirilayotgan islohotlarning qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning ko‘payishiga ta’siri, shuningdek, iqtisodiyotning boshqa sektorlarini barqaror ishlashi kabi omillar ta’sir ko‘rsatdi.
    2005-yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 7 foizni, inflatsiya darajasi 7,8 foizni tashkil etdi, sanoat ishlab chiqarishi 7,3 foizga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 17,7 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 6,2 foizga o‘sdi. Davlat budjeti kutilayotgan 1 foiz taqchillik o‘rniga yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan ijro etildi. Endilikda bizni YAIM o‘rtacha yillik o‘sish sur’atining 4-4,5 foizda bo‘lishi qoniqtirmaydi. Shu boisdan kelajakda, ya’ni 2010-yilga kelib, YAIM o‘rtacha yillik o‘sish sur’atini 6-8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 7-8 foizga yetkazish mo‘ljallanmoqda. 2010-yilgacha YAIMning tarkibi ham o‘zgarib, uning daromadlar tarkibidagi ish haqining ulushi hozirgi 35 foizdan 60-65 foizga o‘sishi oqibatida aholi turmush darajasining ancha yaxshilanishi ko‘zda tutilmoqda. Shu davrda sanoat mahsulotlari 2,3-2,5 barobarga, qishloq xo‘jalik mahsulotlari esa 1,82 barobarga ko‘payadi. Respublika YAIMning o‘sish dinamikasi quyidagi jadvalda keltirilgan.


    1.2.1-jadval
    O‘zbekiston Respublikasi YAIMning o‘sish dinamikasi

    Davr


    YAIM

    YAIMning ishlab chiqarish tarkibi, %



    Mos davrlar- da joriy baholarda, mlrd. so‘m

    O‘tgan yilning mos davriga nisbatan % (taqqoslama baholarda)

    Sanoat

    Qish- loq xo‘ja- ligi



    Quri- lish

    Xizmat ko‘rsatish sohasi



    Sof soliq- lar



    2000

    3255,6

    103,8

    14,2

    30,1

    6,0

    37,2

    12,5

    2001

    4925,3

    104,2

    14,2

    30,2

    5,8

    28,2

    11,9

    2002

    7450,2

    104,2

    14,5

    30,1

    4,9

    37,9

    12,6

    2003

    9837,8

    104,4

    15,8

    28,6

    4,5

    37,4

    13,7

    2004

    12189,5

    107,7

    17,1

    26,8

    4,5

    37,6

    14,0

    2005

    15923,4

    107,0

    21,2

    25,3

    4,8

    38,1

    10,6

    2006

    20759,3

    107,0

    22,1

    25,0

    5,1

    36,7

    11,2


    Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2006-yilda YAIMning 7,0 %ga, sanoatning ulushi 22,1 %, qishloq xo‘jaligi – 25 %, qurilish 5,1 %, xizmatlar sohasi – 36,7 % o‘sdi. Respublika iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida agrar tarmoqning hissasi yuqori bo‘lmoqda. Mazkur sohada mulkchilik munosabatlari shakllanib, eng ustuvor yo‘nalishlardan fermer xo‘jaliklari bugungi kunda iqtisodiy jihatdan o‘zini oqladi.



    Download 1,43 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




    Download 1,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalq xo‘jaligi iqtisodiyotida fermer xo‘jaliklarining o‘rni va vazifalari

    Download 1,43 Mb.