• Geoinformatsion kartografiya Geografik axborot tizimi
  • GAT dasturlari Kartografik manbalar, GAT dasturlari, kartani tuzish. Geoinformatsion kartografiya
  • Geoinformatsion kartografiyalash bu geoinformatika va kartografiyaning uzviy bogʻliqligi natijasidir




    Download 38,62 Kb.
    Sana20.11.2023
    Hajmi38,62 Kb.
    #101644
    Bog'liq
    Eshmetov A.Ven diagrammasi



    Umumiy Tahlili.

    Geoinformatsion kartografiyalash – bu geoinformatika va kartografiyaning uzviy bogʻliqligi natijasidir.
    Geoinformatsion kartografiyalash avtomatlashgan kartografiya masofadan zondlashni oʻz ichiga olgan aerokosmik usullar, deshifrlash, raqamli fotogrammetriya va geoinformatikaning uzviy bogʻliqligida shakllanadi. Geoinformatsion kartografiyalash kartografiyaning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. U GAT hamda geografik ma’lumotlar bazasiga asoslangan tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarni avtomatlashgan kartografik modellashtirishni tashkil etadi. Quyidagi omillar ushbu yoʻnalishning shakllanishiga turtki boʻldi:
     Geoinformatikaning ilmiy-texnologik va ishlab chiqarish fani sifatida rivojlanishi.

     Muammolar yechimini ta’minlashda talab etiladigan amaliy kartografiya.


     Kartografiyada GATning yadrosi sifatida kompyuterlashgan karta tuzish va avtomatlashgan kartografiyaning qoʻllanilishi.
     Nazariy, kartografik va geoinformatik yondashuvlarning integratsiya joylashuvi.
     Katta hajmda yangi koʻrinishdagi karta turlarining ilmiy-amaliy qayta ishlanishi. Geoinformatsion kartografiyalash kartografiyaning dasturiy boshqaruvi boʻlib, bu kartografiyaning matematik asoslari va karta komponovkalari kabi an’anaviy muammolar va yangi vositalarga ham e’tibor berishni talab etadi. Topografik va mavzuli kartalar fazoviy ma’lumotlarning asosiy manbayidir. Geografik va toʻgʻri burchakli koordinata sistemalari esa bu ma’lumotlarni ularning geografik joylashuviga qarab oʻzaro bogʻlaydi va GATning ma’lumotlar bazasi tizimida saqlaydi. Bundan tashqari, aynan kartalar GATga kelib tushadigan masofadan zondlash ma’lumotlari, statistik ma’lumotlar, meteorologik kuzatishlar va boshqa turdagi ma’lumotlarni tashkillashtirish hamda geografik izohlashda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Geotizimga bogʻliq barcha jarayonlarni oʻrganishda kartografik tahlil va matematik-kartografik modellashtirishdan keng foydalaniladi.

    Geoinformatsion kartografiya


    Geografik axborot tizimi — asosiy vazifalari fazoviy geografik maʼlumotlarni toʻplash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat boʻlgan mutaxassis tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan kompyuter tizimidir.
    Sodda qilib aytganda, geografik axborot tizimi (GAT) oʻz ichiga xaritashunoslik, statistik tahlil hamda maʼlumotlar bazasini mujassamlashtiradi. GAT keng tarmoqli soha boʻlib, xaritashunoshlik, masofadan zondlash, yer tuzish, tabiiy resurslarni boshqarish, fotogrammetriya, geografiya, shaharsozlik, samoviy video hamda mahalliy qidiruv tizimlarida keng foydalanib kelinmoqda. Bu ma'lumotlarni boshqarish, kartagrafik tasvirlar va tahlil qilish uchun yaratilgan ichki pozitsiyalangan fazoviy axborot tizimidir. GAT bu inson faolligi va dasturiy apparatning geografik ma'lumotni saqlash, boshqarish va tasvirlashga mo'ljallangan kampyuter tizimidir. GAT ilk bora XXasrning 60- yillarida AQSH va KANADAda harbiy maqsadlarda foydalanishi natijasida vujudga kelgan. Keyinchalik bu tizim yordamida kadastr malumotlari sifatida keng foydalanilib kelmoqda.


    GAT dasturlari

    Kartografik manbalar, GAT dasturlari, kartani tuzish. Geoinformatsion kartografiya


    Download 38,62 Kb.




    Download 38,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geoinformatsion kartografiyalash bu geoinformatika va kartografiyaning uzviy bogʻliqligi natijasidir

    Download 38,62 Kb.