Mavzu: Tabiiy resurslar
REJA:
l. Tabiiy resurslar haqida tushuncha.
2. Tabiiy resurslarning turlari.
3. Tabiiy resurslarni himoya qilish.
4. Tabiatni muhofaza qilish aspektlari.
TABIIY RESURSLAR: tushunchasini ta'riflashdan oldin, bu tushunchani ko'pchilik mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinishi haqida aytib o'tish kerak. Akademik I.P.Gerasimov bilan professor D.A.Armond tabiiy resurslarga eng to’liq ta'rif beradilar. «Tabiiy resurslar kishilar bevosita tabiatdan oladigan va ularning yashashlari uchun zarur bo’lgan xilma-xil vositalardir». Iqtisodiy geograf pofessor Y.G.Saushkin elektr energiya olish, oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalanishi mumkin bo’lgan komponentlarni va sanoat uchun xom-ashyoni tabiiy resurslarga kiritadi. Yana bir geografik A.A.Mints bu haqda boshqacharoq fikr bildiradi. U tabiiy resurslardan foydalanish formalari va yo'nalishlariga qarab, ularni iqtisodiy jihatdan klassifikatsiya qilishni birinchi o'ringa qo’yadi. Bu klassifikatsiyada tabiiy resurslar moddiy ishlab chiqarishning asosiy sektorlaridan ishlab chiqarishdan tashqari sferada foydalanishga qarab gruppalarga ajratilgan. Tabiiy resurslarni yana shu tariqa klassifikatsiya qilish K.Marks asarlarida uchraydi. Shunday qilib tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun zarur manbalari va mehnat vositalari manblariga bo'linadi. Mukammalroq klasifikatsiya qilinganda tabiiy resurslar quyidagilarga bo'linadi: a) moddiy ishlab chiqarish resurslari -sanoatda yoqilg'i, metallar, suvlar, yog'och-taxta, baliq, qishloq xo'jaligida sug'orish uchun suv, ovlanadigan hayvonlar. b) ishlab chiqarishdan tashqari sfera resurslari, ichimlik suv, daraxtlar, kishilarni davolash uchun iqlim resurslari va hakozolar. Tabiiy jismlar va kishilar foydalanadigan energiya turlari RESURS lar deyiladi. Resurs so’zi fransuzcha so'z bo'lib «yashash vositasi» degan ma'noni bildiradi. Tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun zarur bo’lgan shunday vositalarki, bu vositalar jamiyatga bevosita emas balki ishlab
chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish vositalari orqali ta'sir etadi. Tabiiy resurslar - ovqatga ishlatiladigan yovvoyi o’simliklar va hayvonlar, kishilar ichadigan va boshqa ko'p maqsadlarda foydalanadigan suvlar, metallar olinadigan rudalar, uylar quriladigan yogoch taxtalar, energiya va yoqilg'i manbalari bo’lgan kumir, neft, tabiiy gazlardir. Tabiiy resurslardan to'g'ri foydalanish va ularni muhofaza qilish uchun klasifikatsiya qilish zarur. Tabiiy resurslar ikki turga bulinadi: tugaydigan va tugamaydigan resurslarga.
