1
MEHNAT UNUMDORLIGI VA UNING XAJMIGA TASIR QILUVCHI
OMILLAR
R E J A :
Kirish
1Mehnat unumdorligi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni
2 Mehnat unumdorligi shakllanishi va
ulardan foydalanish
3 Korxonaning mehnat unumdorligi bilan ta’minlanganligi tahlili
4 Korxonada mehnat unumdorligi tarkibi va foydalanish unumdorligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi
. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining rivojlanish
jarayonida mehnat unumdorligidan samarali foydlanish yo’nalishlarini aniqlash,
kelajakda mehnat samaradorlgini oshirishning shart-sharoiti bo’lib hisoblanadi.
Mehnat unumdorligidan samarali foydalanish jamiyat
taraqqiyotining har bir
bosqichida takomillashib bormoqda, bu esa ijtimoiy mehnat unumdorligi
oshishining garovidir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish insonning
tashabbuskor va faol
bo’lishini nazarda tutadi. Uning qanday yashashi o’zining yangi iqtisodiy tizimga
singib, u bilan hamohang bo’lib ketish mahoratiga bog’liq bo’ladi. Insonning
jismoniy imkoniyatlari va ma’lumotlilik darajasi, ma’naviyati
qanchalik yuqori
bo’lsa, bu narsa shunchalik muvaffaqiyatliroq kechadi.
Zarur jismoniy va ma’naviy imkoniyatlar insonning yoshiga bog’liq bo’ladi.
Ular inson hayotining ilk va yetuk davrlarida shakllanadi va rivojlanib boradi,
keksalik chog’ida esa bir muncha kamayib boradi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi, shuningdek
oldimizdagi qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal
etish mehnat unumdorligidan
samarali foydalanishni talab etadi. Mehnat unumdorligi esa, ma’lumki, ishlab
chiqarishning asosiy omili bo’lib, boshqa resurslarga nisbatan o’ziga xos
xususiyatlarga ega.
Mehnat unumdorligiga aholining
zarur jismoniy kuchga, bilimga, tegishli
tarmoqdagi mehnat ko’nikmalariga ega bo’lgan qismi kiradi. Iqtisodiyot
tarmoqlarida kerakli mehnat unumdorligi bilan ta’minlanishi,
ulardan oqilona
foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada bo’lishi mahsulot hajmini
ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga
ega.
Bugungi
kunda oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga
erishishimiz
jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga
oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi,
avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis
kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqdir.
Mehnat
3
unumdorligidan samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri
bo’lib qolmoqda.
Bozor munosabatlari jarayonida g’oyat ulkan vazifalarni muvaffaqiyatli hal
etish ko’p jihatdan ijtimoiy ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, xalq
faravonligini oshirishning hal qiluvchi sharti bo’lgan mehnat unumdorligi darajasi
bilan bog’liqdir.
Yuqorida aytilgan fikrlar va mavjud muammolarning
barchasi mehnat
unumdorligidan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini kompleks tadqiq
qilishning alohida dolzarbligi va zarurligini asoslab, mazkur bitiruv -malakaviy
ishning mavzusini tanlashga turtki bo’ladi.