• MA’RUZA MATNI
  • Tayanch iboralar
  • Innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti "mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot" fanidan "iqtisodiy davrlar. Ishsizlik" mav




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/16
    Sana08.04.2024
    Hajmi0.58 Mb.
    #191782
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Makroiqtisodiyot 18-mavzu Ma\'ruza matni



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
    INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
     
     
     
    TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
     
     
     
     
     
     
    “MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
     “IQTISODIY DAVRLAR. ISHSIZLIK” MAVZUSI BO‘YICHA
    MA’RUZA MATNI 
     
     
     
    Bilim sohasi: 
    400000 – Biznes, boshqaruv va huquq 
    Ta’lim sohasi: 
    410000 – Biznes va boshqaruv 
    Ta’lim yo‘nalishi: 60410100 - Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) 
    60410400 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar
     
     
    Termiz – 2023 


    18-MAVZU. IQTISODIY DAVRLAR. ISHSIZLIK 
    Reja: 
    1. Iqtisodiy davrlarning mohiyati, bosqichlari va iqtisodiy tebranishlarning 
    sabablari. 
    2. Moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar. 
    3. Ishsizlik tushunchasi va uning turlari. 
    4. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A.Ouken qonuni. 
    Tayanch iboralar: davriy rivojlanish, iqtisodiy davrlar, faza, o’sish, retsessiya, 
    inqiroz, mehnat resursi, iqtisodiy faol aholi, ishchi kuchi, ishsizlik, Ouken qonuni. 
     
    1. Iqtisodiy davrlarning mohiyati, bosqichlari va iqtisodiy tebranishlarning 
    sabablari. 
    Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o‘rganish, ulardan hech biri uzoq 
    muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha malakatlar uchun davriy 
    rivojlanish xos ekanligini ko‘rsatadi
    Iqtisodiy davr deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan 
    boshlanib, ketma-ket bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga 
    qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. 
    Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy davrlarning asosiy sababi yalpi talab va yalpi 
    taklif oʻrtasidagi muvozanatning buzilishi va uning yana qaytadan tiklanishi tarzida 
    izohlanadi. 
    Iqtisodiy davrlar, bir tomondan, iqtisodiyot rivojlanishidagi notekislikni 
    aks ettiradi, ikkinchidan, bu iqtisodiy rivojlanishning sababi va natijasidir
    iqtisodiyotning rivojlanishini belgilaydigan doimiy dinamik xarakteristikasi sifatida 
    ko‘rib chiqishga imkon beradi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o‘tish 
    davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning 
    barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi. Iqtisodiy davrlar to‘rtta bosqichni o‘z 
    ichiga oladi: “cho‘qqi”, pasayish (retsessiya), pasayishning
    quyi nuqtasi, ko‘tarilish 
    bosqichlari (18.1-chizma). 
    Iqtisodiy siklning birinchi bosqichi bo‘lgan o‘sish (jonlanish) bosqichida ishlab 
    chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan 
    foydalanish va bandlik darajasida o‘sish kuzatiladi. 
    Ikkinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan 
    bosqich bo‘lib, u “cho‘qqi” deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to‘liq bandlik, 
    ishlab chiqarish to‘la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlar narx 
    darajasining o‘sish holati kuzatiladi. 
    Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va 
    bandlik darajalari pasayadi, ammo narxning o‘sish sur’ati pasaymaydi. Bu bosqich 
    faol va uzoq davom etsagina narxning o‘sish darajasi sustlashishi mumkin. 
    Iqtisodiyot siklli rivojlanishining so‘nggi bosqichi bo‘lgan pasayishning quyi 


    nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turg’unlik davri 
    boshlanadi.
    Iqtisodiy
    faollik “cho‘qqi” “cho‘qqi” potensial YaIM trendi
    darajasi pasayish
    o‘sish 
    pasayishning quyi nuqtasi 
    iqtisodiy sikl vaqt t 

    Download 0.58 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti "mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot" fanidan "iqtisodiy davrlar. Ishsizlik" mav

    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish