• Termiz davlat universiteti Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi faoliyatini 2024-2028 yillarda innovatsion rivojlantirish va ta’lim sifatini ta’minlash dasturi to‘g‘risida
  • Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasida 13
  • Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi faoliyatini




    Download 247,5 Kb.
    bet1/6
    Sana13.01.2024
    Hajmi247,5 Kb.
    #136641
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    KAFEDRANI RIVOJLANTIRISH DASTURI


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


    IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI


    PEDAGOGIKA VA IJTIMOIY ISH KAFEDRASI FAOLIYATINI 2024-2028 YILLARDA INNOVATSION RIVOJLANTIRISH VA TA’LIM SIFATINI TA’MINLASH
    DASTURI


    Termiz-2023
    Termiz davlat universiteti Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi faoliyatini 2024-2028 yillarda innovatsion rivojlantirish va ta’lim sifatini ta’minlash dasturi to‘g‘risida
    Ushbu innovatsion rivojlantirish va ta’lim sifatini ta’minlash dasturi 2024-2028 yillarda Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi faoliyatini oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash parametrlarini shakllantirish, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini optimalllashtirish, Ta’lim jarayoni va boshqaruvini rivojlantirish, pedagoglar faoliyati darajasini oshirish, o‘qitishning ilg‘or texnologiyalaridan maqsadli foydalanish, o‘quv-uslubiy ta’minotni yaxshilash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish, ijro va mehnat intizomi, o’quv jarayonini mazmuni va uni tashkil etishni takomillashtirish, ta’lim sifatini ta’minlash yo’nalishlari bo’yicha rivojlantirish mazmunini o’zida aks ettiradi. Innovatsion rivojlantirish va ta’lim sifatini ta’minlash dasturini ishlab chiqishda Respublika Oliy ta’lim muassasalari milliy reytingini qayd etish mezonlariga asoslanilgan.
    Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasida 13 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda (2023 yil 1 noyabr holati bo’yicha). Shundan, 1 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafar fan nomzodi, katta o’kituvchi, 4 nafar PhD, dotsent v.b., 1 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafari o‘qituvchilardir. Kafedraning ilmiy salohiyati – 61,5 foizni tashkil qiladi.
    Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasida 1 nafar maqsadli doktorant, 3 nafar tayanch doktorant, 3 nafar maqsadli doktorant, 3 nafar mustaqil izlanuvchilar tahsil olishmokda.
    Kafedra bevosita 2 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishi va 1 ta magistratura mutaxassisligi faoliyatiga xam mas’ul. Bular quyidagilar:
    1) 5110900-Pedagogika va psixologiya bakalvriat ta’lim yo’nalishi – 4-kursda jami 75 nafar talabalar;
    2) 60101900-Ijtimoiy ish (faoliyat sohalari bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishining kunduzgi ta’lim shakli – 1-kursda jami 75 nafar talabalar;
    3) 60101900-Ijtimoiy ish (faoliyat sohalari bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishining sirtqi ta’lim shakli – 1-kursda jami 22 nafar, 3-kursda 18 nafar;
    4) 70110102-Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistratura mutaxassisligi - 1-kursda 7 nafar, 2-kursda 11 nafar magistr-talabalar tahsil olmokda.
    Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasida 2023 yilda 2 nafar professor-o‘qituvchilar falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar (B.S.Ne’matov, O.N.Ergasheva).
    2023 yilda p.f.n., dotsent M.Q.Bozorova va B.X.Xodjayevlar muallifligida “Pedagogik texnologiyalar” nomli darslik, A.Kenjaboyev va B.Karimovalar muallifligida “Pedagogik menejment”, M.K.Ismailov va G.T.Jumayevalar muallifligida “Pedagogik mahorat”, O.N.Ergasheva muallifligida “Oila pedagogikasi” nomli o’quv qo’llanmalar uchun nashr guvohnomalari olindi.
    Yakunlangan yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda kafedra o‘qituvchilari muntazam o’z ilmiy ishlanmalarini nashr etib kelmoqda.
    2024-2028 yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari sonini 30 nafarga, kafedra ilmiy salohiyatini esa 75 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.

    Download 247,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 247,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi faoliyatini

    Download 247,5 Kb.