Tugaydigan resurslar o'z navbatida 2 gruppaga bo'linadi - tiklanadigan va tiklanmaydigan. Tiklanmaydigan tabiiy resurslar yoki foydalanayotgan darajadan yuz ming marta va million - million marta sekin tiklanadigan
tabiiy resurslar birinchi gruppaga kiradi. Butunlay yo'q bolib ketadigan va juda kamayib qoladigan yer osti boyliklari, foydali qazilmalar shular jumlasidandir. Demak, bunday resurslarni tiklab bo'lmas ekan, mineral resurslardan ratsional foydalanish ularni tejab-tergab ishlatish va qazib olayotganda xo'jalikning boshqa sohalariga, chunonchi yerlarga zarar etkazishga yo'l qo'ymaslik kerak. Havo, suv resurslari, energiya (quyosh energiyasi, yadro, geotermal, shamol, tcf Iqin energiyalari) Er osti qazilmalari (ko’mir, neft, gaz, ruda va h.k) Tuproq, o’simlik va hayvonlar, ba'zi mineral resurslar Tiklanadigan tabiiy resurslar butunlay yo'q bo’lib ketmaydi va qaytadan tiklanadi. Tirik mavjudotlar, o’simlik va hayvonlar, shuningdek, tuproq ana shunday resurslardandir. Chunonchi, tuproq yo'q bo’lib ketmaydi balki, asosiy xossasini umundorligini yo'qotadi. Bunday resurslardan foydalanayotganda shuni esda tutish kerakki, muayyan tabiiy sharoitning buzilishi ularning qayta tiklanishiga halaqit berishi mumkin. Masalan, hozirgi vaqtda butunlay qirib yuborilgan ko’pgina hayvon va o’simlik turlari, shuningdek erroziya natijasida butunlay buzilgan tuproqlar qaytadan tiklanmaydi. Bunda tiklanadigan tabiiy resurslarning paydo bo'lish protsessi muayyan tezlikda bo'lishini esda saqlash kerak. Masalan, otib tashlangan hayvonlarning qaytadan paydo bo'lishi uchun bir yil yoki bir necha yil kerak. Daraxtni kesib tashlagan o'rmon kamida 60 yildan keyin qayta tiklanishi mumkin. Tarkibi o'zgargan tuproqning yaxshilanishi uchun esa bir necha ming yil vaqt kerak. Shuning uchun ham tabiiy resurslarni ishlatish sur'atiga to'g'ri kelishi kerak.
Tiklanadigan tabiiy resurslarga zaruriy sharoit yaratib berilsa kishilarga abadiy xizmat qilish mumkin.
Tugamaydigan tabiiy resurslarga - suv, iqlim va kosmik resurslar kiradi. Suv resurslari- suv barcha jismlar orasida eng ajoyibdir. Suv tabiatda uchta fizik holatda: qattiq, suyuq va bug'simon holatda uchraydi. Dunyodagi suvlarning 92-94 % okeanlardadir. Bevosita foydalanishga yaroqli suv barcha suv zahirasining 1% iga ham etmaydi. Biroq bitmas tuganmas hisoblangan dengiz suvlari ham o'ta ifloslanishi xavfi ostida turibdi. Chuchuk suv esa miqdor jihatidan tugaydigan resurs hisoblanadi, chunki kishilarga ishlatish uchun yaroqli suv kerak. Yer sharining ko'pgina joylarida suvdan noratsional foydalanishi, daryolarning sayozlanib qolishi va boshqalar oqibatida chuchuk suv miqdori keskin kamaymoqda. Xolbuki, sugorish sanoat va kommunal xo'jalik uchun suvga bo’lgan ehtiyoj yildan yilga ortib bormoqda. Iqlim va kosmik resurslar quyosh radiatsiyatsiyasi yorug'lik va issiqlik, atmosfera havosi, shamol erroziyasi ham, iqlim resurslariga kiritiladi. Planetamizga kelgan quyosh nurlarining yarmidan ko’prog'i energiyaning boshqa turiga aylanadi. Quyosh nurlarining muayyan qismi tuproq, suv va havoni isitishga sarf bo’ladi va asta sekin havoga tarqaladi. Bir qismi o’simliklar tomonidan o'zlashtiriladi.
Quyoshning nurli energiya manbai milliard-milliard yilga etishi mumkin. Shuning uchun ham quyosh energiyasi bitmas tuganmasdir.
Atmosfera havosi kishilar, hayvonlar o^simliklarning nafas olishi uchun zarur. Havo bitmas tuganmas lekin uning tarkibi o’zgarishi mumkin. Havoni ifloslash ishiga sanoat korxonalari va transport mashinalaridan chiqayotgan gazlar sabab bo'lmoqda, bu esa inson organizmi uchun zararlidir.
Tabiatni muhofaza qilish aspektlari
Tabiatni muhofaza qilish aspektlari uzoq vaqt davomida tabiatni muhofaza qilish moddiy farovonlik to’gMsida g'amxo'rlik qilishdangina iborat bolib qolgan bo'lsa, endilikda tabiatni muhofaza qilish deganda keng va xilma-xil masalalar ko'zda tutilmoqda. Tabiatni muhofaza qilishning bir necha aspektlari bor:
. Iqtisodiy,
. Sog'lomlashtirish - gigiena
. Tarbiyaviy
. Estetik
. Ilmiy aspektlar
IQTISODIY ASPEKT - o'tmishda ham hozirgi vaqtda ham tabiatni muhofaza qilishning asosiy masalalaridir.Agar kishilar o'z hayotlarida tabiiy resurslarsiz yashay olganlarida edi, ularni muhofaza qilish hamda ratsional foydalanish to"g'risida bosh qotirishi shart emas edi. Hozirgi vaqtda turli xil tabiiy boyliklar, o'similk va hayvon resurslari, chuchuk suv, unumdor tuproq, mineral foydali qazilmalar va boshqalarga bo’lgan ehtiyoj tobora ortib borayotganligidan tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy aspektlari ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
SOGLOMLASHTIRISH-GIGIENA ASPEKTI- tevarak atrofdagi muhitning kuchli ifloslanishi va meditsina fanining taraqqiy etishi munosabai bilan yaqin vaqtlardagina paydo bo'ldi. Tevarak atrofdagi muhitni toza holda saqlamasdan turib, kishilarning sog'ligi to'g'risida gamxo'rlik qilib bo'lmaydi. Toza havo, suv va tabiatdan bevosita olinadigan oziq- ovqat mahsulotlari kishilarning hayoti uchun zaruriy shartlardir. Xilma xil sanoat va qishloq xo'jalik chiqindilari, atom-vodorod qurollarining sinalishi natijasida muhitning ifloslanishi va zaharlanishi plenetamizning barcha kishilarini tashvishga solib qo'ydi. Fan texnika taraqqiyoti sharoitida bu aspekt juda muhimdir.
TARBIYAVIY ASPEKT - tabiatni muhofaza qilishda katta o'rin tutishi kerak. Kishilarni tevarak atrofdagi dunyoni ehtiyot qilishga o'rgatish zarur. Haqiqatdan ham kishi tabiat bilan bevosita munosabatda bo’lganda oliyjanob va xushfel bo'lib boradi Barcha tirik organizmlarga o’simlik va hayvonlarga daryo suvlarining beto'xtov oqib turishiga, moviy dengiz suviga va tabiatdagi barcha ajoyibotlarga mahliyo bo'lish, ularni sevish va extiyot qilish, yosh avlodlarning eng yaxshi xislati bo'lmog'i kerak.ESTETIK ASPEKT - kishilar har doim tabiatning go'zalligiga, chiroyli daraxtlar va hayvonlar, ajoyib sharsharalar, go'zal tog'lar, kishilarni maftun qiladigan yer osti g'orlarini ko’rib tabiatga maxliyo bo'lgan va sevgan. Kishi go'zallikka chanqoq. Tabiat bilan munosabatda paydo bolgan tuyg'ular, ilxomlanish, kishilarni ajoyib muzika asarlari va she'rlar yozishga va suratlar chizishga otlantirgan.
ILMIY ASPEKT - ko’pgina fan tarmoqlarining taraqqiy etishida katta ahamiyatga ega. Buning uchun ana shu yerda uchraydigan organizmlarni saqlab qolish zarur. Bularning hammasi tabiiy muhitga inson tomonidan qilinadigan o’zgarishlar qonuniyatlarini aniqlab olish va prognoz qilish hamda tabiatni muhofaza qilish bo'yicha choralar ishlab chiqish uchun zarurdir.
FOYDALANILGAN VA FOYDALANISHGA TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR
Karimov I.A. 0‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T., 1997.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. -T., 2008.
Ashurmetov O.A., Raximova T.T., Raximova A.T., Hikmatov Sh.X. Ekologiya. - T., Chinor ENK, 2008.
Atabayev Sh., Tursunov E., Mirsovurov M. Abu Ali ibn Sino - ekologiya va salomatlik. “Ekologiya va salomatlik” gazetasi, 2012 y. 5, 24-27-sonlar.
Ataboyev SH.T., Malikov Z.V., Mamadaliyev Sh.P., Mirsovurov M.M. Ekologiya. T., 2011.
«Ekologiya xabarnomasi» jurnali. T., 2006-2011yil sonlari.
Korobkin V.I., Peredelskiy L.V. Ekologiya. - Rostov n/D : «Feniks», 2003. - 576 s.
Mardonov I. Rog‘un GESi - mintaqa xalqaro kelajagiga tahdid. Matbuot anjumani, 16 mart, 2012 y.,Toshkent sh.
Nig‘matov A. Ekologiya nima? - T., 2003.
http://fayllar.org
|